Asosiy materiallarga o‘tish

O‘lganlar yana yashashi mumkinmi?

O‘lganlar yana yashashi mumkinmi?

Siz shunday aytishingiz mumkin...

  • ha

  • yo‘q

  • balki

MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?

«Adolatli va adolatsiz odamlarning tirilishiga ishonaman». (Havoriylar 24:15, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)

BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?

Qadrdon kishingiz hayotdan ko‘z yumganda tasalliga ega bo‘lish. (2 Korinfliklarga 1:3, 4)

O‘lim oldidagi qo‘rquv hissidan xalos bo‘lish. (Ibroniylarga 2:15)

Olamdan o‘tgan aziz yaqinlaringiz bilan yana birga bo‘lish umidi. (Yuhanno 5:28, 29)

MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?

Albatta, buning kamida uchta sababi bor:

  • Alloh hayot manbai. Muqaddas Kitobda Tangri Yahova haqida «hayot manbai Sendadir»,— deb aytilgan. (Zabur 36:9; Havoriylar 17:24, 25) Ha, barcha mavjudotga hayot ato etadigan Shaxs olamdan o‘tgan kishilarni hayotga qaytarishga qodir.

  • Xudo o‘tmishda odamlarni tiriltirgan. Muqaddas Kitobda sakkizta kishining, jumladan yosh-u qari, erkag-u ayolning tirilganligi haqida bayon etilgan. Ulardan ba’zilari o‘lganidan ko‘p o‘tmay hayotga qaytgan, lekin bittasi o‘limidan keyin to‘rt kun qabrda bo‘lgan! (Yuhanno 11:39–44)

  • Tangri buni yana qilishni juda istaydi. Yahova o‘limdan nafratlanadi; U o‘limni dushman deb biladi. (1 Korinfliklarga 15:26) U o‘lganlarni tiriltirib, bu dushmanni yo‘q qilish kunini sabrsizlik bilan kutyapti. Yahova Uning xotirasida bo‘lgan hammani hayotga qaytarishni va ular yana yer yuzida yashashini juda istaydi. (Ayub 14:14, 15)

BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING

Nega biz qarib o‘lamiz?

Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning IBTIDO 3:17–19 va RIMLIKLARGA 5:12-oyatlaridan topasiz.