Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Kennet Kuk va turmush o‘rtog‘i Jeymi

Yetakchi kengashning yangi a’zosi

Yetakchi kengashning yangi a’zosi

2018-yil, 24-yanvar chorshanba ertalab. Bu kun Qo‘shma Shtatlar va Kanadaning Baytil oilalari o‘zgacha e’lon eshitdi — birodarimiz Kennet Kuk Yetakchi kengash a’zosi etib tayinlandi.

Birodar Kuk Pensilvaniyada (AQSH) tug‘ilib o‘sgan. Maktabni bitirishiga bir yil qolganda sinfdoshidan haqiqatni eshitgan va 1980-yili 7-iyunda suvga cho‘mgan. Doimiy kashshof sifatida to‘la vaqtli xizmatni 1982-yili 1-sentabrdan boshlagan. Ikki yil kashshoflik qilgach, Baytilga taklif qilingan. Shu yo‘sin, u 1984-yili 12-oktabrdan boshlab Uolkillda (Nyu-York) Baytil xizmatini boshlagan.

Keyingi 25 yil davomida birodar Kuk bosmaxona va Baytil byurosida turli vazifalarni bajargan. U 1996-yili Jeymi ismli opamiz bilan oila qurdi. Jeymi ham Baytilda xizmat qila boshladi. 2009-yili dekabrda ular Pattersondagi (Nyu-York) Qo‘riqchi Minorasi Jamiyatining o‘quv-ta’lim markaziga tayinlandi. U yerda birodar Kuk Xatlarga javob berish bo‘limida xizmat qildi. 2016-yili aprelda esa, ular qisqa vaqtga Uolkillga qaytishdi, so‘ng Bruklinga (Nyu-York) tayinlanishdi. Besh oydan keyin ular bosh idoramizga, Uorvikka (Nyu-York) ko‘chishdi. 2017-yili yanvarda birodar Kuk Yetakchi kengashning Muharririyat qo‘mitasi yordamchisi etib tayinlandi.