Asosiy materiallarga o‘tish

Inson biror-bir dinga mansub bo‘lishi shartmi?

Inson biror-bir dinga mansub bo‘lishi shartmi?

Muqaddas Kitobga asosida javob

 Ha, chunki Xudo odamlar Unga topinish uchun birgalikda yig‘ilishlarini istaydi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Sevishga va ezgu ishlar qilishga undash uchun bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik... yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik». (Ibroniylarga 10:24, 25, izoh)

 Iso uning izdoshlari tashkillashtirilgan bir guruh bo‘lishini aytib, shunday degandi: «Agar orangizda mehr-muhabbat bo‘lsa, sizlar mening shogirdlarim ekaningizni barcha bilib oladi». (Yuhanno 13:35) Birinchi navbatda bu sevgi masihiylarning o‘zaro munosabatlarida aks etishi zarur. Ular jamoatlar tashkillashtirib, Xudoga topinish maqsadida muntazam yig‘ilishlari kerak. (1 Korinfliklarga 16:19) Barcha jamoatlar birgalikda umumjahon birodarlikni tashkil etishi lozim. (1 Butrus 2:17)

Biror-bir dinga mansub bo‘lishning o‘zi yetarli emas

 Garchi Muqaddas Kitobda odamlar Xudoga topinish uchun birgalikda yig‘ilishlari kerakligi aytilgan bo‘lsa-da, bu Unga ma’qul kelishning yagona yo‘li degani emas. Shuningdek, Allohga ma’qul kelish uchun odamning e’tiqodi uning kundalik hayotiga ta’sir qilishi kerak. Masalan, Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Otamiz Xudoning nazarida toza va benuqson topinish, qayg‘u chekayotgan yetim-yesirlarga g‘amxo‘rlik qilishdan hamda dunyoda o‘zini pok saqlashdan iboratdir». (Yoqub 1:27)