Xudoning Shohligi to‘g‘risida haqiqat
Iso o‘z izdoshlariga shunday ibodat qilishni o‘rgatgan: «Osmondagi Otamiz, isming muqaddas bo‘lsin. Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin». (Matto 6:9, 10) Xudoning Shohligi — u nima? U qanday ishlarni amalga oshiradi? Nega Xudoning Shohligi kelishi haqida ibodat qilishimiz kerak?
Iso Xudo Shohligining Shohi
Luqo 1:31–33: «[Uning] ismini Iso qo‘yasan. U ulug‘ bo‘ladi, Xudoyi Taoloning O‘g‘li deb ataladi va Tangri Yahova unga bobokaloni Dovudning taxtini beradi. U Yoqubning xonadoni ustidan shohlik qiladi va Shohligining cheki bo‘lmaydi».
Iso asosan Xudoning Shohligi haqida va’z qilgan
Matto 9:35: «Iso barcha shaharlar-u qishloqlar bo‘ylab yurib, u yerlardagi ibodatxonalarda ta’lim berar va Shohlik to‘g‘risidagi xushxabarni e’lon qilardi. Shuningdek, u odamlarning har turli kasalliklari-yu darmonsizliklarini davolardi».
Iso shogirdlariga Shohlik qachon kelishini aniqlashga yordam beradigan belgini aytgan.
Matto 24:7: «Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko‘tariladi. Bir joyda, keyin boshqa joyda oziq-ovqat yetishmovchiligi va zilzilalar bo‘ladi».
Bugungi kunda Isoning shogirdlari yer yuzi bo‘ylab Xudoning Shohligi haqida va’z qilishyapti.
Matto 24:14: «Shohlik haqidagi xushxabar hamma xalqlarga shahodat berilishi uchun butun dunyo bo‘ylab va’z qilinadi. Ana o‘shandagina oxirat bo‘ladi».