Asosiy materiallarga o‘tish

Apeks — Baffin orolida (Nunavut, Kanada) joylashgan Ikaluitdagi kichkina qishloq

2020-YIL 17-APREL
KANADA

2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimi. Kanada

Sayyoramizning eng shimoliy qismida Qutlug‘ Kechlik marosimini o‘tkazish

2020-yilgi Qutlug‘ Kechlik marosimi. Kanada

Kanadaning Arktika arxipelagidagi Ikaluit jamoatida 27 ta va’zgo‘y Qutluq Kechlik marosimini videokonferensiya orqali tomosha qildi. Jamoatdagi va’zgo‘ylar 55 kishi bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazadi. Ulardan 12 nafari Qutluq Kechlik nutqini tomosha qildi va bundan rosa quvondi.

Tadqiq o‘tuvchilarning aksariyati uchun Qutluq Kechlik marosimiga shaxsan kelish qiyin va, ehtimol, imkonsiz bo‘lardi. Chunki ular jamoat hududining eng olis joylarida yashaydi. Bu hudud esa Kimmirutdan to Kanadaning eng shimolidagi Gris-Ford qishlog‘igacha cho‘zilgan bo‘lib, taxminan ikki million kvadrat kilometrni tashkil etadi.

«Bu yili ilk marotaba tadqiq o‘tuvchilarimiz bilan birga Qutluq Kechlik dasturini tomosha qila oldik. Gris-Forddagi bir tadqiq o‘tuvchi to‘rt kishini dasturni tomosha qilishga taklif qildi. Bu tufayli sayyoramizning eng shimoliy qismidan jami besh kishi biz bilan Qutluq Kechlik nutqini tomosha qildi»,— deb bo‘lishdi Ikaluit jamoatida oqsoqol sifatida xizmat qilayotgan Ayzek Demister.

COVID-19 pandemiyasi tufayli qo‘yilgan cheklovlar noodatiy sharoitlarni yuzaga keltirdi. Bu Ikaluit jamoatidagi ko‘plab birodar-u opa-singillarimizga moslashuvchan bo‘lishning foydasini ko‘rishga ko‘maklashdi.

Keti Bruchailo ismli imondoshimiz shunday dedi: «Biz sharqiy Arktikada yashovchi odamlarga telefon orqali shohidlik berdik. Hududimizning eng olis joylarida yashovchi ba’zilar bilan ajoyib suhbatlar qurdim. Odamlar uylarida va ular tasalliga muhtoj».

Laura Makgregor degan imondoshimiz quyidagini aytdi: «Ikaluitda izolyasiyada bo‘lish biz uchun oson emas. Pandemiya tufayli moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiryapmiz hamda yana nima yuz berishini bilmaymiz. Birinchi marta oilamiz uchun Qutluq Kechlik nonini o‘zimiz tayyorladik. Birgalikda ajoyib vaqt o‘tkazib, dilimiz yayradi. Bu marosim qanchalik sodda o‘tkazilishini, nonni tayyorlash hamda sharobni topish qiyin emasligi katta baraka ekanini yanada yaxshiroq tushundik».

Demister birodarimiz shunday dedi: «COVID-19 ning tarqalishi bizni ko‘p jihatdan ajratib qo‘ygan bo‘lsa-da, ushbu Qutluq Kechlik mavsumida jamoatimiz yanada jipslashganini ko‘rish ajoyibdir. Bu yilgi Qutluq Kechlik marosimi o‘zgacha o‘tdi!»

Ikaluit jamoati yaqin kelajakda vaziyat tiklanganda, o‘z Yig‘ilish zalini qurishni rejalashtirmoqda. Hozircha esa yerning eng chet joylaridan biri bo‘lmish Kanadaning eng shimoliy qismida xushxabarni va’z qilishda jon kuydiradigan imondoshlarimizga Yahova baraka berishiga aminmiz. (Havoriylar 1:8)