Nafratni yenga olamiz!
Nafratning qurboni bo‘lganmisiz?
Yo‘q bo‘lsa, ehtimol, uning u yoki bu ko‘rinishini kuzatgandirsiz. Odamlar mamlakati, millati, irqi, dini, jinsi boshqa bo‘lgani tufayli nafratga duch kelayotgani haqida tez-tez eshitamiz. Shunga ko‘p davlatlar bunday nafrat asosidagi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun qonunlar chiqaryapti.
Nafrat yanada ko‘proq nafratni keltirib chiqaradi. Nafrat qurbonlari odatda boshqalarga nafrat bilan javob qaytarishadi. Shu yo‘sin ular nafrat zanjirini uzmay, aksincha, unga halqa qo‘shishda davom etishadi.
Ehtimol, sizni masxara va haqorat qilishgandir yoki yuzxotirchilik hamda do‘q-po‘pisaga duch kelgandirsiz. Biroq ko‘pincha nafrat bundan ham yomonroq oqibatlarga olib keladi. Masalan, u zo‘ravonlik, bezorilik, madaniy va moddiy boyliklarni vahshiylarcha buzish (vandalizm), nomusga tegish, tajovuz qilish, qotillik yo hatto qirg‘inchilikka sabab bo‘lishi hech gap emas.
Ushbu jurnaldan qay yo‘sin nafratni yengish mumkinligini bilib olasiz va quyidagi savollarga javob topasiz:
Nima uchun dunyoda nafrat shunchalik ko‘p?
Nafrat zanjirini qanday uzish mumkin?
Nafrat bo‘lmaydigan payt qachondir keladimi?