Solnomalar ikkinchi kitob 6:1-42

  • Sulaymonning xalqga murojaati (1-11)

  • Ma’bad ochilishida Sulaymonning ibodati (12-42)

6  O‘sha payt Sulaymon: «Ey, Yahova! Sen qora bulut ichra maskan qilishingni aytgansan+.  Men Sen uchun hashamatli bir uy, Sen abadiy yashaydigan makon bunyod etdim»+,— dedi.  So‘ng shoh xalq tomonga o‘girildi va tik turgan butun Isroil jamoatini duo qildi+.  U shunday dedi: «Isroil Xudosi Yahovaga madhlar bo‘lsin! Zero, U otam Dovudga O‘z og‘zi bilan va’da berib, uni O‘z qo‘llari bilan bajardi.  U: “Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kundan buyon ismim ulug‘lansin deb uy qurilishi uchun Isroilning biron-bir qabilasidagi shaharni tanlamadim+. Xalqim Isroil ustidan rahbar ham qo‘ymadim.  Endi bo‘lsa, ismim shu yerda ulug‘lansin deya Quddusni+ tanladim. Isroil xalqimni boshqarish uchun Dovudni tayinladim”+,— degan edi.  Otam Dovud Isroil xalqi Tangrisi Yahovaning ismiga atab uy bunyod etishni ko‘nglida niyat qilgan edi+.  Biroq Yahova otam Dovudga: “Ismimga atab uy qurishni dilingga tugib qo‘ygan ekansan, bu juda soz.  Ammo sen bu uyni bunyod etmaysan. Pushti kamaringdan bo‘lgan o‘g‘ling Mening ismimga atab uy quradi”+,— deb aytgan edi. 10  Yahova O‘z so‘zida turdi. Yahova va’da berganiday+, men otam Dovudning o‘rniga Isroil taxtiga o‘tirdim+ va Isroil Xudosi Yahovaning ismiga atab uy barpo etdim. 11  U yerga, Yahovaning Isroil xalqi bilan qilgan ahdi yozilgan ikkita tosh lavha solingan ahd sandig‘ini qo‘ydim»+. 12  Keyin Sulaymon butun Isroil jamoati ko‘z o‘ngida Yahovaning qurbongohi qarshisida turib, qo‘llarini ko‘kka ko‘tardi+. 13  (Sulaymon misdan supa yasab, uni hovlining+ o‘rtasiga qo‘ygan edi. Uning uzunligi besh tirsak*, eni besh tirsak, balandligi uch tirsak edi. Shoh shu supa ustida turardi.) U butun Isroil jamoati oldida tiz cho‘kib, qo‘llarini ko‘kka ko‘tardi+. 14  Sulaymon shunday dedi: «Ey, Isroil Tangrisi Yahova! Yer-u osmonda Senga o‘xshash Xudo yo‘q. Sen ahdingga sodiqsan, Senga butun qalbi bilan xizmat qilayotganlarga mehr-sadoqat ko‘rsatasan+. 15  Sen O‘z xizmatkoring, otam Dovudga bergan va’dangga+ vafo qilding. O‘z og‘zing bilan va’da qilganingni bugun O‘z qo‘ling bilan bajarding+. 16  Endi, ey, Isroil Xudosi Yahova! Xizmatkoring, otam Dovudga bergan va’dangda tur. Sen: “Agar o‘g‘illaring Mening oldimda sen kabi qonunimga amal qilib, o‘z yo‘liga diqqatli bo‘lib yursa, nasling toabad Isroil taxtida o‘tiradi”+,— degan eding. 17  Ey, Isroil Xudosi Yahova, xizmatkoring Dovudga bergan va’dang amalga oshsin! 18  Alloh odamlar bilan yerda yasharmidi?!+ Ey Xudovand, osmon, ha, bepoyon samo Seni sig‘dira olmasa+, men bunyod etgan uy nima bo‘libdi?!+ 19  Yo Tangrim Yahova! Xizmatkoring ibodatiga, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab yolvorganiga quloq tut. Xizmatkoring oldingda turib qilayotgan iltijosini tingla. 20  “Mening ismim u yerda bo‘ladi”,— degan so‘zlaringga binoan, ko‘zlaring tun-u kun mana shu uyga qaratilgan bo‘lsin+. Xizmatkoring bu joyga yuz burib qilgan ibodatini eshit. 21  Xizmatkoring va xalqing Isroil bu joyga qarab yordam so‘rab yolvorganida+ tingla. Osmondan, makoningdan turib eshit+, quloq solib bizni kechir+. 22  Kimdir yaqiniga qarshi gunoh qilsa va qasam ichsa*, qasamini bajarishga mas’ul bo‘ladi. U qasam mas’uliyati ostida bu uyning qurbongohi oldiga kelsa+, 23  osmondan turib eshitgin va xizmatkorlaringga hukm chiqargin. Yovuz odamga qilmishiga yarasha qaytar+, odil insonni esa beayb deb e’lon qil. Yovuzning qilmishini o‘z boshiga sol, odil insonni esa odilligiga yarasha mukofotla+. 24  Isroil xalqing Senga qarshi gunoh qilgani uchun dushman tomonidan tor-mor etilganida+, yoningga qaytib, ismingni ulug‘lasa+, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab, bu uyda Senga ibodat qilsa+, 25  osmondan turib quloq sol+ va xalqing Isroil gunohini kechirib, Sen ularga va ota-bobolariga bergan yurtga qaytar+. 26  Ular Senga qarshi gunoh qilgani+ dastidan yomg‘ir yog‘dirmay+, osmonni yopib qo‘yganingda, ular bu joyga qarab ibodat qilishsa va ismingni ulug‘lashsa, Sen ularni itoat ettirganing uchun gunoh qilishni to‘xtatishsa+, 27  osmondan turib eshitgin. Xizmatkorlaring bo‘lmish xalqing Isroil gunohidan kech va ular yurishi kerak bo‘lgan to‘g‘ri yo‘l haqida ularga ta’lim berib+, xalqingga meros qilib bergan yurtingga yomg‘ir yog‘dir+. 28  Agar yurtda ocharchilik+, o‘lat+ yoki garmsel bo‘lsa, zang kasali*+, ochofat chigirtkalar galasi yopirilsa+, yurtdagi biron shaharni dushmanlar qamal qilsa+ yoki yana boshqa musibat kelsa yo kasallik paydo bo‘lsa+, 29  har qanday inson yoki xalqing Isroil (chunki har bir kishi dardi va azobini o‘zi biladi)+ bu uyga qarab+ qo‘llarini ko‘tarib ibodat qilsa+ yoki iltifot ko‘rsatishingni so‘rasa+, 30  osmondan, makoningdan+ turib quloq solgin va gunohidan o‘tgin+. Har bir odamni barcha ishlariga yarasha taqdirla, chunki qalbida nimalar kechayotganini bilasan (inson yuragida nima borligini faqat Sen bilasan)+. 31  Shunda ular Sen ota-bobolarimizga bergan yurtda butun umr yo‘llaringdan yurib, Sendan qo‘rqib yashashadi. 32  Xalqing Isroildan bo‘lmagan biron kishi Sening buyuk isming+, qudratli qo‘ling va kuchli bilaging haqida eshitib, uzoq yurtdan kelsa va bu uyga qarab ibodat qilsa+, 33  osmondan, makoningdan turib tingla va tilaklarining barini bajo keltir. Toki yer yuzidagi barcha odamlar Sening ismingni bilib+, Isroil xalqing kabi Sendan qo‘rqishsin. Men qurgan bu uy Sening isming bilan atalganini hammaga bildir. 34  Xalqingni dushmanlariga qarshi qayerga bo‘lmasin jang qilishga yuborsang+, O‘zing tanlagan bu shaharga va men ismingga atab qurgan uyga qarab+ Senga ibodat qilsa+, 35  osmondan turib ularning ibodatini, iltifot ko‘rsatishingni so‘rab qilgan yolvorishini eshit va odil hukm chiqar+. 36  Ular Senga qarshi gunoh qilishsa (chunki gunoh qilmaydigan odam yo‘q)+, Sen darg‘azab bo‘lib, ularni dushman qo‘liga topshirsang, dushmanlar esa ularni uzoq yoki yaqin yurtga asir qilib olib ketsa+, 37  ular o‘sha yurtda aql-hushlarini yig‘ib olishsa va oldingga qaytib: “Biz gunoh qildik, yomon ishga qo‘l urdik, qabihlik qildik”+,— deb iltifot ko‘rsatishingni so‘rab yolvorishsa 38  hamda asir qilib olib ketilgan yurtda+ butun qalbi va butun vujudi bilan Senga qaytib+, O‘zing ota-bobolariga bergan yurtga, Sen tanlagan shaharga va ismingga atab men qurgan uy tomonga qarab ibodat qilishsa+, 39  osmondan, makoningdan turib ularning ibodati va iltifot ko‘rsatishingni so‘rab qilgan yolvorishini eshitib, ularga odil hukm chiqar+. Xalqing Senga qarshi qilgan gunohlarini kechir. 40  Endi bo‘lsa, ey Tangrim, bu yerda ibodat qilinganda, nazar solib, eshitgin+. 41  Ey, Xudovand Yahova, endi qudrating ramzi bo‘lmish ahd sandig‘i bilan birga O‘z maskaningga+ kir. Ey, Alloh Yahova, ruhoniylaring najotni kiyimday kiyib olsin va Senga sadoqatli bo‘lganlar yaxshiliklaringdan quvonsin+. 42  Ey, Tangri Yahova, moylaganingdan yuz o‘girma+. Xizmatkoring Dovudga ko‘rsatgan mehr-sadoqatingni unutma»+.

Izohlar

Bir tirsak=44,5 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yoki «jabrlanuvchi uni qarg‘asa». Ya’ni qasam ichgan kishi soxta qasam bersa yoki uni bajarmasa, aytilgan qarg‘ish so‘zlari amalga oshadi.
Yoki «mog‘or».