Solnomalar ikkinchi kitob 20:1-37

  • Qo‘shni xalqlar Yahudoga qarshi chiqadi (1-4)

  • Yohushafat Xudodan yordam so‘raydi (5-13)

  • Yahovaning javobi (14-19)

  • Yahudo mo‘jizaviy tarzda qutqariladi (20-30)

  • Yohushafat boshqaruvining yakuni (31-37)

20  Bundan so‘ng mo‘abliklar+, ommonliklar+ va ommonimlarning* ayrimlari birgalashib Yohushafatga qarshi urush qilishga kelishdi.  Yohushafatga: «Dengiz* tomondan, Edomdan+, sizga qarshi buyuk olomon kelmoqda. Ular hozir Xazazon-Tamarda, ya’ni En-Gedida+»,— degan xabar keldi.  Yohushafat qo‘rqib ketdi va Yahovani izlashga qat’iy qaror qildi+. U butun Yahudoda ro‘za e’lon qildi.  Yahudo xalqi Yahovadan madad so‘rash niyatida birga yig‘ildi+. Ular Yahovadan yo‘l-yo‘riq so‘rash uchun, Yahudoning barcha shaharlaridan kelishdi.  Keyin Yohushafat Yahovaning uyidagi yangi hovlida, Yahudo va Quddus jamoati oldida turib,  dedi: «Ey, ota-bobolarimiz Xudosi Yahova! Sen samodagi yagona Allohsan!+ Xalqlarning barcha shohliklari ustidan Sen boshqarasan+. Kuch-qudrat ham Sening qo‘lingda. Senga hech kim qarshi tura olmaydi!+  Ey Tangrimiz, axir Sen bu yurt aholisini Isroil xalqing oldidan haydab, yurtni do‘sting Ibrohim zurriyotiga* abadiy mulk qilib berding-ku!+  Ular u yerga joylashib, ismingga atab ma’bad qurishdi+ va shunday deyishdi:  “Bordi-yu, biz biror bir falokatga — qilich, hukm, o‘lat yoki ocharchilikka duch kelsak, bu uy oldida, Sening huzuringda turib (chunki bu uy Sening ismingga atalgan)+, azob chekkanimizda Sendan yordam so‘rab iltijo qilsak, bizni eshitib, qutqargin”+. 10  Endi ommonliklar, mo‘abliklar va Seir+ tog‘li hududida yashovchilarning ishiga qara. Isroilliklar Misr yurtidan chiqqach, Sen O‘z xalqingga ularning yerlarini bosib olishga yo‘l qo‘ymagan eding. Isroilliklar o‘sha yurtlarni aylanib o‘tib, ularni yo‘q qilishmagan edi+. 11  Endi esa, ular yaxshilikka yomonlik qaytarib, Sen bizga meros sifatida bergan yurtdan bizni haydab yuborishmoqchi+. 12  Ey Tangrimiz, Sen ularni jazoga tortmaysanmi?+ Axir, ustimizga bostirib kelayotgan bu ulkan olomon oldida kuchsizmiz-ku! Nima qilishni bilmaymiz+, ko‘zlarimizni Senga tikib turibmiz»+. 13  Bu paytda, butun Yahudo erkaklari o‘z xotinlari va bola-chaqalari bilan Yahovaning oldida turar edi. 14  Shunda jamoat orasida turgan Osif naslidan bo‘lgan levi Yaxaziyolga Yahovaning ruhi tushdi. U Zakariyoning, Zakariyo Binayoning, Binayo Yaviyolning, Yaviyol Mattaniyoning o‘g‘li edi. 15  U quyidagicha dedi: «Ey, shoh Yohushafat, Yahudo va Quddus xalqi, quloq solinglar! Yahova shunday demoqda: “Bu ulkan olomondan qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar. Zero, bu jang sizniki emas, Xudonikidir!+ 16  Ertaga ularga qarshi chiqinglar. Ular Ziz dovoni orqali kelishadi. Sizlar Yarubol sahrosi yonida, vodiyning chetida ularga duch kelasizlar. 17  Bu urushda sizlar jang qilmaysizlar. O‘z o‘rningizni egallab, tik turing+ va Yahova sizlarni qanday xalos etishini kuzating+. Ey, Yahudo va Quddus, qo‘rqmanglar, hecham dahshatga tushmanglar+. Ertaga ularga qarshi chiqinglar, Yahova sizlar bilan bo‘ladi!”+» 18  Yohushafat shu zahoti yergacha egilib ta’zim qildi, butun Yahudo va Quddus aholisi ham Yahova oldida yuztuban tiz cho‘kib, Yahovaga sajda qilishdi. 19  So‘ng Qohot+ va Ko‘rax avlodlaridan bo‘lgan levilar o‘rinlaridan turib, baland ovozda Isroil Xudosi Yahovaga hamd-u sanolar aytishdi+. 20  Ertasiga ular barvaqt turib, Taxuva+ sahrosiga yo‘l olishdi. Ular ketishayotganda, Yohushafat ularning oldida turib: «Ey, Yahudo va Quddus aholisi, menga quloq soling! Tangringiz Yahovaga ishoning, shunda bardam bo‘la olasiz! Uning payg‘ambarlariga ishoning+, shunda muvaffaqiyatga erishasiz!» — dedi. 21  Yohushafat xalq bilan maslahatlashgach, muqaddas liboslarda Yahovaga atab qo‘shiq kuylaydigan odamlar tayinladi+. Ular qurollangan askarlar oldiga tushib: «Yahovaga shukrona ayting! Zero, Uning mehr-sadoqati abadiy bor bo‘ladi!»+ — deya Xudoga hamd-u sano aytishardi. 22  Ular quvonch ila madhlar kuylay boshlaganda, Yahova Yahudo yurtini bosib olmoqchi bo‘lgan ommonliklar, mo‘abliklar hamda Seir tog‘li hududida yashovchilarga qarshi pistirma qo‘ydi va ular bir-birini qira boshlashdi+. 23  Ommonliklar bilan mo‘abliklar Seir+ tog‘li hududida yashovchilarga hujum qilib, ularni qirib tashlashdi. Seir aholisini yo‘q qilgach, bir-birlarini o‘ldirishdi+. 24  Yahudoliklar sahrodagi+ qo‘riqchi minorasiga kelib, dushman tomonga qarashdi va ularning hammasi yerda o‘lib yotganini ko‘rishdi+. Hech biri omon qolmagan edi. 25  Keyin Yohushafat va uning xalqi o‘ljani qo‘lga kiritish uchun borishdi va anchagina mol-mulk, kiyim-kechak hamda qimmatbaho buyumlar topishdi. Ular o‘zlariga shuncha ko‘p narsa olishdiki, hatto ko‘tarib ketishga kuchlari yetmadi+. O‘lja juda ko‘pligidan, uni uch kun tashishdi. 26  To‘rtinchi kuni ular Baraka vodiysida yig‘ilishdi va Yahovaga madhlar aytishdi. Mana shu sababli, u joyni Baraka vodiysi+ deb atashdi va u bugungi kunga qadar shunday nomlanadi. 27  Bundan keyin, butun Yahudo va Quddus aholisi Yohushafat boshchiligida, Yahova ularning dushmanlari ustidan g‘alaba bergani uchun Quddusga xursand bo‘lib qaytishdi+. 28  Ular torli asboblar, arfalar+ va karnaylar+ sadosi ostida Quddusga, Yahovaning uyiga+ kelishdi. 29  Yahova Isroilning dushmanlariga qarshi jang qilgani haqida eshitib, Allohdan kelgan qo‘rquv barcha shohliklarni qamrab oldi+. 30  Shu yo‘sin, Yohushafatning shohligida tinchlik-osoyishtalik hukm surdi va uning Xudosi har tomondan unga tinchlik berdi+. 31  Yohushafat Yahudoda hukmronlik qilishda davom etdi. U 35 yoshda taxtga o‘tirib, Quddusda 25 yil shohlik qildi. Onasining ismi Ozibax bo‘lib, u Shilxining qizi edi+. 32  Yohushafat otasi Osoning+ yo‘lidan og‘may yurib, Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qildi+. 33  Biroq tepaliklar yo‘q qilinmagan edi+. Xalq ota-bobolarining Xudosini izlash uchun hamon qalbini tayyorlamagan edi+. 34  Yohushafatning hayoti Xonin+ o‘g‘li Yohuning+ yozuvlarida boshdan oxirigacha keltirilgan. Bu yozuvlar Isroil shohlari haqidagi kitobda bayon etilgan. 35  Bundan so‘ng, Yahudo shohi Yohushafat yomon ishlarga qo‘l urgan Isroil shohi Oxaziyo+ bilan ittifoq tuzdi. 36  Yohushafat u bilan birlashib, Tarshishga+ boradigan kemalar qurdi. Ular kemalarni Ezyo‘n-Geberda+ qurishdi. 37  Ammo morisholik Do‘davahu o‘g‘li Eliazar Yohushafatga qarshi bashorat qilib: «Oxaziyo bilan ittifoq tuzganingiz uchun, Yahova ishlaringizni barbod qiladi»+,— dedi. Shunday qilib, kemalar halokatga uchrab+, Tarshishga bora olmadi.

Izohlar

Boshqa variant «Mavun xalqidan».
Ehtimol, O‘lik dengiz.
So‘zma-so‘z «urug‘iga».