Go‘zal qo‘shiq 5:1-16

  • Cho‘pon (1a)

  • Quddus qizlari (1b)

    • «Sevgi izhorlarini ichib mast bo‘linglar!»

  • Qiz (2-8)

    • Tushini aytib beradi

  • Quddus qizlari (9)

    • «Yoringning boshqalardan nimasi ortiq?!»

  • Qiz (10-16)

    • «O‘n mingtaning ichida ajralib turadi» (10)

5  «Suyukli yorim, kelinchagim,Men bog‘imga kirdim+. Mirra va xushbo‘y o‘tlarimni terib keldim+. Bol va mumkatak asalimni yedim.Sharobim va sutimni ichdim»+. «Yenglar, yor-u do‘stlar! Sevgi izhorlarini ichib mast bo‘linglar!»+   «Uxlayotgan bo‘lsam-da, qalbim uyg‘oq!+ Ana, azizim eshikni taqillatib turibdi!“Eshikni och, sevgilim, kelinchagim, Kabutarim, beg‘uborim!Axir boshim shabnamdan, Jingalak sochlarim tungi namdan ho‘l bo‘lib ketdi-ku!”+   Kiyimimni yechib qo‘ydim. Endi yana kiyaymi? Oyoqlarimni yuvdim. Endi yana kir qilaymi?   Azizim qo‘lini eshik teshigidan tortib olganida,Ko‘nglim to‘lqinlanib ketdi.   Sevgilimga eshikni ochgani turdim.Qo‘llarimdan mirra,Barmoqlarimdan mirra moyiTomdi qulfning tutqichiga.   Jonimga eshikni ochgan edim,Ammo sevgilim o‘girilib ketib qoldi. U ketib qolganida ruhim tushdi*. Uni izladim, lekin topolmadim+. Uni chaqirdim, biroq u javob bermadi.   Qo‘riqchilar shahar kezib yurganida meni ko‘rib qolishdi. Ular meni urib yaralashdi. Shahar devorining soqchilari ro‘molimni tortib olishdi.   Ey Quddus qizlari, menga qasam iching: Agar sevgilimni topsangiz,Unga ayting, ishq o‘tida yonmoqdaman».   «Ey go‘zallarning go‘zali,Yoringning boshqalardan nimasi ortiq? Azizingning boshqalardan nimasi ortiqki,Sen bizga qasam ichiryapsan?» 10  «Suyukli yorim ko‘rkam va qizil yuzli.O‘n mingtaning ichida ajralib turadi. 11  Uning boshi tilladan, toza oltindan. Jingalak sochlari hilpirab turgan palma novdasiday*,Rangi quzg‘unday qop-qora. 12  Uning ko‘zlari soy bo‘yiga qo‘ngan,Sutda cho‘milayotgan,Suvga to‘la hovuz labidagi* kabutarday. 13  Yonoqlari muattar hidli gulzorday+,Xushbo‘y hidli giyohlar o‘suvchi qirlarday. Lablari mirra moyi+ tomib turgan lolalarday. 14  Qo‘lidagi barmoqlari tilladan yasalib, xrizolit bilan bezatilgan. Qorni sayqallangan fil suyagidan qilinib, sapfir bilan zeb berilgan. 15  Oyoqlari — toza oltindan yasalgan, taglikka o‘rnatilgan marmar ustunlari. Qiyofasi Livanday mahobatli, qomati kedr daraxtlariday+ beqiyos. 16  Lablari bolday totli,O‘zi esa har jihatdan ko‘rkamdir+. Azizim, sevimli yorim shundaydir, ey Quddus qizlari».

Izohlar

Boshqa variant «U gapirganida jonim meni tark etdi».
Boshqa variant «xurmo g‘ujumiday».
Boshqa variant «buloq bo‘yidagi».