Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yodingizdami?

Yodingizdami?

«Qo‘riqchi minorasi»ning 2019-yilgi sonlariga asoslangan savollarga javob berishga urinib ko‘ring:

Xudo: «Senga qarshi yasalgan hech bir qurol g‘alaba qozonmaydi»,— deb aytgan va’da qanday ma’noga ega? (Ishayo 54:17)

Yahova bizni «zolimlar nafasi»dan asrashiga ishonsak bo‘ladi. (Ishayo 25:4, 5) Bizga qarshi chiqqanlar bizga abadiy zarar yetkaza olmaydi. (w19.01, 6–7-sah.)

Xudo kan’onliklarga va noshukur isroilliklarga qilgan munosabati Uning adolatini qanday aks ettirgan?

Jinsiy axloqsizlik bilan shug‘ullangan yoki ayollar va bolalarga zolimlik qilgan kishilarni Xudo hukm etgan. Unga itoatkor bo‘lgan va boshqalar bilan haqqoniyat ila munosabat qilganlarga esa barakalar ato etgan. (w19.02, 22–23-sah.)

Imondoshimiz bo‘lmagan kishi duo qilmoqchi bo‘lganda qanday yo‘l tutamiz?

Xushmuomala bo‘lib, indamasligimiz mumkin. Duo aytilganda «omin» deb aytmaymiz va boshqalar bilan birga qo‘l ko‘tarmaymiz. Balki ichimizda ibodat qilarmiz. (w19.03, 31-sah.)

Bolaning nomusiga tajovuz qilish qanchalik jiddiy?

Bu, qilmishning qurboniga aylangan bolaga, jamoatga, hukumatga va Xudoga qarshi gunoh deb hisoblanadi. Bola tahqirlangani haqida xabar topgan oqsoqollar bu masalada hukumat qonunlariga amal qiladi. (w19.05, 9–10-sah.)

Qay yo‘sin fikrlash tarzimiz va munosabatimizni o‘zgartira olamiz?

Asosiy qadamlar: Yahovaga ibodat qilish. O‘zimizni tekshirish maqsadida mulohaza yuritish. Donolik bilan yaxshi do‘stlarni tanlash. (w19.06, 11-sah.)

Hozirdanoq ta’qiblarga qay yo‘sin tayyorlana olamiz?

Yahova bilan munosabatlarimizni mustahkamlashimiz kerak. U bizni sevishiga va aslo tark etmasligiga ishoning. Kunda Muqaddas Kitobni o‘qib, doim ibodat qiling. Xudoning Shohligi barakalar olib kelishi chin ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Sevimli oyatlaringizni va hamd-u sano qo‘shiqlarini yodlab oling. (w19.07, 2–4-sah.)

Qarindoshlarimiz qutqarilishi uchun ularga qanday yordam bera olamiz?

Buning uchun fahmli bo‘lishimiz, yaxshi xulq-atvor orqali shohidlik berishimiz, sabrli va mehribon bo‘lishimiz o‘ta muhim. (w19.08, 15–17-sah.)

Iso Matto 11:28 da va’da qilganiday, qanday qilib rohat olyapmiz?

Mehribon nozirlarga, eng a’lo do‘stlarga egamiz va eng a’lo ishimiz bor. (w19.09, 23-sah.)

Yahova harakat qilishimiz uchun bizda qay yo‘sin istak uyg‘ota oladi? (Filip. 2:13)

Xudoning Kalomini o‘qiyotganda, mulohaza yuritayotganda Yahova bizga kuch ato etib, Uning irodasini bajarish istagini uyg‘otishi va harakat qilishimiz uchun kuch berishi mumkin. Uning ruhi yordamida qobiliyatlarimizni yaxshilay olamiz. (w19.10, 21-sah.)

Jiddiy qaror chiqarishdan oldin qanday qadamlar qo‘yish oqilona bo‘lardi?

Beshta qadam bor: Chuqur izlanish o‘tkazing. Donolik so‘rab ibodat qiling. Niyatlaringizni tekshiring. Aniq maqsadlarni ko‘zlang. Muvozanatli bo‘ling. (w19.11, 27–29-sah.)

O‘lmas jon to‘g‘risidagi soxta ta’limot Shayton Adan bog‘ida Momohavoni yo‘ldan ozdirganda paydo bo‘lganmi?

Bunday bo‘lganga o‘xshamaydi. Shayton Momohavoga o‘lishini, ruhi esa qayerdadir yashashda davom etishini aytmagan. Soxta topinuvchilarning barchasi Nuh davridagi To‘fonda yo‘q bo‘lib ketgan. O‘lmas jon haqidagi ta’limot, ehtimol, Xudo Bobilda tillarni aralashtirib yuborganidan oldin paydo bo‘lgan. (w19.12, 15-sah.)