Bugungi kunda Tangri Yahovaning irodasini kim bajaryapti?

Yahovaning shohidlarini butun dunyoda uchratish mumkin va ular turli madaniyat va millatga mansub kishilardir. Bunday turli odamlarni nima birlashtiryapti?

Tangrining irodasi qanday?

Xudo O‘zining irodasini butun dunyoga ma’lum qilishni istaydi. Bu iroda nimadan iborat va bugungi kunda uni boshqalarga kim o‘rgatyapti?

1- DARS

Yahovaning Shohidlari qanday insonlar?

Yahovaning Shohidlaridan birortasini taniysizmi? Aslida biz haqimizda nimani bilasiz?

2- DARS

Nega Yahovaning Shohidlari deb nomlanamiz?

Nega bu nom bilan atalishimizning uchta sababini ko‘rib chiqing.

3- DARS

Muqaddas Kitobdagi haqiqat qanday qilib qayta kashf etildi?

Muqaddas Kitob ta’limotlarni to‘g‘ri tushunayotganimizga qay yo‘sin ishonch hosil qilishimiz mumkin?

4- DARS

Nega «Yangi dunyo tarjimasi»ga ehtiyoj paydo bo‘ldi?

Nima tufayli Alloh Kalomining ushbu tarjimasi o‘zgachadir?

5- DARS

Yig‘ilishlarimizda nimani ko‘rishingiz mumkin?

Biz Muqaddas Yozuvlarni o‘rganish va bir-birimizga dalda berish uchun yig‘ilib turamiz. Yig‘ilishlarimizga sizni ham taklif etamiz!

6- DARS

Imondoshlarimiz bilan muloqot bizga qanday foyda keltiradi?

Allohning Kalomi masihiylarni o‘zaro muloqot qilishga chorlaydi. Muloqotning ushbu turidan qay yo‘sin foyda olishingiz mumkinligini bilib oling.

7- DARS

Yig‘ilishlarimiz qanday o‘tadi?

Yig‘ilishlarda nima bo‘larkan deb, hech qiziqqanmisiz? U yerda Muqaddas Kitobga asoslangan sifatli ta’lim berilishini ko‘rib, qoyil qolishingiz shubhasizdir

8- DARS

Yig‘ilishlarimizga nega chiroyli kiyinib boramiz?

Kiyinish tarzimiz Xudo uchun qandaydir ahamiyatga egami? Kiyim va pardoz masalasida Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsiplarga tayanayotganimizni bilib oling.

9- DARS

Yig‘ilishlarga tayyorlanishning eng zo‘r usuli qanday?

Oldindan tayyorgarlik yig‘ilishlarimizdan foyda olishingizga yordam beradi.

10- DARS

Oilaviy topinish nima o‘zi?

Ushbu tadbir Xudoga yaqinlashishingizga va oila rishtalarini mustahkamlashingizga qay yo‘sin ko‘maklashishini bilib oling.

11- DARS

Nima uchun biz anjumanlarga boramiz?

Biz har yili uch marta maxsus tadbirlarda yig‘ilamiz. Ushbu yig‘inlardan qanday foyda olishingiz mumkin?

12- DARS

Va’zgo‘ylik faoliyatimiz qanday tashkillashtirilgan?

Biz Iso payg‘ambar yer yuzida bo‘lganida qoldirgan namunaga amal qilmoqdamiz. Va’zgo‘ylikning qanday usullari bor?

13- DARS

Kashshoflar kim?

Ba’zi Shohidlar va’zgo‘ylik ishiga 30, 50 yoki undan ko‘proq vaqt sarflashadi. Ularni bunga nima undaydi?

14- DARS

Kashshoflar uchun qanday o‘quv tadbirlar mo‘ljallangan?

Bor vaqtini Xudo Shohligi haqida va’z qilishga bag‘ishlaganlarga qanday maxsus o‘quv tadbirlar taqdim etiladi?

15- DARS

Oqsoqollar jamoatda qanday vazifalarni bajarishadi?

Oqsoqollar ma’nan yetuk kishilar bo‘lib, jamoatda yetakchilik qilishadi. Ular qanday yordam ko‘rsatishadi?

16- DARS

Jamoat xizmatkorlari qanday vazifalarni bajarishadi?

Jamoat xizmatkorlari jamoatda barcha ishlar ko‘ngildagidek yuritilishiga hissa qo‘shishadi. Ularning mehnati yig‘ilishga qatnovchilarga qanday foyda keltirishini bilib oling.

17- DARS

Tuman nozirlari bizga qanday yordam berishadi?

Tuman nozirlari Yahovaning Shohidlari jamoatlariga qay maqsadda tashrif buyurishadi? Ularning tashrifidan qanday foyda olishingiz mumkin?

18- DARS

Tabiiy ofatlar yuz berganda imondoshlarimizga qanday yordam beramiz?

Tabiiy ofat yuz berganda Yahovaning Shohidlari zarar ko‘rgan kishilarga ham amaliy, ham hissiy yordam berishga darhol kirishishadi. Bu qanday yordam ekan?

19- DARS

«Ishonchli va aqlli xizmatkor» kim?

Iso o‘z vaqtida ma’naviy ozuqani yetkazib turish uchun xizmatkorni tayinlashini va’da qiladi. Bu qanday amalga oshiriladi?

20- DARS

Bugungi kunda Yetakchi kengash qanday faoliyat ko‘rsatyapti?

Birinchi asrda yoshi katta kishilar va havoriylardan iborat kichik bir guruh masihiy jamoatga yetakchilik qilgan. Bugungi kunda-chi?

21- DARS

Baytil degani nima?

Baytil muhim bir ish bajariladigan o‘zgacha joydir.U yerda xizmat qiladiganlar haqida ko‘proq bilib oling.

22- DARS

Filialda qanday ishlar bajariladi?

Mehmonlar istalgan filialga ekskursiyaga borishlari mumkin. Sizni ham taklif qilamiz!

23- DARS

Adabiyotlarimiz qanday yozilib tarjima qilinadi?

Biz 850 dan ziyod tilda adabiyot chop etimiz. Nega buncha ko‘p harakat qilamiz?

24- DARS

Umumjahon ishimiz uchun mablag‘ni qayerdan olamiz?

Mablag‘ masalasida tashkilotimiz boshqa dinlardan nimasi bilan farq qiladi?

25- DARS

Yig‘ilish zallari nega va qay yo‘sin quriladi?

Nega topinish joylarimiz Yig‘ilish zallari deb ataladi? Ushbu oddiy binolar jamoatimizga qanday yordam berayotganini bilib oling.

26- DARS

Yig‘ilish zalimizga qanday g‘amxo‘rlik qilamiz?

Toza va yaxshi ta’mirlangan Yig‘ilish zali Xudoyimizga sharaqlar keltiradi. Mahalliy Yig‘ilish zaliga g‘amxo‘rlik qilish uchun qanday choralar ko‘riladi?

27- DARS

Yig‘ilish zalining kutubxonasi bizga qanday foyda keltiradi?

Muqaddas Kitobdan ko‘proq bilim orttirish uchun tadqiq qilishni istaysizmi? Yig‘ilish zalidagi kutubxonaga boring!

28- DARS

Veb-saytimizda nimalarni topsa bo‘ladi?

Biz va e’tiqodlarimiz haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin, qolaversa, Muqaddas Kitobga oid savollaringizga javoblar olasiz.

Siz Tangri Yahovaning irodasini bajarasizmi?

Alloh Yahova sizlarni chindan ham sevadi. Unga ma’qul kelishni istayotganingizni kundalik hayotingizda qanday ko‘rsata olasiz?