16-TADQIQ MAQOLASI
O‘lim to‘g‘risidagi haqiqatni himoya qiling
Xabar chin yoki soxta ekanini aniqlayapmiz. 1 YUHAN. 4:6
73-QO‘SHIQ Bizga jasorat ber
BU MAQOLADA *
1–2. a) Shayton odamlarni qanday qilib aldamoqda? b) Bu maqoladan nimani bilib olamiz?
SHAYTON «yolg‘onning otasi» bo‘lib, ilk juftlikdan boshlab barcha insonlarni aldab kelmoqda. (Yuhan. 8:44) Ayrim yolg‘onlari o‘lim va undan keyingi hayot haqidagi soxta ta’limotlardan iborat. Anchagina keng tarqalgan urf-odatlar va irim-sirimlar o‘lganlarning ruhi bilan bog‘liq. Shuning uchun, ba’zi birodar-u opa-singillarimizga oilasi yoki qabilasida kimdir hayotdan ko‘z yumsa, «imon uchun zo‘r berib kurashishga» to‘g‘ri keladi. (Yahd. 3)
2 Siz ham bunday sinovga duch kelsangiz, o‘lim haqidagi Muqaddas Kitobdagi haqiqatni qanday qilib mahkam ushlay olasiz? (Efes. 6:11) Xudoni ranjitadigan bunday urf-odatlarda ishtirok etish bosimiga duch kelayotgan imondoshlaringizga qay yo‘sin tasalli berib, qo‘llab-quvvatlay olasiz? Bu maqoladan Yahova bizga qanday qilib yordam bera olishini bilib olamiz. Avval, keling, Muqaddas Kitobda o‘lim haqida nima deyilganini ko‘rib chiqaylik.
O‘LGANLARNING HOLATI HAQIDAGI HAQIQAT
3. Ilk yolg‘onning oqibati qanday bo‘ldi?
3 Alloh insonlarning o‘lishini xohlamagan. Abadiy yashay olishlari uchun Odamato bilan Momohavo quyida keltirilgan Xudoning amriga bo‘ysunishlari kerak edi: «Nima yaxshi va nima yomon ekanini bildiradigan daraxtning mevasidan yemasliging kerak, aks holda, undan yegan kuni o‘lasan». (Ibt. 2:16, 17) Shayton esa muammolarni yuzaga keltirdi. U ilon orqali Momohavoga: «Aslo o‘lmaysizlar»,— degan edi. Ming afsuski, u bu yolg‘onga laqqa tushib, mevadan yedi. Keyin eri ham undan yedi. (Ibt. 3:4, 6) Shu yo‘sin, hamma insonlarga gunoh va o‘lim meros bo‘lib o‘tdi. (Rim. 5:12)
4–5. Shayton odamlarni qay yo‘sin aldayapti?
4 Ilk juftlik vafot etdi, Xudo aytganiday bo‘ldi. Lekin Shayton o‘lim haqida yolg‘on tarqatishdan to‘xtamadi. Keyinchalik, u boshqacha tarzda ham alday boshladi. Yolg‘onlardan biri, odam o‘lganidan keyin uning tanasidan chiqib ketadigan va boqiy yashaydigan joni yoki ruhi bor ekan. Bu yolg‘on turlicha talqin qilinib, behisob odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtiryapti. (1 Tim. 4:1)
5 Nega shu qadar ko‘p odamlar Shaytonning bu yolg‘oniga ishonmoqda? Gap shundaki, Shayton insonlarning o‘lim borasidagi tabiiy tuyg‘ularidan foydalanadi. Abadiy yashash istiqboli bilan yaratilganimiz tufayli o‘lishni xohlamaymiz. (Voiz 3:11) O‘limni dushman deb bilamiz. (1 Kor. 15:26)
6–7. a) Shayton o‘lim to‘g‘risidagi haqiqatni yashirib muvaffaqiyatga erishdimi? Tushuntiring. b) Qanday qilib Muqaddas Kitobdagi haqiqat o‘limdan o‘rinsiz tarzda qo‘rqmasligimizga yordam bermoqda?
6 Shaytonning urinishlariga qaramay, o‘lim to‘g‘risidagi haqiqat yashirin qolmayapti. Darhaqiqat, hozirgi kunda har qachongiga qaraganda, ko‘pgina odamlar Muqaddas Kitobdan o‘lganlar qanday holatda ekanini va ularning umidi borligini bilib olmoqda. (Voiz 9:5, 10; Havor. 24:15) Bu haqiqat bizga tasalli baxsh etmoqda va biz o‘limdan o‘rinsiz tarzda qo‘rqmaymiz, bu borada qorong‘ilikda emasmiz. Masalan, biz marhumlardan qo‘rqmaymiz va hayotdan ko‘z yumgan yaqinlarimiz azob chekyapti deb xavotirlanmaymiz. Ular hayot emasligini va bizga hech qanday ziyon yetkaza olmasligini bilamiz. Ular go‘yoki chuqur uyquda. (Yuhan. 11:11–14) Qolaversa, bilamizki marhumlar vaqt o‘tishini ham sezmaydi. Shuning uchun, tirilish bo‘layotganda, ular hatto yuzlab yillar avval o‘lgan bo‘lsa ham, bu ular uchun bir zumday, ko‘z yumib ochganday bo‘ladi.
7 O‘lganlarning holati to‘g‘risidagi haqiqat aniq, oddiy va mantiqan to‘g‘ri ekaniga qo‘shilayotgandirsiz. Bu Shaytonning chalkashtiradigan yolg‘onidan farq qiladi. Bu bo‘lmag‘ur yolg‘on nafaqat odamlarni adashtiradi, balki Parvardigorning nomiga ham dog‘ tushiradi. Shayton qanchalik ko‘p zarar keltirayotganini yaxshiroq tushunish uchun keling, ushbu savollarning javobini topaylik: qanday qilib Shaytonning yolg‘onlari Yahovaning nomiga dog‘ tushirmoqda? Qay yo‘sin ularning dastidan odamlar Masihning to‘lov qurbonligiga
muhtoj emasmiz deb o‘ylashyapti? Qanday qilib ular tufayli insonlar dard va azob-uqubatga ro‘baro‘ kelyapti?SHAYTONNING YOLG‘ONLARI KO‘P ZARAR KELTIRDI
8. Yeremiyo 19:5 dan ko‘rganimizday, qay yo‘sin Shaytonning yolg‘onlari Xudoga isnod keltirmoqda?
8 Shaytonning o‘lim to‘g‘risidagi yolg‘onlari Yahovaning nomiga dog‘ tushirmoqda. Marhumlar olovli do‘zaxda azob chekishi haqidagi soxta ta’limot ham g‘irt yolg‘on. Bu kabi ta’limotlar Xudoga isnod keltirmoqda. Qiziq, qanaqasiga? Ular tufayli odamlar sevgi Xudosi ham Iblis kabi zo‘ravon deb o‘ylaydi. (1 Yuhan. 4:8) Bu sizga qanday ta’sir qilmoqda? Eng muhimi esa, bu tufayli Yahova nimalarni his qilmoqda? Gap shundaki, Alloh har qanday zo‘ravonlikdan nafratlanadi. (Yeremiyo 19:5 ni o‘qing.)
9. Qanday qilib Shaytonning yolg‘onlari Yuhanno 3:16 va 15:13 da keltirilgan Masihning to‘lov qurbonligini keraksizday ko‘rsatmoqda?
9 Shaytonning o‘lim to‘g‘risidagi yolg‘onlari tufayli odamlar Masihning to‘lov qurbonligiga muhtoj emasmiz deb o‘ylaydi. (Mat. 20:28) Shaytonning yolg‘onlaridan biri odamlar o‘lmas jonga ega ekani to‘g‘risidagi g‘oyadir. Agar bu haqiqat bo‘lganida, insonlar abadiy yashagan bo‘lardi. Abadiy yashay olishimiz uchun Masih biz uchun o‘z hayotini berishiga ehtiyoj bo‘lmasdi. Unutmangki, Masihning qurbonligi insoniyat uchun ko‘rsatilgan sevgining eng buyuk ifodasidir! (Yuhanno 3:16; 15:13 ni o‘qing.) Shu qadar bebaho hadyani keraksizday ko‘rsatayotgan bu ta’limotlar tufayli Yahova hamda Uning O‘g‘li nimalarni his etayotganini bir tasavvur qiling.
10. Qanday qilib odamlar Shaytonning o‘lim haqidagi yolg‘onlari tufayli dard va azob-uqubat chekyapti?
10 Shaytonning yolg‘onlari tufayli insoniyat dard va azob chekyapti. Masalan, bolasidan ayrilib qolgan qayg‘u ichidagi ota-onaga Xudo bolasini osmonda farishtaga aylantirish uchun olib qo‘ygan degan fikr uqtirilishi mumkin. Xo‘sh, bunday bo‘lmag‘ur yolg‘on ota-onaga tasalli beradimi yoki dardiga dard qo‘shadimi? Masalan, cherkov ta’limotlariga qarshi chiqqanlarni qiynash, jumladan, yog‘ochda yondirish do‘zax haqidagi soxta ta’limot bilan oqlanib kelingan. Ispan inkvizitsiyasi * haqidagi bir kitobga ko‘ra, zolimlarcha qatl etishda mas’ul bo‘lganlarning ba’zilari yeretik, ya’ni katolik cherkovining ta’limotlariga qarshi bo‘lgan kishi yondirilsa, u «olovli do‘zaxning ta’mini bilib», o‘limidan oldin tavba qilishiga va do‘zaxdan asrab qolinishiga ishonishardi. Anchagina mamlakatlarda odamlar o‘lgan ajdodlarining arvohlariga atab yoki ins-jinslarni qaytarish maqsadida is chiqarish kerak deb ta’kidlashadi. Boshqa joylarda esa odamlar marhumlarning jazosidan qochish maqsadida turli urf-odatlarga amal qiladi. Afsuski, bunday bo‘lmag‘ur yolg‘onlar chinakam tasalli keltirmaydi. Aksincha, keraksiz tashvish yoki hatto qo‘rquvni yuzaga keltiradi, xolos.
QAY YO‘SIN MUQADDAS KITOBDAGI HAQIQATNI HIMOYA QILA OLAMIZ?
11. Qay yo‘sin qarindosh-u do‘stlarimiz yaxshi niyat ila Muqaddas Kitobga zid urf-odatlarda ishtirok etishimiz uchun bosim o‘tkazishi mumkin?
11 Qarindosh-u do‘stlarimiz yaxshi niyat ila o‘lim bilan bog‘liq Muqaddas Kitobga zid urf-odatlarda ishtirok etishimiz uchun bosim o‘tkazishi mumkin. Allohga va Uning Kalomiga bo‘lgan sevgi tufayli Unga bo‘ysunish uchun kuch topa olamiz. Ularda qatnashmasak, yaqinlarimiz biz marhumni yaxshi ko‘rmasligimizni yoki hurmat qilmayotganimizni aytib, xijolatga qo‘yishi mumkin. Yoxud ular harakatlarimiz dastidan marhum biron zarar
keltirishi mumkin deb aytishar. Qay yo‘sin Muqaddas Kitobdagi haqiqatni himoya qila olamiz? Keling, bu kitobdagi prinsiplarga qanday amal qilishingiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik.12. O‘lim bilan bog‘liq qaysi urf-odatlar Muqaddas Kitobga zid?
12 Muqaddas Kitobga zid ta’limotlar-u urf-odatlardan «ayrilib ketish» qaroringiz qat’iy bo‘lsin. (2 Kor. 6:17) Karib dengizi atrofida yashovchilarning aksariyati odamning o‘limidan so‘ng «arvohi» qolib, unga yomonlik qilganlardan o‘ch olishiga ishonadi. Bir kitobda yozilishicha, «arvoh qabilada muammo keltirib chiqarishi mumkin ekan». Afrikaning ba’zi hududlarida odamlar marhumning uyida oynalarning ustini yopib, uning rasmlarini devorga qaratib qo‘yarkan. Qaysi maqsadda? Ayrimlarning aytishicha, marhumlar o‘zini ko‘rmasligi kerak. Yahovaning xizmatchilari ekanmiz, Shaytonning yolg‘onlari olg‘a surilayotgan har qanday irim-sirimga ishonmaymiz yoki urf-odatlarga qo‘l urmaymiz! (1 Kor. 10:21, 22)
13. Yoqub 1:5 da aytilganidek, muayyan urf-odat borasida shubhangiz bo‘lsa, qanday yo‘l tutishingiz kerak?
13 Muayyan urf-odat borasida shubhangiz bo‘lsa, Yahovaga ibodat qilib donolik so‘rang. (Yoqub 1:5 ni o‘qing.) So‘ng adabiyotlarimiz yordamida tadqiq o‘tkazing. Kerak bo‘lsa, jamoatingizdagi oqsoqollar bilan maslahatlashing. Albatta, ular nima qilishingiz kerakligini aytmaydi, ammo ular masalan, bu maqolada keltirilgan Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni topishingizga ko‘maklashadi. Shunday yo‘l tutib, zehningizni ishga solish orqali «yaxshini yomondan ajratishga o‘rganasiz». (Ibron. 5:14)
14. Odamlarni qoqintirmaslik uchun nima qilsa bo‘ladi?
14 «Hamma narsani Xudoni sharaflash uchun qilinglar». Hech kimning «qoqinishiga sababchi bo‘lmanglar». (1 Kor. 10:31, 32) Muayyan urf-odatda ishtirok etish-etmaslikni hal qilayotib, qarorimiz boshqalarning, ayniqsa, imondoshlarimizning vijdoniga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida ham o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Hech kimni qoqintirishni istamaymiz! (Mark 9:42) Bundan tashqari, imondoshimiz bo‘lmaganlarni ham o‘rinsiz tarzda ranjitishni xohlamaymiz. Sevgi bizni ularga hurmat ila, Yahovani sharaflaydigan tarzda gapirishga undaydi. Ular bilan bahslashmaymiz va urf-odatlarini tanqid qilmaymiz. Shuni unutmangki, sevgi kuchlidir! Sevgini namoyon etib, mulohazakorlik va hurmat ila yondashganimizda, hatto bizga qarshi chiqayotganlarning qalbi yumshashi hech gap emas.
15–16. a) Nega e’tiqodingizni boshqalarga bildirsangiz dono yo‘l tutgan bo‘lasiz? Misol keltiring. b) Pavlusning Rimliklarga 1:16 dagi so‘zlari bizga qay yo‘sin tegishli?
Ishayo 43:10) Yaqiningiz hayotdan ko‘z yumganda, muayyan urf-odatlarda qatnashmaganingiz tufayli qarindosh va qo‘shnilaringiz sizdan qattiq xafa bo‘lar. Oldindan ularga e’tiqodingiz haqida aytsangiz, vaziyat osonroq bo‘lishi mumkin. Mozambikda yashovchi Fransisko va uning xotini Karolina qanday vaziyatga duch kelganini bilib olaylik. Fransisko shunday deb yozdi: «Xotinim ikkimiz haqiqatni bilib olganimizda, qarindoshlarimizga o‘lganlarga sajda qilish bilan bog‘liq urf-odatlarda qatnashmasligimizni aytdik. Karolinaning opasi o‘lganda sinovga duch keldik. Mahalliy urf-odatga ko‘ra, marhumni diniy rasm-rusum bo‘yicha yuvintirish kerak. So‘ng yaqin qarindoshi uch kechani jasad yuvintirilgan joyda o‘tkazishi kutilardi. Bu odat marhumning arvohini tinchlantirish uchun qilinadi. Xotinimning qarindoshlari bu odatda u qatnashishini istashgan».
15 Yahovaning Shohidi ekaningiz ayon bo‘lsin. (16 Xo‘sh, Fransisko va uning xotini qanday yo‘l tutdi? U quyidagicha bo‘lishdi: «Yahovani yaxshi ko‘rganimiz va Uni mamnun qilishni istaganimiz uchun, bu odatda ishtirok etishni rad etdik. Karolinaning qarindoshlari rosa achchiqlandi. Ular bizni opasini hurmat qilmaganimizda ayblab, munosabatlarimizga chek qo‘ydi. Bu vaziyat yuz bermasidan oldin e’tiqodimizni tushuntirganimiz uchun, ular g‘azablanganida buni tushuntirishga hojat yo‘q edi. Ba’zi qarindoshlarimiz biz allaqachon o‘z nuqtai nazarimizni aytganimizni ta’kidlab, tarafimizni oldi. Vaqt o‘tgach, Karolinaning qarindoshlari tinchlandi va munosabatlarimiz yana tiklandi. Ba’zilari uyimizga kelib, adabiyotlarimizni ham so‘radi». O‘lim to‘g‘risidagi haqiqatni himoya qilar ekanmiz, e’tiqodimizdan sira ham uyalmaylik! (Rimliklarga 1:16 ni o‘qing.)
QAYG‘U CHEKAYOTGANLARGA TASALLI BERIB, QO‘LLAB-QUVVATLANG
17. Qayg‘u chekayotgan imondoshimiz uchun chin do‘st bo‘la olishimizga nima qo‘l kelishi mumkin?
17 Imondoshimizning yaqini hayotdan ko‘z yumganda, qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Zero, «chin do‘st... og‘ir damda birodariga tayanch bo‘ladi». (Hik. 17:17) Ayniqsa, Muqaddas Kitobga zid urf-odatlarni qilish bosimiga duchor bo‘layotgan birodarimiz yoki opa-singlimiz uchun qanday qilib «chin do‘st» bo‘la olamiz? Keling, bundaylarga tasalli berishimizga ko‘maklashadigan Muqaddas Kitobdagi ikkita prinsipga diqqat qarataylik.
18. Nega Isoning ko‘zidan yosh oqdi va bu biz uchun qanday o‘rnak?
18 «Yig‘layotganlar bilan yig‘langlar». (Rim. 12:15) Qayg‘urayotgan kishiga nima deyish yoki nima qilish kerakligini bilmay bosh qotirishimiz mumkin. Masalan, ko‘z yoshlarimiz so‘zlarimizdan ham kuchliroq bo‘la oladi. Isoning do‘sti Lazar o‘lganda, Maryam, Marta va boshqalar u uchun qayg‘urib, ko‘z yosh to‘kkan. Iso Lazarning o‘limidan to‘rt kun o‘tgach kelganda, hatto uni tiriltirishini bilsa ham «ko‘zidan yosh oqdi». (Yuhan. 11:17, 33–35) Uning ko‘z yoshlari Otasining tuyg‘ularini aks etgan. Qolaversa, bu tufayli Lazarning qarindoshlari Isoning unga nisbatan sevgisini ko‘rgan. Bu Maryam bilan Martaga tasalli baxsh etgani shubhasiz. Shu singari, imondoshlarimiz sevgimizni va ular uchun qayg‘urayotganimizni his etganda, yolg‘iz emasligiga, balki mehribon va g‘amxo‘r do‘stlari qurshovida ekaniga amin bo‘ladi.
19. Qayg‘urayotgan imondoshimizga tasalli baxsh etishga kelganda, Voiz 3:7 ni qanday qilib qo‘llay olamiz?
19 «Sukut saqlashning ham, gapirishning ham o‘z vaqti bor». (Voiz 3:7) Qayg‘urayotgan imondoshimizga tasalli baxsh etishimizning yana bir yo‘li yaxshi tinglovchi bo‘lish. U yuragida borini to‘kib-solishiga yo‘l qo‘yib, «ahmoqona» yoki o‘ylamay aytgan so‘zlaridan ranjimaymiz. (Ayub 6:2, 3) Negaki, u imondoshimiz bo‘lmagan qarindoshlarining bosimi dastidan hissan ezilgan bo‘lishi mumkin. U bilan ibodat qilsak bo‘ladi. «Ibodatlarni Eshitguvchi»ga iltijo qilib, Undan imondoshingiz uchun kuch va mulohazakor bo‘la olishini so‘rang. (Zab. 65:2) O‘rinli bo‘lsa, u bilan Muqaddas Kitobni yoki adabiyotimizdan dalda baxsh etadigan maqolani, masalan, tarjimai holni o‘qing.
20. Navbatdagi maqolada nima haqida gap boradi?
20 O‘lim va mozorlarda bo‘lganlarning ajoyib kelajagi to‘g‘risidagi haqiqat uchun juda minnatdormiz! (Yuhan. 5:28, 29) Shuning uchun, keling, ham so‘zda, ham amalda Muqaddas Kitobdagi haqiqatni himoya qilib, har bir imkoniyatda u bilan bo‘lishaylik. Navbatdagi maqolada, Shayton odamlarni ma’naviy zulmatda tutish uchun qo‘llayotgan yana bir usul, ya’ni sehr-jodu haqida gap boradi. Nega Shaytonning bu tuzog‘iga tushiradigan ish va o‘yin-kulgi turlaridan yiroqlashishimiz kerakligini bilib olamiz.
24-QO‘SHIQ Yahovaning tog‘iga keling
^ 5- x.b. Shayton va uning jinlari odamlarni o‘lganlarning holati borasida yolg‘on tarqatib aldamoqda. Bu yolg‘on dastidan Muqaddas Kitobga zid ko‘pgina urf-odatlar kelib chiqqan. Bu maqola boshqalar sizni shu kabi xurofotlarda ishtirok etishga bosim o‘tkazganda yordam beradi.
^ 10- x.b. Ispan inkvizitsiyasi yuz yillar avval cherkov ta’limotlari bilan rozi bo‘lmaganlarni shiddat ila quvg‘un qilgan va qatl etgan sud.
^ 56- x.b. RASMLARGA SHARHLAR. Yahovaning Shohidlari yaqini hayotdan ko‘z yumgani tufayli qayg‘urayotgan qarindoshiga tasalli beryapti.
^ 58- x.b. RASMLARGA SHARHLAR. Dafn marosimi bilan bog‘liq urf-odatlarni tadqiq qilgandan keyin Yahovaning Shohidi qarindoshlariga e’tiqodini hurmat ila tushuntiryapti.
^ 60- x.b. RASMLARGA SHARHLAR. Oqsoqollar yaqini hayotdan ko‘z yumgan birodarimizga tasalli berib, qo‘llab-quvvatlamoqda.