Asosiy materiallarga o‘tish

Yetakchi kengash a’zolari Qutlug‘ Kechlik nutqini so‘zlayapti: (chapda) Entoni Morris Baytil oilasi uchun nutq so‘zlayapti; (tepada o‘ngda) Jeffri Jekson va (pastda o‘ngda) Mark Sanderson o‘z xonalarida videokonferensiya orqali jamoatlar uchun nutq aytyapti

2020-YIL 10-APREL
DUNYO BO‘YLAB YANGILIKLAR

Qo‘shma Shtatlardagi Baytil oilasi 2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimini qanday o‘tkazdi?

Qo‘shma Shtatlardagi Baytil oilasi 2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimini qanday o‘tkazdi?

Koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan bir paytda, 2020-yil 7-aprel kuni dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari Iso Masihning o‘limini xotirlash marosimini o‘tkazdi. Yetakchi kengash a’zosi Stiven Lett aytganidek, dunyodagi hech qaysi virus yoki pandemiya Yahova hamda Iso biz uchun qilgan ishlariga bo‘lgan minnatdorchiligimizni yoki Hazratimizning Qutlug‘ Kechligini nishonlash qarorimizni susaytira olmaydi. Xo‘sh, mazkur so‘zlar chin ekani bu yili qay yo‘sin ayon bo‘ldi?

Bu dunyo bo‘ylab imondoshlarimiz koronavirus pandemiyasi paytida Qutlug‘ Kechlik marosimini qay yo‘sin o‘tkazgani haqida «Yangiliklar» sarlavhasi ostida keltirilgan birinchi maqola. Ushbu ilk maqolada Yahova Shohidlarining bosh idorasi va Qo‘shma Shtatlardagi Baytil oilasi Qutlug‘ Kechlik marosimini qanday o‘tkazgani haqida aytilgan.

Hukumatning ommaviy yig‘inlar borasidagi taqiqlariga itoat etgan holda Yetakchi kengash butun Baytil oilasi uchun yagona Qutlug‘ Kechlik dasturini tayyorlashga qaror qildi. Entoni Morris birodarimiz Uorvikdagi zalda nutq so‘zladi. Qo‘shma Shtatlardagi Baytil oilasi nutqni o‘z xonalarida tingladi. Garchi ramzlardan qabul qiladiganlar bir nechta bo‘lsa-da, Baytil byurosi barchada ramzlar bo‘lishiga g‘amxo‘rlik qildi.

Baytil oilasining a’zolari xonalariga olib ketishi uchun tayyorlangan ramzlar

Shuningdek, baytilchilar videokonferensiya orqali o‘z jamoatiga ulanib, Qutlug‘ Kechlik dasturini tinglashi, oqsoqol baytilchilar esa Qutlug‘ Kechlik nutqini so‘zlashi mumkin edi.

Uolkilldagi Baytilda xizmat qiladigan juftlik xonasida Qutlug‘ Kechlik marosimini o‘tkazyapti

Ko‘pgina baytilchilarning aytishicha, bu ular tashrif buyurgan eng o‘zgacha Qutlug‘ Kechlik marosimi bo‘ldi. Garchi ular imondoshlaridan jismonan uzoq bo‘lsa-da, Tangri Yahova hamda Uning suyukli O‘g‘li Iso Masih namoyon etgan jahondagi eng kuchli sevgi ustida mulohaza yuritib, butun dunyodagi birodar-u opa-singillari bilan birlikni his etishdi. (Yuhanno 3:16; Matto 20:28)