Solnomalar birinchi kitob 29:1-30

  • Ma’bad uchun xayr-ehsonlar (1-9)

  • Dovudning ibodati (10-19)

  • Xalq shod bo‘ladi, Sulaymon taxtga o‘tiradi (20-25)

  • Dovudning o‘limi (26-30)

29  Shoh Dovud butun jamoatga shunday dedi: «Xudo tanlab olgan o‘g‘lim Sulaymon+ hali yosh va tajribasiz+, qilinadigan ish esa juda ko‘p. Chunki bu ma’bad odamga emas, Tangri Yahovaga atalgan+.  Men bor kuchimni sarflab Xudoyimning uyi uchun tayyorgarlik ko‘rdim. Oltindan yasaladigan narsalar uchun oltin, kumushdan yasaladigan narsalar uchun kumush, misdan yasaladigan narsalar uchun mis, temirdan yasaladigan narsalar uchun temir+, yog‘ochdan yasaladigan narsalar uchun yog‘och+ g‘amlab qo‘ydim. Shuningdek, oniks toshlari, qorishma bilan biriktiriladigan maxsus toshlar, rangli toshchalar, har turli qimmatbaho toshlar va ko‘p miqdorda marmar toshlar hozirladim.  Allohimning uyini sevganim bois+, bu muqaddas uy uchun tayyorlab qo‘ygan narsalardan tashqari o‘z xazinamdan+ oltin va kumushni ham Xudoyimning uyiga beraman.  Ma’bad xonalarining devorlarini qoplash uchun 3 000 talant* Ofir tillasi+ va 7 000 talant toza kumush beraman.  Oltin va kumush buyumlar hamda hunarmandlar turli buyumlar yasashi uchun oltin bilan kumush beraman. Sizlarning ham orangizda, bugun ko‘ngildan chiqarib Yahovaga hadya berishni istaydiganlar bormi?»+  Shunda xonadonlar beklari, Isroil qabilalari beklari, mingboshilar, yuzboshilar+ hamda shohning ish yurituvchilari+ ko‘ngillaridan chiqarib hadyalar olib kelishdi.  Ular haq Xudoning uyi uchun 5 000 talant oltin, 10 000 darik*, 10 000 talant kumush, 18 000 talant mis, 100 000 talant temir berishdi.  Kimda qimmatbaho toshlar bo‘lsa, ularni Yahova uyining xazinasiga mas’ul etib tayinlangan Gershon+ naslidan bo‘lgan Yoxiyolga+ topshirdilar.  Xalq shod-xurramlik ila ixtiyoriy nazrlar keltirdi, chunki Yahovaga atalgan bu nazrlarni chin qalbdan olib kelishdi+. Shoh Dovud ham nihoyatda xursand bo‘ldi. 10  So‘ng Dovud butun jamoatning oldida Yahovaga hamd-u sano aytib, shunday dedi: «Senga abadulabad madhlar bo‘lsin, ey Yahova, otamiz Isroilning Xudosi! 11  Ey Yahova, buyuklik+, kuch-qudrat+, go‘zallik, shon-sharaf va ulug‘vorlik Senga tegishli+. Zero, yer-u osmondagi jamiki narsa Senikidir!+ Saltanat ham Senikidir, ey Yahova!+ Sen barchaning boshi sifatida yuksaksan. 12  Boylik va hashamat Sendan keladi+. Barcha narsa ustidan hukmronlik qilasan+. Kuch-qudrat Sening qo‘lingdadir+, Sen insonni yuksaltirishga+, hammaga kuch baxshida etishga qodirsan!+ 13  Ey Tangrimiz, biz Senga shukrona keltirib, ulug‘vor ismingga madhlar aytamiz. 14  Men va xalqim kim bo‘libmizki, Senga mana shunday ixtiyoriy nazrlar keltirsak?! Axir barcha narsalarning manbai Sensan! Sening qo‘lingdan olgan narsamizni O‘zingga qaytaryapmiz. 15  Sening huzuringda biz ota-bobolarimiz kabi vaqtinchalik fuqaro va musofirmiz+. Yer yuzida umrimiz xuddi ko‘lanka singari o‘tadi-ketadi+. 16  Ey, Xudoyimiz Yahova, Sening muqaddas ismingga atab uy qurishga hozirlab qo‘ygan bu boyliklarning bari Sendandir, hammasi Senikidir! 17  Ey Allohim, Sen yuraklarni tekshirishingni+, insonning benuqsonligini ko‘rib mamnun bo‘lishingni+ yaxshi bilaman. Men sofdillik ila ko‘nglimdan chiqarib bu narsalarning barini taqdim etdim. Bu yerda turgan xalqing Senga ixtiyoriy nazrlar keltirayotganini ko‘rib behad quvonyapman. 18  Ota-bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Isroilning Xudosi, ey Yahova! Iloyo, xalqing hamisha ana shunday o‘y-fikrlar-u niyatlarga ega bo‘lsin! Ular Senga bor qalblari bilan xizmat qilishsin!+ 19  O‘g‘lim Sulaymonga butun qalb+ ato etgin, toki amrlaring, eslatmalaring va ko‘rsatmalaringga amal qilsin+. Bu ishlarning hammasini bajarib, men tayyorlab qo‘ygan narsalardan ma’bad qursin»+. 20  Bundan keyin Dovud butun jamoatga: «Allohingiz Yahovaga hamd-u sanolar ayting»,— dedi. Shunda butun jamoat ota-bobolarining Xudosi Yahovaga hamd-u sanolar aytib, Yahovaning va shohning oldida tiz cho‘kdi-da, yergacha egilib ta’zim qildi. 21  Jamoat ertasi kuni ham Yahovaga atab qurbonliklar keltirdi. Yahovaga kuydiriladigan qurbonliklar+ sifatida 1 000 ta yosh buqa, 1 000 ta qo‘chqor, 1 000 ta erkak qo‘zi, shu bilan birga ichimlik nazrlarini olib kelishdi+. Butun Isroil xalqi uchun nihoyatda ko‘p qurbonliklar keltirishdi+. 22  O‘sha kuni ular behad shodlanib Yahovaning huzurida yeb-ichishdi+. Dovudning o‘g‘li Sulaymonni ikkinchi bora shoh deb e’lon qilishdi. Yahovaning oldida uni yo‘lboshchi+, Zodo‘xni esa ruhoniy qilib moylashdi+. 23  Sulaymon Yahovaning taxtiga o‘tirib, otasi Dovudning o‘rniga shoh bo‘ldi+. U muvaffaqiyat qozondi va barcha isroilliklar unga bo‘ysunadigan bo‘ldi. 24  Hamma beklar+, qudratli jangchilar+ va shoh Dovudning barcha o‘g‘illari+ Sulaymonga itoat etishdi. 25  Yahova butun Isroilning ko‘z oldida Sulaymonni g‘oyat yuksaltirdi. Isroilning hech bir shohi ega bo‘lmagan shohona ulug‘vorlik bilan uni siyladi+. 26  Shu tariqa, Essayning o‘g‘li Dovud butun Isroil ustidan hukmronlik qildi. 27  U Isroil ustidan 40 yil shohlik qildi: 7 yil Xevronda+, 33 yil Quddusda+. 28  Dovud uzoq umr ko‘rib, boyligu obro‘ga ega bo‘ldi va nuroniy yoshda+ olamdan o‘tdi. Uning vafotidan so‘ng, o‘g‘li Sulaymon taxtga o‘tirdi+. 29  Shoh Dovudning hayoti, valiy Shomuil, Natan+ payg‘ambar hamda vahiylar aytib beruvchi Gadning+ yozuvlarida boshdan oxirigacha bayon etilgan. 30  Shuningdek, bu yozuvlarda uning shohligi-yu erishgan yutuqlari, u boshdan kechirgan hodisalar, Isroil va atrofdagi shohliklarda yuz bergan voqealar qalamga olingan.

Izohlar

Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Fors oltin tangasi. Ilovaning B14 mavzusiga q.