Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Mehribon Xudoning abadiy barakalaridan bahramand bo‘la olasiz

Mehribon Xudoning abadiy barakalaridan bahramand bo‘la olasiz
  • Mehribon Xudoning abadiy barakalaridan bahramand bo‘la olasiz Urush, zo‘ravonlik va nizolardan xoli dunyoda yashashni xohlaysizmi?

  • Kasallik, azob-uqubat va o‘lim boshqa hech qachon bo‘lmasligini istaysizmi?

  • G‘am-tashvishsiz hayot kechirishni orzu qilasizmi?

  • Tabiiy ofatlar bo‘lmaydigan joyda yashashni xohlaysizmi?

Go‘zal sayyoramizning Yaratuvchisi bo‘lmish mehribon Xudoyimiz insoniyatga tinchlik hamda baxtga to‘la abadiy hayotni va’da bergan va bu shunchaki quruq va’da emas.

Keyingi maqolalarda quyidagilar haqida gap ketadi:

  • Parvardigor bandalariga nisbatan nimalarni his qiladi?

  • Alloh Kalomidan nimalarni bilib olishimiz mumkin?

  • Payg‘ambarlar Xudoning bugungi va kelajakdagi barakalari haqida nima deyishgan?

  • Hozirning o‘zida baxtli bo‘lish va kelajakda abadiy barakalarga erishish uchun nima qilsak bo‘ladi?

Keling, Yaratuvchi odamzodga qay yo‘sin g‘amxo‘rlik qilayotganini ko‘rib chiqishdan boshlaylik.