Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartira oladi
Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartira oladi
Rastafari oqimida (Yamaykadagi mazhablardan biri. Uning a’zolari «dred» deb ataladi) bo‘lgan kishini antiqa o‘rilgan sochlarini kesib tashlashga hamda oq tanlilarga nisbatan nafratini yengishga nima undagan? Giyohvand modda olib-sotardi va zo‘ravon bo‘lgan kishi o‘z hayotini butunlay o‘zgartirishiga nima turtki bo‘lgan? Ular o‘zi haqida nima deganini o‘qib ko‘ring.
Oq tanlilarga nisbatan nafratimni ham yenga oldim. XAFENI NGAMA
YOSHI: 34
MAMLAKATI: ZAMBIYA
O‘TMISHDA: RASTAFARI BO‘LGAN
TARJIMAI HOLI. Men Zambiyadagi qochoqlar lagerida tug‘ilganman. Urush paytida onam Namibiyadan qochib, Janubi-G‘arbiy Afrika Milliy tashkilotiga a’zo bo‘ldi (JG‘AMT). Ushbu tashkilot Namibiya Janubiy Afrikadan mustaqil bo‘lishi uchun kurash olib borgan.
Hayotimning birinchi 15-yilini men bir nechta qochoqlar lagerida o‘tkazdim. JG‘AMT lagerlarida yoshlarni ozodlik harakatining ilg‘orlari sifatida tarbiyalashardi. Bizga muayyan siyosiy g‘oyalarni va oq tanlilardan nafratlanish kerakligini uqtirishardi.
Endigina 11 yoshga to‘lganimda xristian bo‘lish niyatida ruhoniy bilan uchrashishga qaror qildim. Lagerimizda bir cherkov bo‘lib, unga katolik, lyuteran, anglikan va boshqa mazhab a’zolari kelardi. Ammo ruhoniy bilan suhbatlashib ko‘rgach, niyatimdan qaytib ateist bo‘ldim. 15 yoshimda musiqaning reggi yo‘nalishiga bo‘lgan ishtiyoqim tufayli hamda Afrika xalqlarini azoblardan xalos qilish niyatida rastafarlar safiga qo‘shildim. Men sochlarimni dred qilib o‘stirdim, nasha chekardim, go‘sht yeyishdan voz kechdim va qora tanlilarning erkinligi uchun kurashardim. Lekin baribir axloqsiz hayot kechirardim, zo‘ravonlikka to‘la filmlarni tomosha qilib, so‘kinishni ham qoyillatardim.
MUQADDAS KITOB HAYOTIMNI O‘ZGARTIRDI. 1995- yilda 20 yoshga to‘ldim. O‘shanda hayotning mazmuni to‘g‘risida jiddiy o‘ylaydigan bo‘ldim. Rastafari oqimiga tegishli qanday adabiyot topgan bo‘lsam, hammasini o‘qib chiqdim. Ularning ayrimlarida Muqaddas Kitobdan oyatlar keltirilgan edi. Lekin oyatlarning talqini tushunarsiz edi. Shunda Muqaddas Kitobni o‘rganishga o‘zim bel bog‘ladim.
Kunlarning birida, rastafari oqimida bo‘lgan do‘stim, Yahovaning Shohidlari tomonidan nashr etilgan adabiyotni menga berdi. Men bu adabiyotni Muqaddas Kitob bilan solishtirib o‘rgana boshladim. Bir muddatdan so‘ng, Yahovaning Shohidlarini uchratib qoldim va ular men bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazishdi.
2 Korinfliklarga 7:1). Tashqi ko‘rinishimni tartibga keltirdim, antiqa turmaklangan sochlarimni ham kesib tashladim, pornografiya va zo‘ravonlikka to‘la filmlarni tomosha qilishni yig‘ishtirdim, so‘kinishni bas qildim (Efesliklarga 5:3, 4). Oxir-oqibat, oq tanlilarga nisbatan nafratimni ham yenga oldim (Havoriylar 10:34, 35). Bularga erishish uchun, men irqiy nafratni qo‘zg‘atadigan musiqa tinglashni to‘xtatdim, qolaversa ilgarigidek yashashimni xohlaydigan «do‘stlarim» bilan aloqani uzdim.
Shu desam, chekish va ichishni tashlash menga oson bo‘lmadi (Xullas, o‘zgarishlar qilgach, men Yahovaning Shohidi bo‘lish niyatida ularning Yig‘ilish Zaliga qatnashni boshladim. Biroq, Yahovaning Shohidi bo‘lmoqchi ekanimdan oila a’zolarim xabar topishganida, bu ularga yoqmadi. Shunda onam: «Qaysi dinga kirsang kir-u, faqat Yahovaning Shohidi bo‘lmasang bas»,— degan edilar. Katta amalni egallagan tog‘am esa hamisha meni tanqid qilardi.
Lekin Hazrati Isoning odamlarga qilgan muomalasi-yu maslahatlarini o‘rganib, qarshiliklar va masxara qilinishlarga dosh bera oldim. Yahova Shohidlarining ta’limotlarini Muqaddas Kitob bilan solishtirganimda, bu haq din ekaniga ishonch hosil qildim. Misol uchun, ular xushxabarni boshqalarga aytish haqidagi Muqaddas Kitob amriga rioya qilishadi (Matto 28:19, 20; Havoriylar 15:14). Shuningdek, ular siyosatga aralashishmaydi (Zabur 145:3, 4; Yuhanno 15:17, 18).
HAYOTIM QANDAY YAXSHILANDI. Muqaddas Kitob me’yorlarini o‘z hayotimda qo‘llaganimdan so‘ng, ular qanchalik foydali ekanini his qildim. Masalan, nasha chekishni tashladim. Natijada, oyiga bir necha yuz dollarni tejaydigan bo‘ldim. Bundan tashqari, gallyutsinatsiya ham sodir bo‘lmayapti. Endilikda o‘zimni ham jismonan, ham aqlan yaxshi his qilyapman.
Bugungi kunda, o‘zim orzu qilgandek hayotimda mazmun paydo bo‘ldi. Qolaversa, Parvardigori Olam bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘ldim (Yoqub 4:8).
Asabimga tegishganda ham o‘zimni tutib turishni o‘rgandim. MARTINO PEDRETTI
YOSHI: 43
MAMLAKATI: AVSTRALIYA
O‘TMISHDA: GIYOHVAND MODDA OLIB-SOTARI
TARJIMAI HOLI. Ilgari oilamiz tez-tez ko‘chib turardi. Biz katta va kichik shaharlarda istiqomat qilganmiz. Bir safar muayyan vaqt hatto aborigenlar qabilasida ham yashashimizga to‘g‘ri kelgan. O‘sha paytlardan juda yaxshi xotiralar qolgan. Masalan, qarindoshlarimiz bilan birgalikda baliq tutishga hamda ov qilishga borardik. Bundan tashqari, bumerang, ya’ni o‘roqsimon otish quroli yasar edik.
Otam bokschi bo‘lgani uchun, kichigligimda meni ham urishishga o‘rgatar edilar. Shu tariqa, shafqatsiz bo‘lib o‘sdim. O‘smirlik chog‘imda ichkilikka berilib ketdim. O‘rtoqlarim bilan janjal boshlashga doim bahona izlardik. Bandamiz bilan pichoq va to‘qmoqlarni olib, 20 va undan ham ortiq bo‘lgan to‘daga hujum uyushtirardik.
Port ishchilari o‘g‘irlagan narsalarni va giyohvand moddalarni olib-sotib kun ko‘rardim. Shuningdek, giyohvand moddalarni sotadiganlardan qarzdor bo‘lgan odamlarni qurol yordamida qo‘rqitib pul undirardim. Men yollanma qotil bo‘lishni xohlagandim va «o‘ldirmasang, seni o‘ldirishadi», degan shior bilan yashardim.
MUQADDAS KITOB HAYOTIMNI O‘ZGARTIRDI. Yahovaning Shohidlari to‘g‘risida o‘smirligimdayoq eshitganman. 20 yoshga to‘lganimda oyimdan ularni qanday topsa bo‘ladi, deb so‘raganimni yaxshi eslayman. Ikki kundan keyin Dikson ismli Yahovaning Shohidi uyimizga keldi. Suhbatimiz davomida u meni jamoat yig‘ilishiga taklif etdi. Men rozi bo‘lib bordim. Mana, yig‘ilishlarga qatnayotganimga 20-yildan ham oshib qoldi. Ular bergan hamma savollarimga Muqaddas Kitobdan foydalanib javob berishardi.
Yahovaga har bir odamning, hatto yaramas kishining ham hayoti qadrli ekanini bilib xursand bo‘ldim (2 Butrus 3:9). Hamma mendan yuz o‘girsa ham, g‘amimni yeydigan mehribon Parvardigorim borligi men uchun kutilmagan bir yangilik bo‘ldi. Bundan tashqari, agar men tavba qilsam Alloh gunohlarimni kechirarkan, degan fikrdan yengil tortdim. Ayniqsa, Injilning Efesliklarga 4:22–24- oyatlaridagi so‘zlar «eski o‘zlikni yechib tashlab», «Xudoning niyatiga ko‘ra yaralgan yangi o‘zlikni kiyib olishimga» katta turtki bo‘ldi.
Ammo hayotimni o‘zgartirish uchun menga vaqt talab etilardi. Men giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslikka harakat qilardim-u, lekin sabrim uzog‘i bilan bir haftaga yetardi. Dam olish kunlari og‘aynilarimni uchratsam bo‘ldi, hammasi boshqatdan boshlanib ketardi. Bu odatdan qutulish uchun jo‘ralarimdan uzoqroq yurish kerakligini tushundim. Xullas, boshqa shtatga ko‘chishga qaror qildim. Ulardan ba’zilari meni kuzatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Men esa bunga e’tiroz bildirmadim. Yo‘l-yo‘lakay ular nasha chekishdi va menga ham taklif qilishdi. Bu balodan qutulishga qaror qilganim uchun rad javobini berdim. Shundan keyin ular o‘z yo‘lida, men o‘z yo‘limda davom etdim. Keyinchalik bilsam, «og‘aynilarim» qurollanib bankni o‘marishibdi.
HAYOTIM QANDAY YAXSHILANDI. Og‘aynilarim bilan aloqani uzganim bilanoq, odatlarimni tashlash oson kechdi. 1989- yilda men Yahovaning Shohidi bo‘ldim. Tez orada singlim, oyim va dadam Tangri Yahovaga xizmat qila boshlashdi.
Oilali bo‘lganimga ham mana 17-yil bo‘ldi. Uchta guldek farzandim bor. Asabimga tegishganda ham o‘zimni tutib turishni o‘rgandim. Chindan ham, men har bir «qabiladan, xalqdan va tildan bo‘lgan» insonlarni seva boshladim (Vahiy 7:9). Hazrati Isoning so‘zlari haq ekaniga shaxsan ishonch hosil qildim. U kishi: «Agar mening so‘zlarimga rioya qilsangizlar, chindan ham mening shogirdlarimsiz. Sizlar haqiqatni bilib olasizlar va haqiqat sizlarni ozod etadi»,— degan edilar (Yuhanno 8:31, 32).
[19- sahifadagi matn parchasi]
Bularga erishish uchun, men irqiy nafratni qo‘zg‘atadigan musiqa tinglashni to‘xtatdim
[20- sahifadagi matn parchasi]
Bandamiz bilan pichoq va to‘qmoqlarni olib, 20 va undan ham ortiq bo‘lgan to‘daga hujum uyushtirardik