Shohlar to‘rtinchi kitob 12:1-21

  • Yahudo shohi Yo‘sh (1-3)

  • Yo‘sh ma’badni ta’mirlaydi (4-16)

  • Suriyaliklar hujumi (17, 18)

  • Yo‘sh o‘ldiriladi 19-21)

12  Yohu+ hukmronligining yettinchi yili Yo‘sh+ taxtga o‘tirib, Quddusda 40 yil shohlik qildi. Onasining ismi Zibiyox bo‘lib, u bershevalik edi+.  Ruhoniy Yohayido yo‘l-yo‘riq berib turgan davrda Yo‘sh Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qildi.  Biroq tepaliklar+ yo‘q qilinmadi va xalq o‘sha tepaliklarda qurbonliklar keltirib, ularni kuydirib tutatardi.  Yo‘sh ruhoniylarga dedi: «Yahovaning uyiga muqaddas nazrlar+ sifatida keltirilgan pullarni, ya’ni har bir kishidan olinadigan pullarni+, jon boshi uchun belgilangan bahoga ko‘ra beriladigan pullar va har bir inson Yahovaning uyiga sidqidildan olib keladigan pullarning hammasini yig‘inglar+.  Ruhoniylar uni nazr qiluvchilardan olib, ma’badning* buzilgan joylarini ta’mirlash uchun sarflashsin»+.  Lekin shoh Yo‘sh hukmronligining 23- yili ruhoniylar ma’badning buzilgan joylarini haligacha ta’mirlashmagan edi+.  Shu bois, shoh Yo‘sh ruhoniy Yohayido+ bilan boshqa ruhoniylarni chaqirib: «Nega ma’badning buzilgan joylarini ta’mirlamayapsizlar? Agar pullarni ma’bad uchun ishlatmasangizlar, bundan buyon nazr qiluvchilardan pul olmanglar»+,— deb aytdi.  Shunda ruhoniylar ma’badning ta’mirlanishiga javobgar bo‘lmaslik uchun, endi xalqdan pul olmaslikka kelishishdi.  Ruhoniy Yohayido bir quti+ olib, qopqog‘i ustidan teshik ochdi-da, qurbongoh yoniga, Yahovaning uyi kiraverishining o‘ng tomoniga qo‘ydi. Darvozabon bo‘lib xizmat qiladigan ruhoniylar Yahovaning uyiga keltirilgan pullarni o‘sha yerga soladigan bo‘lishdi+. 10  Qutida ancha pul jamlanganini ko‘rishganda, shohning kotibi bilan oliy ruhoniy kelishardi va Yahova uyiga olib kelingan pullarni yig‘ib, sanashardi+. 11  Keyin sanalgan pullarni Yahovaning uyidagi ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘lgan kishilarga berishardi. Ular o‘z navbatida, Yahovaning uyida ishlayotgan duradgor-u binokorlarga+, 12  tosh teruvchi va tosh yo‘nuvchilarga haq to‘lashardi. Shuningdek, Yahova uyining buzilgan joylarini tuzatish uchun yog‘ochlar va yo‘nilgan toshlar sotib olishar hamda ta’mirlashga oid boshqa narsalarga sarflashardi. 13  Biroq Yahovaning uyiga olib kelingan pullar Yahovaning uyida qo‘llaniladigan kumush toslar, pilik o‘chirgichlar, kosalar, karnaylar+, oltin va kumushdan yasalgan boshqa jihozlar uchun sarflanmas edi+. 14  Chunki bu pullar ishchilarga berilardi, ular esa Yahovaning uyini ta’mirlashardi. 15  Ishchilarga pul beradigan kishilar ishonchli bo‘lgani uchun, ulardan hisobot talab qilinmas edi+. 16  Lekin ayb qurbonligi va gunoh qurbonligi+ uchun keltirilgan pullar Yahovaning uyini ta’mirlash uchun berilmasdi, boisi ular ruhoniylarga tegishli edi+. 17  O‘sha paytda Suriya shohi Xazayil+ Gatga+ qarshi urush ochib, uni bosib oldi. Keyin Quddusga hujum uyushtirishga qaror qildi+. 18  Yahudo shohi Yo‘sh bo‘lsa Yahudoda hukmronlik qilgan ota-bobolari Yohushafat, Yohuram, Oxaziyo hamda o‘zi keltirgan muqaddas nazrlarni va Yahovaning uyi bilan shoh saroyi g‘aznasidagi butun oltinni Suriya shohi Xazayilga yubordi+. Shunda u Quddusdan orqaga chekindi. 19  Yo‘shning hayoti va qilgan barcha ishlari haqida Yahudo shohlari tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan. 20  Yo‘shning xizmatkorlari unga qarshi fitna uyushtirib+, Silloga olib boradigan yo‘lda, Millodagi*+ uyda uni o‘ldirishdi. 21  Uni Shimat o‘g‘li Yazakar va SHo‘mer o‘g‘li Yohuzabad degan xizmatkorlari o‘ldirishdi+. Yo‘sh Dovud shahrida, ota-bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Emoziyo shoh bo‘ldi+.

Izohlar

Ibroniycha ma’nosi «tuproq uyumi».