Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

NAFRAT ZANJIRINI QANDAY UZISH MUMKIN?

2 | Qasos olmang

2 | Qasos olmang

Muqaddas Kitob ta’limoti:

«Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar... Iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar... Chunki Muqaddas Yozuvlarda shunday deb yozilgan: “Qasos Meniki, yomon ishlari uchun ularning jazosini Men beraman, demoqda Yahova”». (RIMLIKLARGA 12:17–19)

Bu nimani anglatadi?

Garchi kimdir bizni ranjitganda jahlimiz chiqishi tabiiy bo‘lsada, Xudo qasos olishimizni istamaydi, aksincha, sabrli bo‘lishimizni xohlaydi. Axir U barcha adolatsizliklarga yaqinda chek qo‘yishni va’da beryapti. (Zabur 37:7, 10)

Nima qilishingiz mumkin?

Nomukammal odamlar qasos olganda nafrat zanjiri uzayadi. Shunga agar kimdir sizni xafa qilsa yoki sizga ziyon yetkazsa, unga yomonlik bilan javob qaytarmang. His-tuyg‘ularingizni nazorat qilishga va masalani tinchlik yo‘li bilan hal etishga intiling. Ayrim hollarda nima bo‘lganini shunchaki unutish yaxshiroq. (Hikmatlar 19:11) Boshqa vaziyatlarda esa yuz bergan voqea to‘g‘risida kimgadir aytib berish o‘rinli bo‘lar. Misol uchun, agar sizga nisbatan jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, ehtimol, bu haqda militsiya yoki boshqa davlat xodimlariga xabar berishni ma’qul ko‘rarsiz.

Qasosga qasos bilan javob qaytarish cheksiz davom etishi mumkin. Buning oxiri esa voy bo‘ladi

Muammoni tinchlik yo‘li bilan hal qilishning imkoni yo‘qday tuyulsa-chi? Yoki buning uchun qo‘lingizdan kelgan barcha narsani qilgan bo‘lsangiz-chi? Shunda ham qasos olmang. Chunki bunday yo‘l tutish vaziyatni yanada chigallashtirishi mumkin. Buning o‘rniga nafrat zanjirini uzing. Ishoning, muammolarni hal qilishda Xudoga tayanishni o‘rgana olasiz. Zero, Muqaddas Kitobda: «Unga tayan va U sening foydangni ko‘zlab ish tutadi»,— deyilgan. (Zabur 37:3–5)