Noxum 3:1-19

  • «Qon to‘kuvchi shaharning holiga voy!» (1-19)

    • Nineviya hukm qilinishining sabablari (1-7)

    • No‘-Omon kabi Nineviya ham qulaydi (8-12)

    • Nineviya qulashi muqarrar (13-19)

3  Qon to‘kuvchi shaharning holiga voy! U firibgarlik va o‘g‘rilikka to‘lib ketgan. U hech o‘ljasiz qolmagan!   Bu yerda qamchining shuvullagan tovushi-yu g‘ildiraklarning taqir-tuquri,Yelib borayotgan otlarning dupuri-yu aravalarning silkinishi eshitilar.   Suvorilar, yarqiragan qilichlar-u nayzalar,Son-sanoqsiz o‘liklar-u uyulib yotgan jasadlar, Hamma yoqda murdalar. Odamlar o‘liklarga qoqilib ketyapti.   Bularning bari u ko‘p fohishalik qilgani uchun sodir bo‘lyapti.U jozibali va rom etuvchi jodugar,Fohishalik qilib xalqlarni, sehr-u jodusi bilan qabilalarni tuzog‘iga ilintiryapti.   Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: «Mana, senga qarshi chiqyapman+.Etagingni yuzinggacha ko‘taraman.Shunday qilamanki, xalqlar seni yalang‘och holda,Shohliklar sharmanda bo‘lganingni ko‘radi.   Ustingga loy chaplayman,Sen jirkanch bo‘lasan.Shunday qilamanki, hammaga tomosha bo‘lasan+.   Seni ko‘rgan har kim sendan qochayotib+, bunday deydi:“Nineviya xarob bo‘ldi! Kim ham unga achinardi?!” Senga yupatuvchini qayerdan topay?   Nineviya, sen Nil anhorlari+ bo‘yidagi No‘-Omondan*+ yaxshiroqmiding? Uni ham suvlar o‘rab turgandi.Uning boyligi-yu devori dengiz edi.   Habashiston hamda Misr uning cheksiz qudrat manbai edi. Fut+ va Liviya uning* yordamchilari edi+. 10  Hatto u ham surgun qilindi.U asir qilib olib ketildi+. Uning bolalari har bir ko‘chaning burchagida* tilka-pora bo‘lib yotibdi. Uning obro‘li kishilari uchun qur’a tashlashdi,Uning barcha asilzodalarini kishanlashdi. 11  Nineviya, sen ham mast bo‘lasan+,Yashirinib olasan. Dushmanlaringdan qochib, panoh izlaysan. 12  Hamma qal’alaring ilk mevalari g‘arq pishgan anjir daraxtiga o‘xshaydi.Uni silkitsa, mevalari yeydiganlarning og‘ziga tushadi. 13  Lashkarlaringga bir qara! Ularning ayollardan farqi yo‘q. Yurting darvozalari g‘animlaring uchun keng ochiladi. Darvozalaring surma zulfinlarini olov yutib yuboradi. 14  Suv tortib qamalga tayyorlan!+ Istehkomlaringni mustahkamla. Loyga tush, uni tepib pishit.G‘isht quyish uchun qolip tayyorla. 15  Shunday qilsang ham olov seni yutib yuboradi. Qilich seni halok qiladi+. Yosh chigirtkalar kabi u seni yeb bitiradi+. Yosh chigirtkalarday ko‘payaver! Qani, chigirtkalarday ko‘pay! 16  Ey Nineviya, sen savdogarlaringni osmondagi yulduzlardan ham ko‘p qilding. Yosh chigirtkalar po‘st tashlaydi-yu uchib ketadi. 17  Soqchilaring chigirtkalarga,Boshliqlaring chigirtka galasiga o‘xshaydi. Ular sovuq kunda tosh devorlarda panoh izlaydi,Biroq quyosh nur sochganda uchib ketadi.Ular qayerda ekanini hech kim bilmaydi. 18  Ey Ossuriya shohi, cho‘ponlaringni mudroq bosgan.Asilzodalaring o‘z uyidan chiqmayapti. Xalqing tog‘lar bo‘ylab tarqalib ketgan,Ularni birga yig‘adigan hech kim yo‘q+. 19  Boshingga tushadigan halokatni bartaraf qilib bo‘lmaydi. Yarang bedavo. Sen haqda eshitganlarning bari chapak chaladi+.Axir zulmingdan azob chekmagan kishi bormi?!»+

Izohlar

Ya’ni Fiva.
So‘zma-so‘z «sening».
So‘zma-so‘z «barcha ko‘chalarning boshida».