Solnomalar ikkinchi kitob 14:1-15

  • Abiyoning o‘limi (1)

  • Yahudo shohi Oso (2-8)

  • Oso 1 000 000 habashistonlikni mag‘lub etadi (9-15)

14  So‘ng Abiyo vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va Dovud shahrida+ dafn etildi. Uning o‘rniga o‘g‘li Oso taxtga o‘tirdi. Oso hukmronligi davrida yurtda o‘n yil tinchlik bo‘ldi.  Oso Tangrisi Yahovaning nazarida yaxshi va to‘g‘ri ishlar qildi.  U begona xudolar qurbongohlarini va tepaliklarni yo‘q qilib+, muqaddas toshlarni* sindirdi+ hamda muqaddas ustunlarni* kesib tashladi+.  Bundan tashqari, u Yahudo xalqiga ota-bobolarining Xudosi Yahovani izlashni, Uning Qonuniga va amrlariga rioya etishni buyurdi.  Shunday qilib, Oso Yahudoning barcha shaharlaridagi tepaliklarni, tutatqi qurbongohlarini yakson qildi+. Uning boshqaruvi ostida shohlikda tinchlik-osoyishtalik hukm surdi.  Yahova unga osoyishtalik bergani+ va yurtda tinchlik hukm surayotgani tufayli, u Yahudoda mustahkam shaharlar qurdi+. Shu yillar mobaynida hech kim unga qarshi urush ochmadi.  Oso Yahudo xalqiga: «Kelinglar, bu shaharlarni qurib, atrofini devorlar bilan o‘raylik+, minoralar barpo etib, surma zulfinli darvozalar o‘rnataylik. Zero, Allohimiz Yahovani izlayotganimiz uchun bu yurtga hanuz egalik qilyapmiz. Uni izlayotganimiz uchun U har tomondan bizga osoyishtalik ato etdi»,— deb aytdi. Shu tariqa, ular qurilishni muvaffaqiyat ila yakunlashdi+.  Osoning 300 000 yahudolik askarlardan tashkil topgan katta qalqon va nayzalar bilan qurollangan qo‘shini bor edi. Benyamin qabilasidan esa kichik qalqonlar va kamonlar bilan qurollangan 280 000 nafar qudratli jangchilari bor edi+.  Keyinchalik, habashistonlik Zerah 1 000 000 askardan tashkil topgan qo‘shin hamda 300 ta jang aravasi bilan ularga qarshi yurish qildi+. U Morishoga+ yetib kelganida, 10  Oso unga qarshi chiqdi. Ular Morishodagi Zafito vodiysiga kelib, saf tortishdi. 11  Oso Xudosi Yahovaga yolvorib+, dedi: «Ey Yahova, dushmanlarimiz ko‘pchilik, biz esa kuchsiz bo‘lishimizga qaramay, Sen bizga yordam berishga qodirsan+. Ey, Allohimiz Yahova, bizga yordam bergin, zero biz Senga tayanamiz!+ Sening isming bilan mana bu olomonga qarshi chiqdik+. Ey Yahova, Sen bizning Tangrimizsan. O‘tkinchi odam Sendan ustun kelishiga yo‘l qo‘yma»+. 12  Yahova habashistonliklarni Oso hamda Yahudo xalqi oldida mag‘lub qildi va ular tumtaraqay bo‘lishdi+. 13  Oso odamlari bilan Garorgacha+ ularni quvib bordi va habashistonliklar bitta qolmay qirilib ketdi. Yahova bilan Osoning qo‘shini ularni yakson qildi. Bundan so‘ng, yahudoliklar katta o‘ljani olib ketishdi. 14  Yahova Garor atrofidagi barcha shaharlarni qo‘rquvga solgani uchun, ular bu shaharlarni qo‘lga kiritishdi. Yahudoliklar hamma shaharlarni talon-toroj qilishdi, chunki ularda o‘ljalar nihoyatda ko‘p edi. 15  Boz ustiga, ular chorvadorlarning chodiriga hujum uyushtirib, ko‘pgina qo‘y-echki va tuyalarni o‘lja qilib olishdi-da, Quddusga qaytishdi.