Solnomalar ikkinchi kitob 10:1-19

  • Isroilning Raxabomga qarshi isyoni (1-19)

10  Raxabom Shakamga+ bordi. Chunki butun Isroil xalqi Raxabomni shoh etib tayinlash uchun u yerda yig‘ilib turgan edi+.  Bu xabar Nabat o‘g‘li Yorubom+ qulog‘iga yetib borgach (u shoh Sulaymon dastidan Misrga qochib, o‘sha yerda yashayotgan edi+), u Misrdan qaytib keldi.  So‘ng xalq uni chaqirtirib oldi. Yorubom va butun Isroil Raxabomning oldiga keldi-da, shunday dedi:  «Otangiz bo‘ynimizga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi+. Ammo otangiz zimmamizga ortgan bu sermashaqqat ishni va og‘ir bo‘yinturuqni yengillatsangiz, sizga xizmat qilamiz».  Bunga javoban Raxabom: «Oldimga uch kundan keyin kelinglar»,— dedi va xalq tarqab ketdi+.  Raxabom otasi Sulaymon davrida xizmat qilgan oqsoqollarga maslahat solib: «Bu xalqga nima deb aytay? Qanday maslahat berasizlar?» — deb so‘radi.  Ular esa: «Agar bu xalqga mehribon bo‘lib, mamnun etsangiz va ko‘ngliga qarab javob bersangiz, ular bir umr xizmatingizni qiladi»,— deb aytishdi.  Ammo u oqsoqollarning maslahatiga quloq solmay, o‘zi bilan birga katta bo‘lgan va unga xizmat qilayotgan yoshlar bilan maslahatlashdi+.  Raxabom ularga: «Xalq menga murojaat qilib: “Bo‘ynimizdagi og‘ir bo‘yinturuqni yengilroq qilsangiz”,— deb iltimos qilyapti. Ularga nima deb javob qaytaray? Qanday maslahat berasizlar?» — dedi. 10  U bilan katta bo‘lgan yoshlar shunday deyishdi: «“Otangiz bo‘ynimizga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi, uni yengilroq qilsangiz”,— degan xalqga: “Mening jimjilog‘im otamning belidan yo‘g‘onroq. 11  Agar otam bo‘yningizga og‘ir bo‘yinturuq solgan bo‘lsa, men uni yanada og‘irroq qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan savalagan bo‘lsa, men sizlarni tikanli qamchi bilan savalayman”,— deb javob qaytaring». 12  Shoh Raxabomning: «Uch kundan keyin oldimga qaytib kelinglar»,— degan so‘zlariga binoan, uchinchi kuni Yorubom va butun xalq shohning yoniga kelishdi+. 13  Ammo shoh Raxabom oqsoqollarning maslahatiga quloq solmay, odamlarga qo‘pol javob qaytardi. 14  U yoshlarning maslahati bo‘yicha yo‘l tutib: «Men bo‘yinturug‘ingizni yanada og‘irroq qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan savalagan bo‘lsa, men sizlarni tikanli qamchi bilan savalayman»,— dedi. 15  Shoh xalqga quloq solmadi. Bu, Allohning izmi bilan sodir bo‘ldi+. Shu tariqa, Nabat o‘g‘li Yorubomga shilo‘lik Oxiyo+ orqali Yahovaning aytgan so‘zlari amalga oshdi. 16  Shoh tinglagisi kelmaganini ko‘rib, Isroil xalqi shohga: «Endi Dovudda qanday ulushimiz bor? Essayning o‘g‘lida merosimiz yo‘q. Ey isroilliklar, har biringiz o‘z xudolaringizga qaytinglar! Bundan buyon Dovud xonadoni o‘z g‘amini o‘zi yesin!»+ — dedi. Shu bilan butun xalq uy-uyiga tarqalib ketdi+. 17  Biroq Raxabom Yahudo shaharlarida yashovchi isroilliklar ustidan hukmronlik qilaverdi+. 18  Bir kuni shoh Raxabom yollanma ishchilar nazoratchisi Hadoramni+ isroilliklarning oldiga yubordi. Lekin isroilliklar uni toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. Shoh Raxabom esa aravasiga chiqib olib, Quddusga qochib ketdi+ . 19  Shunday qilib, isroilliklar Dovud xonadoniga qarshi chiqishdi va bugunga qadar shu yo‘sin davom etib kelmoqda.

Izohlar