Solnomalar ikkinchi kitob 8:1-18

  • Sulaymonning boshqa qurilish loyihalari (1-11)

  • Ma’baddagi xizmat (12-16)

  • Sulaymonning kemalari (17, 18)

8  Sulaymon Yahovaning uyi bilan o‘z saroyini 20 yil ichida qurib bitkazdi+.  So‘ngra u Xiram+ bergan shaharlarni qayta qurib, ularga isroilliklarni joylashtirdi.  Keyin Sulaymon Xomat-Zo‘voga hujum qilib, uni bosib oldi.  Shuningdek, u sahrodagi Tadmo‘rni va Xomatdagi+ barcha ombor shaharlarni qurdi*+.  Sulaymon Yuqori Bayt-Xo‘ron+ bilan Quyi Bayt-Xo‘ronni ham barpo etdi+. Bu, devorlari, darvozalari-yu surma zulfinlari bor mustahkam shaharlar edi.  U Baalatni+, ombor shaharlarni, arava hamda otliqlar uchun mo‘ljallangan barcha shaharlarni+ qurdi. Bundan tashqari Quddusda, Livanda va boshqaruvi ostidagi butun yurtda o‘zi istagan hamma narsani bunyod etdi.  Isroil xalqi orasida amoriylar, xetiylar, pariziylar, xiviylar va yobusiylar+ yashar edi+.  Ular, isroilliklar to‘liq yo‘q qilmagan xalqlarning avlodlari edi+. Sulaymon ularni og‘ir mehnat qilishga majbur etdi va bugungi kungacha bu hol davom etyapti+.  Ammo u isroilliklarning hech birini qul qilib ishlatmadi+. Ular uning jangchilari, yordamchilarining boshchilari, shuningdek, aravakash va otliqlarining boshchilari bo‘lishdi+. 10  Shoh Sulaymonning ishlarini va xalqni boshqaradigan 250 ta bosh nazoratchisi bor edi+. 11  Sulaymon fir’avnning qizini Dovud shahridan u uchun qurgan uyga+ olib keldi+. Sulaymon: «U mening xotinim bo‘lsa-da, Isroil shohi Dovudning saroyida yashamasligi kerak. Chunki Yahovaning sandig‘i qo‘yilgan joylar muqaddasdir»+,— deb aytdi. 12  Keyin Sulaymon, ma’bad dahlizining+ qarshisidagi o‘zi qurgan Yahovaning qurbongohida+ Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklar+ keltirdi. 13  U kundalik tartib bo‘yicha yo‘l tutib, Muso buyurganiday, Shabbat kunlari+, yangi oy chiqqan+ kunlari, yiliga uch marta o‘tkaziladigan bayramlar+ — Xamirturushsiz non bayrami+, Hosil bayrami*+ va Chaylalar bayramida*+ qurbonliklar keltirdi. 14  Sulaymon otasi Dovud o‘rnatgan tartibga binoan, ruhoniylarni guruhlari bo‘yicha+ o‘z xizmatlariga qo‘ydi. Levilarni ham vazifalariga qarab, Allohga hamd-u sano aytish+ va kundalik tartib bo‘yicha ruhoniylar yonida xizmat qilishga tayinladi. Darvozabonlarni guruhlariga ko‘ra turli darvozalar oldiga qo‘ydi+. Chunki haq Xudoning odami Dovud shunday qilishni buyurgan edi. 15  Ular har qanday ishda, omborlar bilan bog‘liq masalalarda shohning ruhoniylarga va levilarga bergan amridan chetga chiqishmadi. 16  Sulaymon amalga oshirgan barcha ishlar — Yahovaning uyi poydevori yotqizilgan kundan boshlab+, to qurib bitirilguniga qadar yaxshi tashkillashtirildi. Shunday qilib, Yahovaning uyi qurib bitkazildi+. 17  So‘ng Sulaymon Edom yurtidagi+ dengiz sohilida joylashgan Elet+ va Ezyo‘n-Geberga+ ketdi. 18  Xiram+ unga o‘z xizmatchilari orqali kemalar va tajribali dengizchilarni yubordi. Ular Sulaymonning xizmatchilariga qo‘shilib, Ofirga+ yo‘l olishdi va u yerdan shoh Sulaymonga 450 talant* oltin+ keltirishdi+.

Izohlar

Yoki «qayta tikladi».
Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.