Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Oliy ma’lumot va pul porloq kelajak garovi bo‘la oladimi?

Oliy ma’lumot va pul porloq kelajak garovi bo‘la oladimi?

Ko‘pchilik oliy ma’lumotli va boy kishilarning kelajagi porloq bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ularning fikricha, universitetda o‘qigan inson yaxshiroq ishchi bo‘ladi, oilasi va jamiyatga ko‘proq foyda keltiradi. Qolaversa, ular oliy ma’lumot yuqori maoshli ish topishga yordam beradi, puli ko‘p inson esa baxtli bo‘ladi, deb hisoblashadi.

KO‘PCHILIKNING TANLOVI

Keling, xitoylik Chjan Chenning so‘zlariga e’tibor beraylik. U shunday bo‘lishdi: «Oliy ma’lumot qashshoqlikdan qutulishga yordam berishiga, yuqori maoshli ish esa baxtli va farovon hayot garovi ekaniga amin edim».

Porloq kelajakka erishish imkonini oshirish niyatida ko‘plar mashhur va hatto boshqa mamlakatlardagi universitetlarda o‘qishga intiladi. COVID-19 dastidan sayohat qilish cheklanguniga qadar aksariyat odamlar shunday qilardi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 2012-yilgi hisobotiga ko‘ra, chet elda ta’lim olayotgan barcha talabalarning 52 foizini osiyoliklar tashkil etadi.

Ota-onalar farzandlari chet eldagi universitetda o‘qiy olishlari uchun ko‘p ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Tayvanlik Cheshean shunday bo‘lishdi: «Ota-onam boy emasdi. Lekin to‘rtta farzandini, jumladan, meni AQShga kollejda ta’lim olish uchun yuborishdi». Ko‘pchilik qatori uning oilasi ham o‘qishga pul to‘lash uchun katta qarzga botdi.

BUNING FOYDASI BORMI?

Oliy ma’lumot va boylik payida bo‘lganlarning ko‘pi umidsizlikka uchraydi

Oliy ta’lim qaysidir jihatdan hayotni yaxshilashi mumkin bo‘lsa-da, u doim ham talabalar kutgan natijani bermaydi. Masalan, ko‘p yillar davomida og‘ir mehnat qilgan va o‘qishga pul to‘lash uchun ancha-muncha qarzga botgan insonlarning ko‘pchiligi o‘zi istagan ishni topa olmaydi. Singapurdagi bir gazetada Reychel Mui ismli jurnalist shunday yozdi: «Universitet bitiruvchilari orasida ishsizlik tobora ortib bormoqda». («The Business Times») Tayvanda yashovchi va doktorlik darajasiga ega Jeynjey: «Ko‘pchilikning o‘z kasbiga umuman aloqasi bo‘lmagan ishga rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmayapti»,— deb aytdi.

Ammo o‘z sohasi bo‘yicha ish topa olganlarning ham hayoti ular umid qilgandek silliq kechmasligi mumkin. Tayvanlik Niran Buyuk Britaniyadagi universitetni tamomlab, uyga qaytgach, o‘z sohasi bo‘yicha ish topdi. U shunday bo‘lishdi: «Kutganimdek oliy ta’lim yuqori maoshli ish topishimga yordam berdi. Lekin bu pullarni olish uchun ko‘p kuch hamda vaqt sarflashim kerak edi. Oxir-oqibat rahbariyat qisqartirish tufayli kompaniyamizdagi ko‘p ishchilarni, jumladan, meni ishdan bo‘shatdi. Shuni tushundimki, hech qaysi ish porloq kelajak garovi bo‘la olmaydi».

Hatto boy bo‘lgan va farovon hayot kechirayotgandek ko‘ringan odamlar ham oilaviy muammolarga va kasalliklarga duch kelishadi hamda baribir pul haqida tashvishlanishadi. Yaponiyalik Katsutoshi quyidagilarni tan oldi: «Pulim ko‘p bo‘lsa-da, baxtsiz edim. Chunki boshqalar menga hasad qilishardi va yomon munosabatda bo‘lishardi». Vetnamda yashovchi Lem shunday dedi: «Aksariyat odamlar katta maoshli ishga kirishga intiladi. Sababi shu yo‘sin betashvish va to‘kis hayot kechira olamiz, deb o‘ylashadi. Lekin aslida ular ko‘proq xavotirga berilishadi, hatto kasal bo‘lishadi va tushkunlikka tushishadi».

Franklin kabi ko‘pchilik hayotda oliy ma’lumot va boylikdan ko‘ra muhimroq narsalar bor ekanini tushundi. Ularning ayrimlari porloq kelajakka erishish uchun moddiy narsalar ketidan quvmay, yaxshi inson bo‘lishga va boshqalarga yaxshilik qilishga intiladi. Lekin bunday hayot tarzi porloq kelajak garovi bo‘la oladimi? Bu savolga javobni keyingi maqoladan topamiz.