Solnomalar ikkinchi kitob 23:1-21

  • Yohayido ishga kirishadi. Yo‘sh shoh etib tayinlanadi (1-11)

  • Otaliyo o‘ldiriladi (12-15)

  • Yohayidoning islohotlari (16-21)

23  Yettinchi yili ruhoniy Yohayido jasorat ila harakat qilib, yuzboshilar+, ya’ni Yeroxam o‘g‘li Ozariyo, Yohuxanon o‘g‘li Ismoil, Obid o‘g‘li Ozariyo, Odayo o‘g‘li Masiyo hamda Zixri o‘g‘li Elishafat bilan bitim tuzdi.  Ular Yahudo yurti bo‘ylab, Yahudoning barcha shaharlaridagi levilarni+ hamda Isroilning xonadonlar boshlarini yig‘ishdi. Ular Quddusga kelgach,  butun jamoat Allohning uyida shoh bilan ahd qilishdi+. So‘ng Yohayido ularga quyidagilarni aytdi: «Endi, Yahova Dovudning o‘g‘illariga tegishli bergan va’dasiga binoan shohning o‘g‘li hukmronlik qiladi+.  Sizlar mana bunday qilinglar: Ruhoniylar bilan levilar uch qismga bo‘linsin, Shabbat kuni navbatchi+ bo‘ladigan birinchi qism darvozabonlik+ qilsin.  Ikkinchi qism shoh saroyi+, uchinchi qism Asos darvozasi yonida tursin. Butun xalq esa Yahova uyining hovlilarida bo‘lsin+.  Xizmat qilayotgan ruhoniylar va levilardan bo‘lak hech kim Yahovaning uyiga kiritilmasin+. Ular muqaddas xizmatni ado etishga ajratilgani uchun kirishlari mumkin. Butun xalq bo‘lsa, Yahovaning oldidagi vazifasini bajarsin.  Levilar qo‘llariga qurol olib, shohning atrofini o‘rab olsin. Uyga kirmoqchi bo‘lgan har kim o‘ldirilsin. Shoh qayerga bormasin, uning yonida bo‘linglar».  Levilar va butun Yahudo ruhoniy Yohayido buyurganiday qilishdi. Ular Shabbat kuni navbatchi bo‘lgan va navbatchilikni tugatgan odamlarini olib kelishdi+. Sababi, ruhoniy Yohayido guruhlarni+ navbatchilikdan qo‘yib yubormagan edi.  Yohayido haq Xudoning uyida turgan+ shoh Dovudga tegishli nayza, kichik va dumaloq qalqonlarni+ yuzboshilarga+ berdi. 10  So‘ngra u qo‘liga qurol ushlagan har bir odamni joy-joyiga turg‘izdi. Ular uyning o‘ng tomonidan chap tomonigacha, qurbongoh bilan uyning yonida, shohning atrofida saf tortishdi. 11  Keyin ular shahzodani+ olib chiqib, boshiga toj kiydirishdi-da, Tavrot Kitobini+ uning boshiga qo‘yishdi. Shu tariqa, Yohayido bilan o‘g‘illari uni shoh etib moylashdi. So‘ng: «Shoh hazratlarining umrlari uzoq bo‘lsin!»+ — deyishdi. 12  Otaliyo yugurayotgan odamlarning shovqinini va shohga shon-sharaflar aytishayotganini eshitishi bilanoq, Yahovaning uyidagi xalq oldiga keldi+. 13  U, shoh kiraverishda ustun oldida turganini ko‘rdi. Beklar+ bilan karnaychilar shohning yonida edi. Butun yurt aholisi esa quvonar+ va karnay chalardi. Qo‘shiqchilar musiqa asboblari jo‘rligida bayramda yetakchilik qilardi. Buni ko‘rgan Otaliyo egnidagi kiyimini yirtib: «Xoinlik! Xoinlik!» — deb baqirdi. 14  Lekin ruhoniy Yohayido qo‘shin ustidan tayinlangan yuzboshilarga: «Uni orangizdan olib chiqinglar! Kim uning ortidan ergashsa, qilichdan o‘tkazinglar!» — dedi. So‘ng davom etib: «Uni Yahovaning uyida o‘ldirmanglar»,— deb buyurdi. 15  Ular Otaliyoni ushlab, shoh saroyining Ot darvozasi yoniga olib kelishdi va o‘sha yerda uni o‘ldirishdi. 16  Keyin Yohayido, ular bundan buyon ham Yahovaning xalqi bo‘lib qolishi uchun, o‘zi, shoh va xalq o‘rtasida ahd qildi+. 17  Bundan so‘ng butun aholi Baal ibodatxonasiga kirib, uni yakson qildi+. Uning qurbongohlarini vayron qildi-da, tasvirlarini parchalab tashladi+. Baal ruhoniysi Mattanni esa qurbongohlar oldida o‘ldirdi+. 18  Yohayido Yahovaning uyini nazorat qilishni ruhoniylar va levilar qo‘liga topshirdi. Dovud Musoning Tavrot kitobida yozilganiga binoan+, Yahovaga kuydiriladigan qurbonliklar keltirish uchun Yahovaning uyida guruhlar tayinlagan edi+. Dovudning yo‘l-yo‘rig‘iga ko‘ra, ular shod-xurramlik ila qo‘shiqlar kuylashlari kerak edi. 19  Yohayido shuningdek, qaysidir sababga ko‘ra nopok bo‘lib qolgan kishi Yahovaning uyiga kirmasligi uchun darvozabonlar qo‘ydi+. 20  So‘ngra u shohni Yahovaning uyidan kuzatib borishlari uchun yuzboshilarni+, asilzodalarni, xalq boshqaruvchilarini hamda butun yurt aholisini yig‘di. Ular yuqori darvoza orqali shoh saroyiga kelishdi va shohni taxtga+ o‘tqazishdi+. 21  Butun yurt aholisi shod-xurram bo‘ldi, shaharda esa tinchlik o‘rnatildi. Chunki ular Otaliyoni qilichdan o‘tkazishdi.

Izohlar