Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

NAFRAT ZANJIRINI QANDAY UZISH MUMKIN?

1 | Yuzxotirchilik qilmang

1 | Yuzxotirchilik qilmang

Muqaddas Kitob ta’limoti:

«Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, to‘g‘ri yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan». (HAVORIYLAR 10:34, 35)

Bu nimani anglatadi?

Tangri Yahova * bizni millatimiz, irqimiz, tana rangimiz yoki madaniyatimizga qarab hukm qilmaydi. Aksincha, U eng muhim narsaga, ya’ni bizning ichki dunyoyimizga e’tibor beradi. Muqaddas Kitobda ham aytilganidek, «odam tashqi ko‘rinishga qaraydi, Yahova esa insonning qalbiga qaraydi». (1 Shohlar 16:7)

Nima qilishingiz mumkin?

Boshqalarning qalbida nima borligini bila olmasak-da, Xudodan o‘rnak olishga va yuzxotirchilik qilmaslikka intilishimiz mumkin. Insonga muayyan guruh vakili emas, balki alohida shaxs sifatida qarashga harakat qiling. Agar sizda o‘zgalarga, ehtimol, boshqa irq yoki millatga mansub odamga nisbatan salbiy tuyg‘ular borligini sezsangiz, Alloh Yahovaga ibodat qiling va Undan bu tuyg‘ularni tag-tomiri bilan sug‘urib tashlashingizga yordam berishini so‘rang. (Zabur 139:23, 24) Yuzxotirchilik qilmaslik uchun Yahovadan kuch berishini so‘rasangiz, amin bo‘lishingiz mumkinki, U ibodatingizni eshitadi va yordam beradi. (1 Butrus 3:12)

^ Yahova — Xudoning ismidir. (Zabur 83:18)

«Oldinlari bunday odamlarnikida ovqat tanovul qilish u yoqda tursin, ularni ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi. Endi esa men o‘zim bunday ajoyib umumjahon birodarlikka qo‘shildim». (TATUS)