Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

3 | Muqaddas Kitobdagi misollar sizga qanday yordam berishi mumkin?

3 | Muqaddas Kitobdagi misollar sizga qanday yordam berishi mumkin?

MUQADDAS KITOBDA biznikiga o‘xshash tuyg‘ularni boshdan kechirgan sadoqatli erkag-u ayollar haqida yozilgan. (YOQUB 5:17)

Bu oyat nimani anglatadi?

Muqaddas Kitob har xil tuyg‘ularni boshdan kechirgan erkag-u ayollar haqidagi hayotiy hikoyalarga to‘la. Ularning ko‘rgan-kechirganlari to‘g‘risida o‘qib, tuyg‘ulari biznikiga o‘xshash bo‘lgan Muqaddas Kitob qahramonini topishimiz mumkin.

Bu oyatdagi prinsipni qanday qo‘llasa bo‘ladi?

Barchamiz atrofimizdagilar his-tuyg‘ularimizni tushunishini xohlaymiz. Bu ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashayotganimizda ayniqsa muhim. Muqaddas Kitobni o‘qiganimizda fikrlari-yu tuyg‘ulari biznikiga o‘xshash insonlar haqida bilib olamiz. Natijada xavotir va tashvishli tuyg‘ular bilan kurashganimizda boshqalar ham biz kabi azob chekkanini va yolg‘iz emasligimizni tushunamiz.

  • Alloh Kalomida chorasizlik va tushkunlikni his qilgan odamlarning ko‘plab so‘zlari keltirilgan. Siz ham Muso, Ilyos va Dovud kabi «Bunga ortiq chiday olmayman» deb o‘ylagan paytlaringiz bo‘lganmi? (Sahroda 11:14; 3 Shohlar 19:4; Zabur 55:4)

  • Muqaddas Yozuvlarda Xanna ismli ayol tilga olingan. U farzandli bo‘la olmagani va kundoshi uni shafqatsizlarcha mazax qilgani dastidan «qattiq qayg‘urgan». (1 Shohlar 1:6, 10)

  • Muqaddas Kitobda Ayub ismli bir kishi haqida yozilgan. Ehtimol, bizning tuyg‘ularimiz ham unikiga o‘xshashdir. Ayub kuchli imonga ega bo‘lsa-da, chuqur qayg‘uga botganidan bir safar shunday degan: «Hayotimdan nafratlanaman, umrim davom etishini istamayman». (Ayub 7:16)

Muqaddas Yozuvlarda tilga olingan mazkur kishilar salbiy fikrlash tarzi bilan muvaffaqiyat ila kurashgan. Ular buni qanday uddalaganini bilish qayg‘ular bilan kurashishimiz uchun kerak bo‘ladigan kuchni topishimizga ko‘maklashadi.