Haqiqat hayotingizga qanday ta’sir qiladi?
Doim haqiqatni gapiradigan Xudo sizga «mangu hayotga» ega bo‘lish umidini taklif etmoqda. (Yuhanno 3:16)
SIZDAN NIMA TALAB ETILADI?
Haqiqat manbai bo‘lmish Xudoning Kalomini o‘rganing. (Yuhanno 17:3, 17)
Xudoga itoat etishni tanlang. (Qonunlar 30:19, 20)
Hayotingizda Xudoning amaliy maslahatlarini qo‘llang. (Yoqub 1:25)
Dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobdagi haqiqatni o‘rganib, foydasini o‘zlarida his qilishyapti. Ular bu bilimlarni siz bilan bajonidil bo‘lishadi.
Muqaddas Kitobdan ko‘proq haqiqatlarni bilib olish uchun Yahovaning Shohidlari tomonidan chop etilgan «Hayotdan toabad zavqlaning!» risolasiga qarang. Uni www.pr418.com saytida onlayn o‘qishingiz mumkin