Muqaddas Kitob haqida qanday fikrdasiz?
Siz shunday deyishingiz mumkin:
-
insoniy g‘oyalar to‘plami
-
rivoyat va afsonalar kitobi
-
Allohning Kalomi
MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?
«Muqaddas Yozuvlarning hammasi Xudo tomonidan ilhomlantirilgan». (2 Timo‘tiyga 3:16, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)
BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?
Hayot borasidagi muhim savollarga qoniqarli javoblar. (Hikmatlar 2:1–5)
Kundalik hayot uchun ishonchli yo‘l-yo‘riq. (Zabur 119:105)
Kelajak uchun haqiqiy umid. (Rimliklarga 15:4)
MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?
Albatta, buning kamida uchta sababi bor:
-
Ajoyib uyg‘unlik. Muqaddas Kitob 1 600 yil mobaynida taxminan 40 ta turli kishi tomonidan yozilgan. Ularning aksariyati bir-biri bilan hech qachon uchrashmagan. Biroq butun kitobda bitta asosiy mavzu yoritilgan.
-
Rostgo‘y yozuvchilar. Ko‘p tarixchilar o‘z xalqining mag‘lubiyatini yashirishgan. Muqaddas Kitob yozuvchilari esa o‘zining va xalqining xatolari haqida ochiq-oydin yozishgan. (2 Solnomalar 36:15, 16; Zabur 51:1–4)
-
Ishonchli bashoratlar. Muqaddas Kitobda qadimgi Bobil shahrining qulashi haqida 200 yil avval bashorat qilingan. (Ishayo 13:17–22) Unda nafaqat Bobil shahrining qanday qulashi haqida, balki uni bosib olishi kerak bo‘lgan kishining ismi ham yozilgan! (Ishayo 45:1–3)
Muqaddas Kitobning boshqa ko‘pgina bashoratlari kichik tafsilotlarigacha amalga oshgan. Axir Allohning Kalomi shunday bo‘lishi kerak emasmi? (2 Butrus 1:21)
BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING
Allohning Kalomi hayotingizni qanday yaxshilashi mumkin?
Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning ISHAYO 48:17-, 18- va 2 TIMO‘TIYGA 3:16, 17- oyatlaridan topasiz.