Shohlar to‘rtinchi kitob 3:1-27

  • Isroil shohi Yohuram (1-3)

  • Mo‘ab Isroilga qarshi isyon ko‘taradi (4-25)

  • Mo‘ab yengiladi (26, 27)

3  Yahudo shohi Yohushafat hukmronligining 18- yili Axab o‘g‘li Yohuram Samariyada Isroil taxtiga o‘tirdi+ va 12 yil shohlik qildi.  U Yahovaning nazarida yomon ishlar qilardi, lekin ota-onasichalik emas edi. Chunki u, Baalga atab otasi o‘rnatgan muqaddas toshni* parchalab tashladi+.  Biroq Yohuram, Isroilni gunohga botirgan Nabat o‘g‘li Yorubomning gunohlariga sherik bo‘lib+, yomon yo‘ldan qaytmadi.  Mo‘ab shohi Mesha chorvachilik bilan shug‘ullanardi. U Isroil shohiga soliq sifatida 100 000 ta qo‘zi va 100 000 ta juni qirqilmagan qo‘chqor berardi.  Axabning o‘limidan+ so‘ng, Mo‘ab shohi Isroil shohiga qarshi isyon ko‘tardi+.  Shunda shoh Yohuram Samariyadan chiqib, butun Isroilni to‘pladi.  U Yahudo shohi Yohushafatga xabar yo‘llab: «Mo‘ab shohi menga qarshi isyon ko‘tardi. Men bilan birga Mo‘abga qarshi jang qilishga borasizmi?» — deb so‘radi. U: «Ha, boraman+. Ikkovimiz birmiz. Mening xalqim — sizning xalqingiz, mening otlarim — sizning otlaringiz»+,— deya javob berdi.  Yohushafat undan: «Qaysi yo‘l bilan boramiz?» — deb so‘raganida, Yohuram: «Edom sahrosiga olib boradigan yo‘l bilan boramiz»,— dedi.  Shunda Isroil, Yahudo va Edom+ shohlari birgalikda yo‘lga otlanishdi. Ular aylanma yo‘l bilan yetti kun yurishdi. Qo‘shin uchun ham, hayvonlar uchun ham suv qolmadi. 10  Isroil shohi: «Dahshat! Yahova biz uchala shohni Mo‘abning qo‘liga berish uchun bu yerga yiqqan ekan!» — deya hayqirdi. 11  Yohushafat: «Bu yerda Yahovaning payg‘ambari bormi? U orqali Yahovaga murojaat qilaylik»+,— dedi. Isroil shohining xizmatkorlaridan biri: «Shofot o‘g‘li Elishay+ bor. U Ilyosning qo‘liga suv quyib xizmat qilardi»+,— deb javob berdi. 12  Yohushafat: «Yahova u orqali gapiradi»,— dedi. So‘ng Isroil shohi bilan Yohushafat va Edom shohi uning yoniga borishdi. 13  Elishay Isroil shohiga: «Mendan nima istaysiz?+ Ota-onangiz payg‘ambarlaridan borib so‘rang»+,— dedi. Lekin Isroil shohi unga: «Yo‘q, bormayman. Chunki uchala shohni Mo‘abning qo‘liga berish uchun, Yahova bizni bu yerga yiqqan ekan!» — deb aytdi. 14  Elishay: «Men xizmat qilayotgan Qo‘shinlar Sarvari barhayot Yahova haqqi qasam ichib aytamanki, agar Yahudo shohi Yohushafatni+ hurmat qilmaganimda, sizga qayrilib ham qaramasdim, e’tibor ham bermasdim+. 15  Hozir esa yonimga sozandani+ chaqiringlar»,— dedi. U arfa chalishni boshlashi bilanoq, Yahova Elishayga O‘z qudratini ato etdi+. 16  Elishay quyidagilarni aytdi: «Yahova shunday demoqda: “Vodiyda xandaqlar qazinglar. 17  Sizlar na shamol, na yomg‘irni ko‘rasizlar. Lekin vodiy suvga to‘ladi+. Sizlar, chorvangiz-u ot-ulovingiz undan ichasizlar. Chunki buni Yahova aytyapti”. 18  Bu, Yahova uchun og‘ir ish emas+. U Mo‘abni ham qo‘lingizga topshiradi+. 19  Sizlar esa mustahkam va chiroyli shaharlarni vayron qilishingiz+, barcha yaxshi daraxtlarni kesishingiz, barcha buloqlarni ko‘mishingiz va hosildor dalalarni tosh bilan to‘ldirishingiz kerak»+. 20  Tongda esa ertalabki don nazri vaqti kelganida+, Edom tomondan suv oqib kelib vodiyni suvga to‘ldirdi. 21  Mo‘abliklar uchta shoh ularga qarshi jang qilmoqchi ekanini eshitgach, qurol ushlashga yaraydigan hamma odamlarni yig‘ib, chegarada saf tortishdi. 22  Mo‘abliklar sahar turishganda, quyosh suv yuzasiga nur taratib turgan edi. Narigi betdagi mo‘abliklarga esa suv qonday qip-qizil bo‘lib ko‘rindi. 23  Ular: «Bu qon-ku! Shohlar bir-birini qirib tashlabdi! Ey Mo‘ab, ketdik o‘ljani+ qo‘lga kiritamiz!» — deya baqirishdi. 24  Ular Isroil qarorgohiga kelishganda, isroilliklar mo‘abliklarni qira boshlashdi. Shunda ular tumtaraqay bo‘lishdi+. Isroilliklar bo‘lsa mo‘abliklarning orqasidan quvib, yo‘l-yo‘lakay ularni qirib borishdi. 25  Ular shaharlarni vayron qilishdi, hosildor dalalarni tosh bilan to‘ldirishdi, buloqlarni ko‘mishdi+ va barcha yaxshi daraxtlarni kesishdi+. Oxiri faqat Xir-Xarasotning+ tosh devorlari qoldi, palaxmonchilar esa uni qurshab olib, hujum qilishdi. 26  Mo‘ab shohi jangda yengilayotganini ko‘rib, 700 ta qilichbozi bilan Edom+ shohining qo‘shinini yorib o‘tmoqchi bo‘ldi. Biroq ular buni uddalay olishmadi. 27  Mo‘ab shohi uning o‘rniga taxtga o‘tirishi kerak bo‘lgan to‘ng‘ich o‘g‘lini oldi-da, devor ustida uni kuydirib qurbon qildi+. Shunda Isroilga qarshi kuchli g‘azab uyg‘ondi va ular orqaga chekinib, yurtiga qaytib ketishdi.

Izohlar