Shohlar to‘rtinchi kitob 10:1-36

  • Yohu Axab xonadonini qirib tashlaydi (1-17)

    • Yohunadov Yohuga qo‘shiladi (15-17)

  • Yohu Baalga sig‘inuvchilarni o‘ldiradi (18-27)

  • Yohu hukmronligi davrida qilgan ishlari (28-36)

10  Axabning+ Samariyada 70 nafar o‘g‘li bor edi. Yohu xatlar yozib Samariyaga, Yizril beklariga, oqsoqollarga+ va Axabning bolalari tarbiyachilariga yubordi. Xatlarning mazmuni quyidagicha edi:  «Xo‘jayiningiz farzandlari, jang aravalari, otlari, mustahkam shaharlari va qurol-aslahalari sizlarda. Ushbu xatni olganingizda,  xo‘jayiningizning eng yaxshi va munosib o‘g‘lini tanlab, uni otasining taxtiga o‘tqazinglar. Keyin xo‘jayiningiz xonadoni uchun jang qilinglar».  Ammo ularni qo‘rquv bosib: «Unga ikkita shoh bas kela olmagan bo‘lsa+, biz qanday bas kelamiz?» — deyishdi.  Shunda saroy boshqaruvchisi, shahar hokimi, oqsoqollar va tarbiyachilar Yohuga: «Biz sizning xizmatkorlaringizmiz. Bizga nima desangiz, shuni qilamiz. Hech kimni shoh etib tayinlamaymiz. Nazaringizda ma’qul ko‘ringan ishni qiling»,— degan xabar yuborishdi.  Yohu ikkinchi bor xat yozib, ularga: «Agar mening tarafimda bo‘lib, menga bo‘ysunishni istasangiz, ertaga shu vaqtda xo‘jayiningiz o‘g‘illarining boshlarini Yizrilga olib kelinglar»,— dedi. Bu paytda shohning 70 ta o‘g‘li ularni tarbiyalagan shaharning obro‘li kishilari bilan birga edi.  Ular xatni olishlari bilanoq, shohning 70 ta o‘g‘lini o‘ldirib+, boshlarini savatlarga solishdi-da, Yizrilga yuborishdi.  Yohuning oldiga xabarchi kelib: «Shoh o‘g‘illarining boshlarini olib kelishdi»,— dedi. U bo‘lsa: «Ularni shahar darvozasi yoniga ikki uyum qilinglar-da, tong otguncha o‘sha yerda qoldiringlar»,— deb aytdi.  Ertasi kuni tongda Yohu tashqariga chiqib, xalq oldida shunday dedi: «Sizlarning aybingiz yo‘q. Aslida men xo‘jayinimga qarshi fitna uyushtirib, uni o‘ldirdim+. Ammo bularning barini kim o‘ldirdi? 10  Shuni bilib qo‘yinglar: Yahovaning hech bir so‘zi — Axab xonadoniga qarshi aytgan Yahovaning so‘zlari bajarilmay qolmaydi+. Yahova xizmatchisi Ilyos orqali aytganlarini amalga oshirdi»+. 11  Bundan tashqari, Yohu Yizrilda Axab xonadonidan qolgan barchani, jumladan, obro‘li kishilarni, do‘stlarini va ruhoniylarini+ bitta qoldirmay o‘ldirdi+. 12  So‘ngra Yohu Samariyaga yo‘l oldi. Yo‘l bo‘yida qo‘ylarning junini qirqadigan cho‘ponlar uyi bor edi. 13  Yohu o‘sha yerda Yahudo shohi Oxaziyoning+ birodarlarini uchratib, ulardan: «Sizlar kimsizlar?» — deb so‘radi. Ular: «Oxaziyoning birodarlarimiz. Biz shohning o‘g‘illari va shohimiz onasining o‘g‘illaridan hol-ahvol so‘ragani ketyapmiz»,— deb javob berishdi. 14  Yohu shu zahoti: «Ularni tiriklayin ushlanglar!» — dedi. Odamlari ularni ushlashdi-da, qo‘yning juni qirqiladigan uy oldidagi sardobada so‘yib tashlashdi. Ular 42 kishi bo‘lib, hech biri tirik qolmadi+. 15  Yohu u yerdan ketgandan keyin, uni qarshi olgani kelayotgan Raxav+ o‘g‘li Yohunadovni+ uchratdi. U bilan so‘rashgach, Yohu: «Men butun qalbim bilan sen tomonda bo‘lganimday, sen ham butun qalbing bilan men tomondamisan?» — deb so‘radi. Yohunadov javoban: «Albatta»,— dedi. Yohu unga: «Bo‘lmasa, qo‘lingni ber»,— deb aytdi. U qo‘lini berganda, Yohu uni aravasiga mindirib oldi. 16  Yohu unga: «Men bilan yur! Yahovaga qarshi chiqqanlarga chidab o‘tirmasligimni* ko‘rib qo‘y»+,— dedi. Shunday qilib, Yohu uni jang aravasiga mindirib olib ketdi. 17  Yohu Samariyaga yetib kelgach, Yahovaning Ilyos orqali aytgan so‘ziga binoan+, Axab xonadonidan qolganlarning barini bitta qoldirmay qirib tashladi+. 18  Yohu butun xalqni yig‘ib, ularga dedi: «Axab Baalga sig‘inishga kam hissa qo‘shgan edi+. Yohu bo‘lsa buning uchun qo‘lidan kelganini qiladi. 19  Shunday ekan, Baalning barcha payg‘ambarlarini+, unga sajda qiluvchilarni va ruhoniylarni+ oldimga yig‘inglar. Hech kim qolib ketmasin, chunki men Baalga atab katta qurbonlik keltiraman. Kelmagan odam tirik qolmaydi». Aslida Yohu Baalga sajda qiluvchilarni yo‘q qilish niyatida hiyla ishlatayotgan edi. 20  Yohu gapida davom etib: «Baalga atab tantanali yig‘in e’lon qilinglar!» — dedi. Ular aytilganday qilishdi. 21  Yohu butun Isroil bo‘ylab jarchilarni yubordi va Baalga sig‘inuvchilarning hammasi yig‘ildi. Kelmay qolgan odam bo‘lmadi. Ular Baalning ibodatxonasiga+ kirishganda, u yer odamga to‘lib ketdi. 22  Yohu kiyimlar uchun mas’ul bo‘lgan kishiga: «Baalga sig‘inuvchilar uchun kiyimlar olib kel»,— dedi va u kiyimlarni olib keldi. 23  So‘ngra Yohu bilan Raxav o‘g‘li Yohunadov+ Baalning ibodatxonasiga kirib, unga sajda qiluvchilarga: «Yaxshilab qaranglar, orangizda Yahovaga topinuvchilardan hech kim bo‘lmasin. Faqat Baalga sig‘inuvchilar qolsin»,— deyishdi. 24  Keyin ular kuydiriladigan qurbonlik va boshqa qurbonliklar keltirish uchun ichkariga kirishdi. Yohu ibodatxonaning tashqarisiga 80 ta odamini qo‘yib: «Men qo‘llaringizga topshirgan kishidan birortasi qochib ketsa, evaziga sizlarning joningizni olaman»,— deb tayinladi. 25  Yohu kuydiriladigan qurbonlikni keltirib bo‘lgan zahoti, soqchilar va yordamchilariga: «Ichkariga kirib, barini qirib tashlanglar! Birortasi ham qochib ketmasin!»+ — deb buyurdi. Shunda soqchilar bilan yordamchilar ularni qilichdan o‘tkazib, jasadlarini tashqariga uloqtiraverishdi va ularni Baal ibodatxonasining ichki xonasigacha* qirib borishdi. 26  Keyin Baal ibodatxonasidan muqaddas ustunlarni*+ olib chiqib, yoqib yuborishdi+. 27  Ular, shuningdek, Baal muqaddas ustuni bilan uning ibodatxonasini+ vayron qilib+, hojatxonaga aylantirishdi. Bugunga qadar u shu holatda turibdi. 28  Shunday qilib, Yohu Isroil yurtidan Baalni tag-tomiri bilan yo‘q qildi. 29  Biroq Yohu, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohli yo‘lidan qaytmadi. Yorubom ikkita oltin buzoq yasab, Baytil bilan Danda o‘rnatgan edi+. 30  Yahova Yohuga: «Mening nazarimda yaxshi va to‘g‘ri ishlar qilib, Axab xonadoni bilan ko‘nglimdagiday yo‘l tutganing uchun+, sendan keyingi to‘rtta avloding Isroil taxtida o‘tiradi»+,— dedi. 31  Lekin Yohu Isroil Tangrisi Yahovaning Qonuniga butun qalbi bilan itoat etmadi+. U Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohli yo‘lidan qaytmadi+. 32  O‘sha paytda Yahova Isroil hududini kichraytira boshladi. Xazayil Isroil hududi bo‘ylab xalqga hujum qiladigan bo‘ldi+. 33  U Iordanning sharqidagi Gad, Ruben, Manashe qabilalari+ yashaydigan butun Gilad yerini — Arnon vodiysi* yonidagi Aroyerdan boshlab Gilad va Bashangacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi+. 34  Yohuning hayoti, barcha qilgan ishlari va erishgan yutuqlari haqida Isroil shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 35  Yohu vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va uni Samariyada dafn etishdi. O‘rniga o‘g‘li Yohuxoz shoh bo‘ldi+. 36  Yohu Isroil ustidan Samariyada 28 yil hukmdorlik qildi.

Izohlar

Yoki «Yahovaga nisbatan g‘ayratimni».
So‘zma-so‘z «shahargacha». Ehtimol, qal’asimon bino.