Solnomalar ikkinchi kitob 7:1-22

  • Ma’bad Yahovaning ulug‘vorligiga to‘ladi (1-3)

  • Ochilish marosimi (4-10)

  • Yahova Sulaymonga zohir bo‘ladi (11-22)

7  Sulaymon ibodatini tugatishi bilanoq+, osmondan olov tushib+, kuydiriladigan qurbonligu boshqa qurbonliklarni yutib yubordi va uy Yahovaning ulug‘vorligiga to‘ldi+.  Yahovaning uyi Yahovaning ulug‘vorligiga to‘lgani bois, ruhoniylar Yahovaning uyiga kira olishmadi+.  Tosh yotqizilgan joyda turgan butun Isroil xalqi osmondan olov tushganini va Yahovaning ulug‘vorligi uy ustida turganini ko‘rib, yuztuban tiz cho‘kib ta’zim qildi-da: «U yaxshidir, Uning mehr-sadoqati abadiy bor bo‘ladi»,— deya Yahovaga shukrona aytdi.  So‘ng shoh va butun xalq Yahovaga atab qurbonliklar keltirishdi+.  Sulaymon 22 000 qoramol va 120 000 qo‘yni qurbonlikka keltirdi. Shunday qilib, shoh va butun Isroil haq Xudo uyining ochilish marosimini o‘tkazishdi+.  Ruhoniylar o‘z joylarini egallashdi. Levilar ham Yahovaga qo‘shiq kuylash uchun qo‘llariga asboblarini olib turishdi+. (Bu asboblarni shoh Dovud ular bilan* birga: «Uning mehr-sadoqati abadiy bor bo‘ladi»,— deya Yahovaga shukronalar aytganda chalish uchun yasagan edi.) Levilarning qarshisida turgan ruhoniylar karnay chalganda+, barcha isroilliklar tik turardi.  Keyin Sulaymon Yahovaga atalgan uyning old tomonidagi hovlining o‘rta qismini muqaddas qilib, u yerda kuydiriladigan qurbonliklar+ va tinchlik qurbonliklarining yog‘li joylarini keltirdi. Sababi, Sulaymon yasagan mis qurbongoh+ kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari+ va qurbonliklarning yog‘li joylarini sig‘dira olmadi+.  Sulaymon butun Isroil — Levo-Xomatdan* Misr vodiysigacha*+ bo‘lgan joylardan kelgan buyuk jamoat bilan birga yetti kun bayram qildi+.  Xalq yetti kun qurbongohni bag‘ishlash marosimini, yana yetti kun bayramni* nishonladi. Sakkizinchi kuni* esa tantanali yig‘in o‘tkazildi+. 10  Yettinchi oyning 23- kuni Sulaymon xalqni tarqatib yubordi. Ular, Yahova Dovud bilan Sulaymonga va xalqi Isroilga qilgan yaxshiliklaridan yuraklari shodlikka to‘lib, quvonib+ uylariga qaytishdi+. 11  Shu tariqa, Sulaymon Yahovaga atalgan uyni va o‘z saroyini qurib bitkazdi+. U Yahovaning uyi hamda o‘z saroyi haqida niyat qilgan hamma narsani amalga oshirdi+. 12  So‘ngra Yahova kechasi Sulaymonga zohir bo‘lib+ dedi: «Sening ibodatingni eshitdim va bu joyni qurbonlik keltiriladigan uy sifatida O‘zim uchun tanladim+. 13  Yomg‘ir yog‘masin deya osmonni bekitganimda, chigirtkalarga yurtdagi o‘simliklarni yeb bitirishni buyurganimda va xalqimga o‘lat yuborganimda, 14  Mening ismim bilan atalgan xalqim+ o‘zini past olib+, ibodat qilsa va Meni izlab, yomon yo‘llaridan voz kechsa+, ularni osmondan eshitib, gunohlarini kechiraman, yerlariga shifo beraman+. 15  Bundan buyon bu yerda ibodat qilinganda, nazar solib, eshitaman+. 16  Ismim mangu o‘rnatilishi uchun Men bu uyni tanlab, muqaddas qildim+. Ko‘zlarim va qalbim hamisha shu yerda bo‘ladi+. 17  Otang Dovud kabi sen ham oldimda yurib, Men senga buyurgan barcha narsani bajarsang, qonun-qoida va hukmlarimga bo‘ysunsang+, 18  otang Dovudga: “Nasling toabad Isroil ustidan boshqaradi”+,— deya u bilan qilgan ahdimga+ muvofiq, shohlik taxtingni mustahkamlayman+. 19  Bordi-yu, Mendan yuz o‘girib, sizlarga bergan farmon va amrlarimga rioya etmay, boshqa xudolarga xizmat qilib, ularga sajda qilsangiz+, 20  Isroil xalqini Men ularga bergan yurtdan sug‘urib tashlab+, O‘z ismim bilan muqaddas qilgan uyni ko‘z o‘ngimdan uloqtiraman. Barcha xalqlar isroilliklarni mazax qilib, ustlaridan kulishadi+. 21  Bu uy xarobaga aylanadi. Uning yonidan o‘tadigan har bir kishi hayratdan dong qotib+: “Nega Yahova bu yurtni, bu uyni bunday ko‘yga solgan ekan-a?!” — deb aytadi+. 22  Unga: “Ular ota-bobolarini Misrdan olib chiqqan+ Xudovand Yahovani tashlab+, boshqa xudolarga yuz burishgani va ularga xizmat qilishgani+ uchun bu sodir bo‘ldi. Mana shu sababli, U hamma bu falokatlarni ularning boshiga solgan”+,— deyishadi».

Izohlar

Ehtimol, levilar bilan.
Yoki «Xomatning ostonasidan».
Ya’ni Chaylalar bayrami.
Bayramning keyingi kuni, ya’ni o‘n beshinchi kun.