Solnomalar ikkinchi kitob 29:1-36

  • Yahudo shohi Hizqiyo (1, 2)

  • Hizqiyoning islohotlari (3-11)

  • Ma’bad tozalanadi (12-19)

  • Ma’baddagi xizmat tiklanadi (20-36)

29  Hizqiyo+ 25 yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda 29 yil hukm surdi. Onasining ismi Abiyo bo‘lib, Zakariyoning qizi edi+.  Hizqiyo bobosi Dovud singari+ Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qildi+.  Hukmronligining birinchi yili birinchi oyida u Yahova uyining eshiklarini ochib, ularni tuzatdi+.  So‘ng u ruhoniylar-u levilarni chaqirtirib, sharq tomondagi maydonda ularni yig‘di.  Hizqiyo ularga shunday dedi: «Ey levilar, menga quloq soling! O‘zingizni poklab*+, ota-bobolaringiz Tangrisi Yahovaning uyini muqaddas qiling. Muqaddas joydan nopok narsalarni chiqarib tashlang!+  Otalarimiz bevafo bo‘lib, Allohimiz Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishdi+. Ular Yahovani tark etib, Uning muqaddas chodiriga hurmatsizlik ko‘rsatishdi va Undan yuz o‘girishdi+.  Ular ma’bad dahlizining eshiklarini yopib+, moychiroqlarni o‘chirishdi+. Shuningdek, tutatqi tutatmay qo‘yishdi+ va Isroil Xudosiga atab muqaddas joyda kuydiriladigan qurbonliklar keltirmaydigan bo‘lishdi+.  Shuning uchun Yahudo va Quddusga Yahovaning qahri kelib+, ular masxara bo‘lishiga U yo‘l qo‘ydi. Ularni ko‘rganlar hayratdan yoqa ushlab, hushtak chalishdi. Siz buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz+.  Ota-bobolarimiz qilichdan halok bo‘lishdi+. Xotinlarimiz-u o‘g‘il-qizlarimiz asir qilib olib ketildi+. 10  Endi esa, Isroil Tangrisi Yahovaning bizga nisbatan otashin g‘azabi bosilishi uchun, U bilan ahd qilishni ko‘nglimda niyat etdim+. 11  Ey xalqim, hozir qo‘l qovushtirib o‘tirishning payti emas! Boisi, Yahova sizlarni Uning oldida turib, xizmat qilish+ va qurbonlik kuydirib tutatish uchun tanladi»+. 12  Mana bu levilar ishga kirishdi: Qohot avlodidan+ Emosay o‘g‘li Maxat va Ozariyo o‘g‘li Yo‘el, Marori avlodidan+ Abdi o‘g‘li Kish va Yoxalil o‘g‘li Ozariyo, Gershon avlodidan+ Zimmo o‘g‘li Yo‘x va Yo‘x o‘g‘li Eden. 13  Elizofon o‘g‘illaridan Shimri va Yoval, Osif+ o‘g‘illaridan Zakariyo va Mattaniyo. 14  Xaman+ o‘g‘illaridan Yoxiyol va Shimey, Yodutun+ o‘g‘illaridan Shamayo va Uziyol. 15  Ular o‘z aka-ukalarini yig‘ib, o‘zlarini poklashdi va Yahova aytganiday, shoh Hizqiyoning buyrug‘i bilan Yahovaning uyini tozalashdi+. 16  Ruhoniylar Yahovaning uyini tozalash uchun ichkariga kirishdi va Yahovaning ma’badida topilgan barcha nopok narsalarni Yahova uyining hovlisiga+ chiqarib qo‘yishdi. Levilar esa ularni ko‘tarib, Qidron vodiysiga olib borib tashlashdi+. 17  Shu yo‘sin, ular birinchi oyning birinchi kuni ma’badni tozalashni boshlashdi. Sakkizinchi kuni navbat Yahova uyining dahliziga+ keldi. Ular Yahovaning uyini sakkiz kun davomida tozalab, ishlarini birinchi oyning 16- kuni tugatishdi. 18  So‘ngra ular shoh Hizqiyoning oldiga borib, shunday deyishdi: «Biz Yahovaning butun uyini, kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongoh+ bilan hamma anjomlarini+, taxlam nonlar* qo‘yiladigan stol+ bilan barcha anjomlarini tozalab chiqdik. 19  Shuningdek, shoh Oxoz hukmronligi mobaynida bevafolik qilgan paytlarda+ chiqarib tashlagan barcha jihozlarni tayyorlab, muqaddas qildik+. Hozir ular Yahovaning qurbongohi oldida turibdi». 20  Shoh Hizqiyo ertalab turib, shahar beklarini yig‘di va ular Yahovaning uyiga birgalikda ketishdi. 21  Ular shohlik, muqaddas maskan hamda Yahudo xalqi uchun yettita buqa, yettita qo‘chqor, yettita erkak qo‘zi va yettita takani gunoh qurbonligi sifatida olib kelishdi+. U Horun avlodlaridan bo‘lgan ruhoniylarga bu hayvonlarni Yahovaning qurbongohida qurbonlikka keltirishni buyurdi. 22  So‘ng ular qoramolni so‘yishdi+. Ruhoniylar qondan olib qurbongohga sachratishdi+, keyin qo‘chqorlarni so‘yib, qonini qurbongohga sachratishdi. Erkak qo‘zilarni ham so‘yib, qonini qurbongohga sachratishdi. 23  Bundan keyin, gunoh qurbonligi sifatida keltiriladigan takalarni shoh va jamoat qarshisiga olib kelib, qo‘llarini ularning ustiga qo‘yishdi. 24  Ruhoniylar ularni so‘yishdi va gunoh qurbonligi sifatida keltirishdi. Butun Isroilni gunohdan forig‘ qilish uchun, ularning qonini qurbongohga to‘kishdi. Chunki shoh, butun Isroil uchun kuydiriladigan qurbonlikni va gunoh qurbonligini keltirishni buyurgan edi. 25  Shu kezda, levilar shohning buyrug‘i bilan Yahovaning uyi oldida zillar, torli asboblar va arfalar+ ushlab turishgan edi. Dovud, shohga vahiylar aytib beruvchi Gad+ va Natan+ payg‘ambar tomonidan o‘rnatilgan tartib shunday edi+. Chunki Yahova O‘z payg‘ambarlari orqali bu tartibni o‘rnatgan edi. 26  Levilar Dovudning musiqa asboblarini, ruhoniylar esa karnaylar ushlab turishgan edi+. 27  Keyin Hizqiyo qurbongohda kuydiriladigan qurbonlik keltirishni buyurdi+. Kuydiriladigan qurbonlik keltirishni boshlashganda, Yahovaga qo‘shiq kuylashni va Isroil shohi Dovudning musiqa asboblari jo‘rligida karnaylar chalishni boshlashdi. 28  Kuydiriladigan qurbonlik keltirilib bo‘lmaguncha, qo‘shiq kuylanib, karnay chalinib turdi va butun jamoat ta’zim qilib turdi. 29  Qurbonlik keltirish tugashi bilanoq, shoh va uning yonidagi barcha tiz cho‘kib, yergacha egilib ta’zim qildi. 30  Shoh Hizqiyo va beklar levilarga Dovudning+ hamda vahiylar aytib beruvchi Osifning+ sanolari bilan Yahovaga madhlar aytishni buyurishdi. Shunda levilar quvonch ila hamd-u sanolar aytib, tiz cho‘kishdi va yergacha egilib ta’zim qilishdi. 31  So‘ng Hizqiyo: «Endi sizlar Yahova uchun ajratib olingansizlar. Yahovaning uyiga kelib, shukrona qurbonliklari va boshqa qurbonliklar keltiringlar»,— dedi. Shunday qilib, jamoat shukrona qurbonliklari va boshqa qurbonliklar olib kela boshladi va har bir kishi ixtiyoriy ravishda kuydiriladigan qurbonliklar olib keldi+. 32  Jamoat kuydiriladigan qurbonliklar uchun 70 ta qoramol, 100 ta qo‘chqor va 200 ta erkak qo‘zini Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonlik sifatida olib keldi+. 33  Boshqa muqaddas nazrlar sifatida 600 ta qoramol va 3 000 ta qo‘y olib keldi. 34  Biroq kuydiriladigan qurbonliklar terisini shilib olishga ruhoniylar kamlik qildi. Shu bois, ish tugamaguncha va ruhoniylar o‘zlarini poklamagunlariga qadar+, ularga aka-ukalari bo‘lmish levilar yordam berib turishdi+. Chunki ruhoniylarga qaraganda, levilar o‘zlarini poklashga vijdonan yondashishar edi. 35  Qolaversa, kuydiriladigan qurbonliklar+, tinchlik qurbonliklarining yog‘li joylari+ hamda kuydiriladigan qurbonliklar bilan keltiriladigan ichimlik nazrlari+ juda ko‘p edi. Shu tariqa, Yahovaning uyidagi xizmat tiklandi. 36  Hizqiyo va butun xalq Alloh ular uchun qilgan ishlaridan shodlanishdi+, chunki bularning bari kutilmaganda sodir bo‘ldi.

Izohlar

Yoki «muqaddas qilib».
Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.