Solnomalar ikkinchi kitob 11:1-23

  • Raxabomning boshqaruvi (1-12)

  • Sadoqatli levilar Yahudoga kelishadi (13-17)

  • Raxabomning oilasi (18-23)

11  Raxabom Quddusga yetib kelgan zahoti, butun Yahudo va Benyamin xonadonini+ hamda 180 000 sara jangchilarni yig‘di. Shohlikni o‘ziga qaytarib olish uchun, u Isroilga qarshi jang qilmoqchi bo‘ldi+.  Shunda Yahova O‘z payg‘ambari* Shamayo+ orqali quyidagilarni aytdi:  «Yahudo shohi Sulaymonning o‘g‘li Raxabomga, Yahudodagi va Benyamin yeridagi butun Isroilga:  “Yahova shunday demoqda: “Birodarlaringizga qarshi jang qilgani bormanglar. Bu voqealar yuz berishiga Men yo‘l qo‘yganim uchun+ hammangiz uy-uyingizga tarqaling”,— deb ayt”». Ular Yahovaning so‘zlariga quloq solib, Yorubomga qarshi jang qilishga bormay, qaytib ketishdi.  Raxabom Quddusda yashadi va Yahudoda mustahkam shaharlar barpo etdi.  Bu shaharlar quyidagilar: Baytlahm+, Etom, Taxuva+,  Bayt-Zur, So‘xo‘+, Adullam+,  Gat+, Morisho, Zif+,  Odorayim, Laxish+, Ozikah+, 10  Zorox, Oyjavlon+ va Xevron+. Bular Yahudo bilan Benyamin yerlaridagi mustahkam shaharlardir. 11  Bundan tashqari, u mustahkam shaharlarni yanada kuchaytirib, ularga boshliqlar tayinladi va ularni oziq-ovqat, moy hamda sharob bilan ta’minlab turdi. 12  U har bir shaharni katta qalqon va nayzalar bilan qurollantirib, bu shaharlarni g‘oyat kuchaytirdi. Raxabom Yahudo va Benyamin ustidan boshqarishda davom etdi. 13  Butun Isroildagi ruhoniylar va levilar o‘z yerlaridan kelib, Raxabom tomoniga o‘tishdi. 14  Levilar o‘z yaylovlari-yu mol-mulklarini qoldirib+, Yahudo va Quddusga kelishdi. Boisi, Yorubom bilan o‘g‘illari ularni Yahovaga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishdan chetlatishgan edi+. 15  Yorubom tepaliklarda takasifat jinlarga*+ va o‘zi yasagan buzoq haykallariga+ xizmat qilishlari uchun ruhoniylar tayinladi+. 16  Isroil qabilalari orasida Isroilning Xudosi Yahovani astoydil izlayotganlar bor edi. Bu kishilar levilar va ruhoniylarga ergashib, ota-bobolarining Tangrisi Yahovaga qurbonlik keltirish uchun Quddusga kelishdi+. 17  Ular uch yil davomida Yahudo shohligini mustahkamlab, Sulaymonning o‘g‘li Raxabomni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu vaqt mobaynida, ular Dovud bilan Sulaymonning yo‘lidan og‘ishmadi. 18  Raxabom Dovud o‘g‘li Yarimo‘tning qizi Maxalatga uylandi. Maxalatning onasi Essay o‘g‘li Eliyobning+ qizi Abuhayil edi. 19  Vaqt o‘tib, Maxalat Yoush, Shamariyo va Zaham ismli o‘g‘illar tug‘di. 20  Undan keyin Raxabom Absalomning+ nevarasi Maxoga uylandi. Maxodan Abiyo+, Attay, Ziza va Shalumit dunyoga keldi. 21  Raxabom Absalomning nevarasi Maxoga boshqa xotinlari va kanizaklariga+ qaraganda ko‘proq ko‘ngil qo‘ydi. Uning 18 ta xotini, 60 ta kanizagi bor edi. Raxabom 28 ta o‘g‘il va 60 ta qiz ko‘rdi. 22  U Maxodan ko‘rgan o‘g‘li Abiyoni aka-ukalari orasida boshchi va rahbar etib tayinladi. Chunki o‘zidan keyin uni shoh qilmoqchi edi. 23  U fahm-farosat bilan ish tutib, ayrim o‘g‘illarini Yahudo va Benyamin hududidagi barcha mustahkam shaharlarga+ joylashtirdi. Ularni mo‘l-ko‘l oziq-ovqat bilan ta’minlab, ko‘p xotinlar olib berdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «haq Xudoning odami».
Ularga sig‘ingan kishilar, ehtimol, ularni takaga o‘xshagan junli maxluqlar sifatida tasavvur qilishgan.