Xudoning Shohligi nima?
Sizningcha, bu...
-
osmondagi jannatmi?
-
shunchaki ramziy iborami?
-
samodagi hukumatmi?
MUQADDAS KITOBDA NIMA DEYILGAN?
«Xudo aslo yakson qilinmaydigan shohlik o‘rnatadi». (Doniyor 2:44, «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»)
«Bizga bir o‘g‘il ato etildi. Uning qo‘liga hokimiyat beriladi». (Ishayo 9:6)
BU SIZ UCHUN NIMANI ANGLATADI?
-
Adolatli hukumat shaxsan sizga foyda keltiradi. (Ishayo 48:17, 18)
-
Bo‘lajak yangi dunyoda, mukammal sog‘lik va baxtga ega bo‘lasiz. (Vahiy 21:3, 4)
MUQADDAS KITOBDA YOZILGAN NARSALARGA ISHONISHIMIZ MUMKINMI?
Albatta, buning kamida ikkita sababi bor:
-
Iso payg‘ambar Xudoning Shohligi nimani amalga oshirishini ko‘rsatgan. Iso alayhissalom izdoshlarini Xudoning Shohligi kelishi va Allohning irodasi yerda ham bajo bo‘lishi uchun ibodat qilishga o‘rgatgan. (Matto 6:9, 10) U shuningdek, bu ibodat qanday ijobat bo‘lishini ko‘rsatgan.
Iso yer yuzidagi xizmati davomida ochlarni to‘ydirgan, kasallarni davolagan va o‘lganlarni hayotga qaytargan! (Matto 15:29–38; Yuhanno 11:38–44) Xudo Shohligining bo‘lajak Boshqaruvchisi sifatida Iso Masih kelajakda Shohlikning fuqarolari uchun nima qilishini oldindan ko‘rsatgan. (Vahiy 11:15)
-
Dunyodagi ahvol Xudoning Shohligi yaqin orada kelishini tasdiqlamoqda. Iso payg‘ambar bu Shohlik yer yuziga tinchlik keltirishidan sal oldin, dunyo urush, qahatchilik va zilzilalarga to‘lib-toshadi, deb bashorat qilgan. (Matto 24:3, 7)
Hozir buni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ryapmiz. Demak, yaqinda Xudoning Shohligi shu kabi barcha muammolarni bartaraf etishiga amin bo‘lishimiz mumkin.
BU HAQDA O‘YLAB KO‘RING
Xudoning Shohligi boshqaruvi ostida hayot qanday bo‘ladi?
Bu savolning javobini Muqaddas Kitobning ZABUR 37:29 va ISHAYO 65:21–23-oyatlaridan topasiz.