Solnomalar ikkinchi kitob 2:1-18

  • Ma’bad qurilishiga hozirlik (1-18)

2  Sulaymon Yahovaning ismiga atab uy+ va o‘zi uchun saroy qurishni buyurdi+.  U 70 000 odamni yuk tashuvchi, 80 000 odamni tog‘larda tosh yo‘nuvchi etib+, 3 600 kishini esa ularning ustidan nazoratchi qilib tayinladi+.  Bundan tashqari, Sulaymon Tir shohi Xiramga+ quyidagi xabarni yo‘lladi: «Otam Dovud o‘zi uchun saroy qurganda, kedr daraxti yog‘ochlarini yuborgan edingiz+. Menga ham ulardan jo‘natsangiz.  Men Allohim Yahovaning ismiga atab uy qurib, uni muqaddas qilmoqchiman. Bu uyda, Uning huzurida ertalab va kechqurunlari+, Shabbat kunlari+, yangi oy chiqqanda+ hamda Xudoyimiz Yahovaning mavsumiy bayramlarida+ xushbo‘y tutatqi tutatib+, taxlam nonlar*+ va kuydiriladigan qurbonliklar keltiraman. Bu, Isroil xalqining abadiy burchidir.  Men barpo etmoqchi bo‘lgan uy hashamatli bo‘ladi, zero Tangrimiz boshqa barcha xudolardan buyukdir.  Men kim bo‘libmanki, Unga uy qursam? Zero osmon, bepoyon samo Uni sig‘dira olmaydi!+ Qo‘limdan keladigani, Uning oldida qurbonliklar kuydirib tutatish uchun uy qurish, xolos.  Huzurimga oltin, kumush, mis, temir+, to‘q qizilga bo‘yalgan jun, moviy va alvon rangli ip bilan ishlay oladigan, o‘ymakor bezaklar qila oladigan mahoratli bir ustani yuboring. U, Yahudo va Quddusda otam Dovud tanlagan mohir ustalarim bilan ishlaydi+.  Shuningdek, Livandan* kedr yog‘ochlarini, qora archa+ va sandal daraxti*+ yog‘ochlarini yuboring. Chunki Livan daraxtlarini kesishda tajribali xizmatkorlaringiz borligini yaxshi bilaman+. Xizmatkorlarim sizning xizmatkorlaringiz bilan birga mehnat qilishadi+.  Ular men uchun nihoyatda ko‘p yog‘och tayyorlashadi. Sababi, men quradigan uy hashamatli bo‘lishi kerak. 10  Yog‘och kesuvchi xizmatkorlaringizni oziq-ovqat bilan ta’minlayman+. Ularga 20 000 kor* bug‘doy, 20 000 kor arpa, 20 000 bat* sharob va 20 000 bat zaytun moyi beraman». 11  Keyin Tir shohi Xiram Sulaymonga: «Yahova O‘z xalqini yaxshi ko‘rgani uchun, sizni ularning ustidan shoh etib tayinladi»,— degan xabar yubordi. 12  U yana quyidagilarni yozdi: «Osmonu yerni yaratgan Isroil Xudosi Yahovaga madhlar bo‘lsin! Zero, U shoh Dovudga dono+, aql-idrokli va zakovatli+ o‘g‘il ato etdi. U Yahovaga atab uy, o‘zi uchun saroy quradi. 13  Yoningizga Xiram-Abi+ ismli mahoratli va fahm-farosatli ustani jo‘natyapman. 14  Uning onasi Dan avlodidan, otasi esa Tir shahridan. U oltin, kumush, mis, temir, tosh, yog‘och, to‘q qizilga bo‘yalgan jun, moviy ip, sifatli mato va alvon rangli ip bilan ishlay oladi+. Qolaversa, u har xil o‘ymakor bezaklar va turli narsalar yasay oladigan mahoratli ustadir+. U sizning mohir ustalaringiz va otangiz — xo‘jayinim Dovudning mohir ustalari bilan birga ishlaydi. 15  Endi, taqsirim, xizmatkorlariga va’da berganiday+, bug‘doy, arpa, zaytun moyi va sharob yuborsinlar. 16  Biz Livanda sizga qancha kerak bo‘lsa, shuncha daraxtlar kesib beramiz+ va sol yasab, dengiz orqali ularni Yaffaga jo‘natib yuboramiz+. Siz esa ularni Quddusga olib ketasiz»+. 17  So‘ng Sulaymon otasi Dovud singari+ Isroil yurtida yashovchi barcha musofirlarni sanab chiqdi+. Ularning soni 153 600 kishini tashkil etdi. 18  Shunday qilib, Sulaymon 70 000 odamni yuk tashuvchi, 80 000 odamni tog‘larda tosh yo‘nuvchi+ etib, 3 600 kishini esa ularning ishini nazorat qilishlari uchun tayinladi+.

Izohlar

Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.
Yuqori sifatli buyumlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan qimmatbaho yog‘och.
Yoki «Lubnondan».
Bir kor=220 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.