Solnomalar ikkinchi kitob 28:1-27

  • Yahudo shohi Oxoz (1-4)

  • Suriya bilan Isroil Oxozni mag‘lub etadi (5-8)

  • Odod Isroilni ogohlantiradi (9-15)

  • Yahudo bo‘ysundiriladi (16-19)

  • Oxozning butparastligi va o‘limi (20-27)

28  Oxoz+ 20 yoshida taxtga o‘tirdi va Quddusda 16 yil hukmronlik qildi. U bobosi Dovuddan farqli ravishda, Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilmadi+.  U Isroil shohlari yo‘lidan yurdi+ va hatto Baallarga atab quyma butlar* yasadi+.  Bundan tashqari, Oxoz Yahova isroilliklar oldidan haydab yuborgan xalqlarning jirkanch ishlariga ergashib+, Hinnom o‘g‘lining vodiysida* qurbonlik kuydirib tutatdi va o‘z o‘g‘illarini olovda kuydirdi+.  Shuningdek, tepaliklarda+, qir boshlarida, har bir sershox daraxt+ tagida qurbonliklar keltirib, ularni kuydirib tutatdi.  Shuning uchun Tangrisi Yahova uni Suriya+ shohining qo‘liga topshirdi. Suriyaliklar g‘alaba qozonib, ko‘pchilikni Damashqga+ asir qilib olib ketishdi. Alloh uni Isroil shohining qo‘liga ham topshirdi. Isroil shohi Oxozga va xalqiga katta qirg‘in keltirdi.  Ramaliyoning o‘g‘li Pekax+ bir kunning o‘zida Yahudoda 120 000 dovyurak askarni o‘ldirdi, boisi ular ota-bobolarining Xudosi Yahovani tark etishgan edi+.  Efrayimlik jangchi Zixri shohning o‘g‘li Masiyoni, saroy boshqaruvchisi Ozrikomni va shohdan keyin turadigan Elqanani o‘ldirdi.  Qolaversa, isroilliklar yahudiy aka-ukalarini, ularning xotinlari-yu o‘g‘il-qizlarini, jami 200 000 odamni asir qilib, g‘oyat ko‘p o‘lja bilan birga Samariyaga+ olib ketishdi.  Ammo o‘sha yerda Yahovaning Odod ismli payg‘ambari bor edi. U Samariyadan qaytib kelgan qo‘shin qarshisiga chiqib, shunday dedi: «Ota-bobolaringiz Xudosi Yahovaning Yahudo xalqiga qahri kelgani uchun, ularni qo‘lingizga topshirdi+. Sizlar esa g‘azab o‘tida ularni shafqatsizlarcha qirib tashladingiz. Bu, hatto Xudoning qulog‘iga yetib bordi! 10  Endi, Yahudo bilan Quddus aholisini o‘zingizga qul-u cho‘ri qilib olmoqchisizlar+. Nima, Tangringiz Yahova oldida aybingiz yo‘q deb o‘ylaysizmi?! 11  Gapimga quloq solinglar! Asir qilib olgan aka-ukalaringizni qaytarib yuboringlar. Chunki sizlarga qarshi Yahovaning g‘azabi qaynayapti». 12  O‘sha payt Yohuxanon o‘g‘li Ozariyo, Mashillamo‘t o‘g‘li Barxiyo, Shallum o‘g‘li Yoxizqiyo, Hadlay o‘g‘li Emosa ismli efrayimlik boshchilar harbiy yurishdan qaytayotganlar qarshisiga chiqib, 13  shunday deyishdi: «Asirlarni bu yerga olib kelmanglar, aks holda, Yahovaning oldida aybdor bo‘lamiz. Nima, gunoh va aybimizni orttirmoqchimisizlar?! O‘zi shundoq ham og‘ir gunohga botganmiz. Buning ustiga Isroilga qarshi Xudoning g‘azabi qaynayapti». 14  Shunda qurollangan askarlar asirlarni va o‘ljani+ beklarga hamda butun jamoatga topshirishdi. 15  Tayinlangan kishilar o‘rinlaridan turishdi-da, asirlarni olib, yalang‘och bo‘lganlariga o‘lja orasidan kiyim-kechak va oyoqlariga sandal berishdi. Ularga shuningdek, oziq-ovqat, ichimlik va tanalari uchun moy berishdi. Nimjonlarini esa eshaklarga o‘tqazib, palma daraxtlari o‘sadigan shaharga, Yerixoga aka-ukalari yoniga olib borishdi. Bundan so‘ng o‘zlari Samariyaga qaytishdi. 16  Shu kezda, shoh Oxoz Ossuriya shohlaridan yordam so‘radi+. 17  Edomliklar yana kelib, Yahudoga hujum qilishdi va odamlarni asir qilib olib ketishdi. 18  Filistimliklar+ esa Yahudodagi Shefela+ va Nagav shaharlariga hujum qilishdi. Ular Bayt-Shamash+, Oyjavlon+, Gadero‘t, So‘xo‘ va ularga qarashli* shaharchalar, Timnax+ va unga qarashli shaharchalar, Gimzo va unga qarashli shaharchalarni bosib olib, o‘sha yerlarda yashay boshlashdi. 19  Yahova Isroil shohi Oxoz orqali Yahudoni bo‘ysundirdi. Sababi, Oxoz Yahovaga bevafolik qilgan edi va uning dastidan Yahudo buzilib ketgandi. 20  Keyinchalik Ossuriya shohi Tiglatpalasar*+ uning oldiga kelib, uni qo‘llab-quvvatlashning o‘rniga, boshiga kulfat yog‘dirdi+. 21  Oxoz Yahovaning uyi, shoh saroyi+ va beklar uylarini talon-toroj qilib, hammasini Ossuriya shohiga tuhfa etdi. Lekin bu unga hech qanday foyda keltirmadi. 22  Boshiga kulfat tushgan paytda shoh Oxoz Yahovaga battar bevafolik qildi. 23  Oxoz, uni mag‘lub etgan+ Damashq xudolariga qurbonlik keltira boshladi+. U: «Suriya shohlarining xudolari ularga yordam beryapti. Men ham ularga qurbonlik keltiraman, toki ular menga ham ko‘maklashsin»+,— dedi. Biroq ular shohga va butun Isroilga halokat keltirishdi. 24  Oxoz haq Xudoning uyidagi anjomlarni yig‘ib, sindirib tashladi+. U Yahova uyining eshiklarini yopib+, Quddusning har bir burchagida o‘zi uchun qurbongohlar barpo etdi. 25  Bundan tashqari, Yahudoning hamma shaharlarida boshqa xudolarga atab qurbonlik kuydirib tutatish uchun tepaliklar bunyod etdi+ va shu tariqa, ota-bobolarining Tangrisi Yahovani ranjitdi. 26  Oxozning hayoti, qilgan barcha ishlari Yahudo va Isroil shohlari haqidagi kitobda boshdan oxirigacha bayon etilgan+. 27  U vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va Quddus shahrida dafn etildi. Ammo Isroil shohlari dafn etiladigan joyga qo‘yilmadi+. Uning o‘rniga o‘g‘li Hizqiyo shoh bo‘ldi.

Izohlar

Yoki «metall haykallar».
Lug‘atdagi «jahannam» so‘ziga q.
Yoki «ularning atrofidagi».
Yoki «Tilgatpilnasar».