Xabaqquq 1:1-17

  • Payg‘ambar yordam so‘rab faryod qiladi (1-4)

    • «Ey Yahova,.. qachongacha?» (2)

    • «Nega jabr-zulmga chidab turibsan?» (3)

  • Xaldeylar Xudoning hukmini ijro etadi (5-11)

  • Payg‘ambar Yahovaga yolvoradi (12-17)

    • «Muqaddas Tangrim, Sen o‘lmassan» (12)

    • Shunchalik pokki, yomonlikka qarab tura olmaydi (13)

1  Xabaqquq* payg‘ambarning vahiy orqali olgan xabari:   Ey Yahova, meni eshitishing uchun qachongacha yordam so‘rab faryod qilaman?+ Zo‘ravonlikdan qutqarishing uchun qachongacha yordam so‘rayman?+   Nega yomonlikni ko‘rishimga yo‘l qo‘yyapsan? Nega jabr-zulmga chidab turibsan? Nima uchun vayronagarchilig-u zo‘ravonlik sodir bo‘lyapti? Nega janjal va nizo ko‘payib ketdi?   Oqibatda qonun o‘z kuchini yo‘qotdi,Adolat hech o‘rnatilmayapti. Yovuzlar odil kishilar ustidan boshqaryapti.Shu bois adolat buzib ko‘rsatilyapti+.   «Xalqlarga qarab, e’tibor bering! Hayratdan tikilib qarang, lol qoling.Sizlarning davringizda shunday voqea yuz beradiki,Bu haqda birov sizga aytib bersa, ishonmas edingiz+.   Men sizlarga qarshi xaldeylarni yuboryapman+.Bu xalq berahm va shiddat bilan harakat qiladi. Ular o‘ziga tegishli bo‘lmagan uylarni bosib olish uchun,Yer yuzining bepoyon hududlarini aylanib chiqadi+.   Bu xalq qo‘rqinchli va dahshatli. Ular o‘z qonuni va hukmronligini o‘rnatadi+.   Ularning otlari qoplondan tez.Ular tunda izg‘ib yuradigan bo‘rilardan ham vahshiyroq+. Ularning jang otlari shiddat bilan chopadi.Otlari uzoqlardan keladi. Ular o‘zini pastga otgan burgut kabi o‘ljasiga tashlanadi+.   Ularning hammasi zo‘ravonlik qilish uchun keladi+. Birgalikda olg‘a qadam tashlaganda, ular sahrodan keladigan kuchli shamolga o‘xshaydi+.Qum yiqqanday, ular asirlarni yig‘ib ketadi. 10  Ular shohlarni masxara qiladi,Amaldorlarni kulgiga chiqaradi+, Har qanday istehkomni mazax qiladi+.Ular tuproq uyib, o‘sha joyni qo‘lga kiritadi. 11  Keyin esa ular yelday harakat qilib, o‘tib ketadi.Xudosining sharofati+ bilan qudratli bo‘lganiga ishongani uchun*,Ular aybdor bo‘lib qoladi+». 12  Ey Yahova, Sen azaldan mavjud emasmisan?!+ Ey, mening Muqaddas Tangrim, Sen o‘lmassan*+. Ey Yahova, Sen ularni hukmni ijro etish uchun tayinlagansan.Mening Qoyam+, Sen ularni bizni jazolash uchun tanlagansan+. 13  Ko‘zlaring shunchalik pokki, yomonlikka qarab tura olmaysan,Yovuzlikka chidab tura olmaysan+. Nega endi xiyonatga sabr qilyapsan?!+Yovuzlar o‘zidan odilroq insonni yutib yuborayotganiga nega indamayapsan?!+ 14  Nega odamni dengizdagi baliqga,Yo‘lboshchisi bo‘lmagan sudralib yuruvchi jonzotlarga o‘xshatib qo‘yding? 15  Ularning barchasini dushman* qarmoqga ilintiradi. Ularni o‘z to‘ri bilan ovlaydi,Yoyma to‘riga yig‘adi. Shu sababli u rosa sevinadi+. 16  Shuning uchun u to‘riga atab qurbonliklar keltiradi,Yoyma to‘riga qurbonlik so‘yadi.Axir ularning sharofati bilan ulushi mo‘l,Yeydigan taomi saradir. 17  U to‘rini shunday to‘ldirib bo‘shataveradimi*?! Rahm qilmay xalqlarni o‘ldiraveradimi?!+

Izohlar

Taxminiy ma’nosi «issiq bag‘ir».
Boshqa variant «Qudratini xudo deb bilgani uchun».
Boshqa variant «biz o‘lmaymiz».
Ya’ni xaldeylar.
Boshqa variant «Qilichini qinidan chiqaraveradimi».