Go‘zal qo‘shiq 6:1-13

  • Quddus qizlari (1)

  • Qiz (2, 3)

    • «Men azizimga tegishliman, azizim esa menikidir» (3)

  • Shoh (4-10)

    • «Sen Tirza kabi jozibadorsan» (4)

    • Qizlarning so‘zlari (10)

  • Qiz (11, 12)

  • Shoh (va boshqalar) (13a)

  • Qiz (13b)

  • Shoh (va boshqalar) (13d)

6  «Ey go‘zallarning go‘zali,Sevgiling qayerda? Yoring qaysi yo‘ldan ketdi? Sen bilan uni izlagani boraylik».   «Suyukli yorim ketdi o‘z bog‘iga,Muattar hidli gulzorga,Bog‘lar aro suruvini boqish uchun,Lolalar terish uchun+.   Men azizimga tegishliman,Azizim esa menikidir+. U lolalar ichida suruvini boqyapti»+.   «Sevgilim+, sen Tirza*+ kabi jozibadorsan,Quddus singari maftunkorsan+,Bayroqlari oldida to‘plangan askarlarday savlatlisan+.   Menga tikilib qarama+,Chunki ko‘zlaring meni asir etdi. Sochlaring Gilad yonbag‘irlaridan yoyilib tushayotganEchki podasidaydir+.   Tishlaring cho‘miltirilganQo‘y podasiga o‘xshar.Har birining egizi bor,Birortasining qo‘zichog‘i yo‘qolmagan.   Yopinchiq ortida yashirilgan yonoqlaringAnor bo‘lakchasiday.   Menda 60 ta malika,80 ta kanizakVa son-sanoqsiz qizlar bo‘lsa-da+,   Ammo birgina kabutarim+, beg‘uborim bor. U onasining yolg‘izi, Uni tuqqan ayolning arzandasi. Qizlar uni ko‘rib, u baxtlidir, deyishadi.Malika-yu kanizaklar uni maqtashadi. 10  “Tongday yorqin,To‘lin oyday go‘zal,Quyosh nuriday pok,Bayroqlari oldida to‘plangan askarlarday savlatli kim ekan?”»+ 11  «Vodiyda kurtak otganini ko‘rish uchun,Toklar ko‘karganmikin,Anor daraxtlari gullaganmikin, deyaYong‘oq bog‘iga tushdim+. 12  Shu istak bilanO‘zim bilmagan holda,Olijanob xalqimning aravalari oldiga kelib qolibman». 13  «Qayt, qayt, ey shunamlik qiz! Qayt, qayta qol,Chiroyingni yana bir ko‘raylik!» «Shunamlik qizga qarab nima qilasizlar?»+ «U raqsga tushayotgan ikkita guruhga* o‘xshaydi!»

Izohlar

Yoki «yoqimli shahar».
Yoki «Moxanayim raqsiga».