Solnomalar ikkinchi kitob 19:1-11

  • Yohu Yohushafatga tanbeh beradi (1-3)

  • Yohushafatning islohotlari (4-11)

19  Yahudo shohi Yohushafat Quddusdagi o‘z saroyiga eson-omon qaytib keldi+.  Vahiylar aytib beruvchi Xoninning+ o‘g‘li Yohu+ shoh Yohushafatni qarshi olgani chiqib, shunday dedi: «Yovuzlarga yordam berib+, Yahovadan nafratlanadigan kishilarni yaxshi ko‘rishingiz to‘g‘rimi?+ Shu sababli, Yahova sizdan g‘azablandi.  Biroq Xudo sizda yaxshilik ham topdi+. Siz yurtdagi muqaddas ustunlarni yo‘q qildingiz va Allohni izlash uchun qalbingizni tayyorladingiz*+».  Yohushafat Quddusda yashar edi. U, Bershevadan Efrayim tog‘li hududiga+ qadar yashovchi xalqni ota-bobolarining Tangrisi Yahovaga qaytarish uchun yana o‘sha yerlarni kezib chiqdi+.  Shoh butun Yahudo yurti bo‘ylab har bir mustahkam shaharda hakamlar tayinlab+,  ularga shunday dedi: «O‘z ishingizga e’tiborli bo‘linglar! Zero, sizlar odamning emas, Yahovaning nomidan hakamlik qilasizlar. Hukm chiqarganingizda, U sizlar bilan bo‘ladi+.  Yahovadan qo‘rqib+, orqa-oldingizni o‘ylab ish tutinglar. Chunki Xudovandimiz Yahova adolatsizlik+, yuzxotirchilik+ va poraxo‘rlikka+ toqat qilmaydi!»  Quddusda ham Yohushafat levilar, ruhoniylar va Isroil xonadonlari boshlaridan ayrimlarini hakamlar etib tayinladi. Ular Yahovaning nomidan hakamlik qilib, Quddus aholisining huquqiy masalalarini hal qilishardi+.  Shoh ularga shunday deb buyurdi: «Yahovadan qo‘rqib, o‘z vazifangizni sadoqat bilan, sidqidildan bajaringlar. 10  O‘z shaharlarida yashayotgan birodarlaringiz qon to‘kish+, qonun-qoida, amr yoki hukmga oid huquqiy masalalar bo‘yicha sizlarga murojaat etganda, Yahovaning oldida aybdor bo‘lib qolmasliklari uchun ularni ogohlantiringlar. Yo‘qsa, siz va birodarlaringizga Xudoning qahri keladi. Shunday yo‘l tutsangiz, aybdor bo‘lmaysizlar. 11  Yahovaning ishlari uchun bosh ruhoniy+ Emoriyo, shohning ishlari uchun Yahudo xonadoni boshchisi Ismoilning o‘g‘li Zabadiyo bosh etib tayinlanadi. Levilar sizlar uchun nazoratchi bo‘lib xizmat qilishadi. Dadil bo‘lib, ishga kirishinglar. Iloyo, yaxshilik qiluvchilarga Yahova yor bo‘lsin!»+

Izohlar

Yoki «qalbingizda qaror qildingiz».