Solnomalar ikkinchi kitob 27:1-9

  • Yahudo shohi Yo‘tom (1-9)

27  Yo‘tom+ shoh bo‘lganida 25 yoshda edi va Quddusda 16 yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Yerusha bo‘lib, Zodo‘xning qizi edi+.  U otasi Uzziyo kabi Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilishda davom etdi+. Biroq Yahovaning ma’badiga kirmadi+. Xalq esa hamon jirkanch ishlar qilardi.  Yo‘tom Tangri Yahova uyining yuqori darvozasini qurdi+ va Ofel devori+ ustida ko‘pgina qurilish ishlarini olib bordi.  Bundan tashqari, u Yahudo tog‘li hududida+ shaharlar+, o‘rmonzorlarda esa minoralaru+ qal’alar qurdi+.  Yo‘tom ommonliklar+ shohi bilan jang qilib, oxiri g‘alaba qozondi. Ommonliklar unga o‘sha yili 100 talant* kumush, 10 000 kor* bug‘doy va 10 000 kor arpa berishdi. Ular ikkinchi va uchinchi yili ham xuddi shunday yo‘l tutishdi+.  Yo‘tom Tangri Yahovaning yo‘llaridan yurishga qat’iy qaror qilgani uchun, tobora kuchayib bordi.  Yo‘tomning hayoti, olib borgan janglari-yu yurgan yo‘llari Yahudo va Isroil shohlari haqidagi kitobda bayon etilgan+.  Yo‘tom shoh bo‘lganida 25 yoshda edi va Quddusda 16 yil hukmronlik qildi+.  U olamdan o‘tib, ota-bobolariga qo‘shildi va Dovud shahrida+ dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Oxoz shoh bo‘ldi+.

Izohlar

Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Bir kor=220 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.