22-TADQIQ MAQOLASI
Tadqiq qilish uslubingizni charxlang
Qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlanglar. FILIP. 1:10
35-QO‘SHIQ «Qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlanglar»
BU MAQOLADA *
1. Nima uchun ba’zilarga tadqiq qilish qiyin bo‘lishi mumkin?
BUGUNGI kunda ko‘plar yetarlicha puli bo‘lishi uchun ter to‘kib mehnat qiladi. Ko‘pgina birodar-u opa-singillarimiz oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish uchun ko‘p ishlaydi. Yana ko‘plar esa, ishga borish va uyga qaytish uchun bir necha soat vaqtini yo‘lga ketkazishiga to‘g‘ri keladi. Boshqalar o‘zini ta’minlash uchun og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadi. Kunning oxiriga kelib mehnatsevar imondoshlarimiz holdan toyadi. Ular shunchalik charchaganidan tadqiq qilishga kuchi qolmaydi.
2. Qaysi paytlari tadqiq o‘tkazasiz?
2 Ammo haqiqat shundaki, Xudoning Kalomini va unga asoslangan adabiyotlarni tadqiq qilish, ya’ni ularni chinakamiga o‘rganish uchun vaqt ajratishimiz kerak. Zero, Yahova bilan bo‘lgan munosabatlarimiz va abadiy yashashimiz bunga bog‘liq! (1 Tim. 4:15) Ayrimlar har kuni sahar turib, tinch va tungi dam olishdan so‘ng fikrlari ravshan bo‘lganida tadqiq o‘tkazadi. Boshqalar esa, kun oxirida hech kim xalaqit qilmaydigan paytda Muqaddas Kitob va unga asoslangan adabiyotlarimizni o‘qib, ustida mulohaza yuritadi.
3–4. Taqdim etilayotgan ma’naviy ozuqa borasida qanday o‘zgarishlar kiritildi va nega?
3 Shubhasizki, tadqiq qilish uchun vaqt ajratish muhim ekaniga qo‘shilasiz. Lekin nimani tadqiq qilishimiz kerak? Ehtimol: «O‘qish uchun ma’lumot bisyor. Hammasini o‘qishga arang vaqt ajratyapman»,— dersiz. Kimlardir ma’naviy ozuqadan to‘laqonli bahramand bo‘la olyapti, biroq ko‘pgina birodar-u opa-singillarimiz uchun buni qilish oson kechmayapti. Yetakchi kengash bundan boxabar. Shu sababli, bosma shaklda chop etiladigan va Internetdagi adabiyotlarni qisqartirish yo‘l-yo‘rig‘i berildi.
Filip. 1:10) Keling, qay yo‘sin nima muhimroq ekanini aniqlashingiz va qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqidan to‘laligicha foyda olishingiz mumkinligini bilib olaylik.
4 Misol tariqasida olsak, bir qancha daldali voqealar jw.org® saytida va JW Internet-televideniyesining har oygi ko‘rsatuvlarida taqdim etilgani bois, «Yahova Shohidlarining yilnomasi» endi chop etilmaydi. Hozirda «Qo‘riqchi minorasi»ning tarqatish soni va «Uyg‘oning!» jurnali yiliga uch marta chiqyapti. Bu o‘zgarishlar ko‘proq vaqtimizni topinishimiz bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga sarflashimiz uchun emas, balki «muhimroq narsalar»ga yanada diqqatli bo‘lishimiz uchun kiritildi. (NIMA USTUVOR EKANINI ANIQLANG
5–6. Qaysi adabiyotlarimizni diqqat bilan tadqiq qilishimiz kerak?
5 Xo‘sh, nimalarni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak? Albatta har kuni Xudoning Kalomini tadqiq qilishimiz lozim. O‘qiganlarimiz ustida mulohaza yuritishga va qo‘shimcha izlanish olib borishga ko‘proq vaqtimiz bo‘lishi uchun har hafta yig‘ilishda Muqaddas Kitobdan o‘qiladigan oyatlar soni qisqartirildi. Maqsadimiz dasturdagi oyatlarni shunchaki o‘qib chiqish emas, balki Muqaddas Kitobda yozilganlar qalbimizgacha yetib borib, bizni Yahovaga yanada yaqinlashtirishi bo‘lishi kerak. (Zab. 19:14)
6 Yana nimani diqqat bilan tadqiq qilish kerak? Albatta, «Qo‘riqchi minorasi» hamda jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi uchun mavzuni o‘rganib chiqishni va shu bilan birga «Ta’lim dasturi»dagi boshqa ma’lumotni o‘qishni istaymiz. Shuningdek, «Qo‘riqchi minorasi» tadqiq va tarqatish soni hamda «Uyg‘oning!» jurnallarining har bir sonini nazardan chetda qoldirmasligimiz kerak.
7. Veb-saytimizda yoki JW Internet-televideniyesida taqdim etilayotgan ma’naviy ozuqaning barchasidan foydalana olmayotgan bo‘lsak, tushkunlikka tushishimiz kerakmi?
7 Balki: «Ajoyib, lekin jw.org veb-sayti va JW Internet-televideniyesida chiqayotgan ma’lumotlar haqida nima desa bo‘ladi? Axir u yerda rosa ko‘p narsa bor!» — dersiz. Quyidagi misolga e’tibor bering: kafeda turli mazali ovqatlar tizib qo‘yilgan bo‘lsa-da, kelganlar hammasini paqqos tushirmaydi, aksincha, o‘ziga kerakligicha oladi, xolos. Shunga o‘xshab, barcha elektron ma’lumotni o‘qishga ulgurmayotgan bo‘lsangiz, tushkunlikka tushmang. Imkoningiz yo‘l qo‘yganicha o‘qing yoki video mahsulotlarni tomosha qiling. Endi esa, tadqiq qilish nimani o‘z ichiga olishini va undan iloji boricha ko‘p foyda olish uchun nima qilishimiz mumkinligini bilib olaylik.
TADQIQ BU MEHNATDIR
8. «Qo‘riqchi minorasi»dagi maqolani qay yo‘sin tadqiq qilishingiz mumkin va bu sizga qanday foyda keltiradi?
8 Tadqiq qilish diqqat-e’tibor va biron maqsad bilan o‘qishdir. Bu shunchaki muayyan mavzu bilan tanishib chiqib, javoblarni belgilashni anglatmaydi. Masalan, «Qo‘riqchi minorasi» tadqiqiga tayyorlanganda maqolaning boshida keltirilgan «Bu maqolada» sarlavhasini o‘qib chiqing. So‘ng maqolaning nomini, sarlavhalarini va takrorlash savollarini o‘qib, fikr yuriting. Keyin esa, maqolani shoshilmay mutolaa qiling. Xatboshida nima haqida yozilganiga e’tibor bering, odatda bu har bir xatboshining ilk jumlasida keltiriladi. Mazkur jumla yordamida xatboshida qanday fikr yoritilishini bilib olasiz. Maqolani o‘qir ekansiz, har bitta xatboshi sarlavha va asosiy mavzu bilan qanday bog‘liq ekani to‘g‘risida o‘ylang. Sizga notanish va aniqlashtirmoqchi bo‘lgan har qanday so‘zlar-u fikrlarni yozib oling.
9. a) «Qo‘riqchi minorasi»ni tadqiq qilayotganda nega va qay yo‘sin oyatlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim? b) Yoshua 1:8 ga ko‘ra, oyatlarni o‘qishdan tashqari yana nima qilishimiz kerak?
Yoshua 1:8 ni o‘qing.)
9 «Qo‘riqchi minorasi»ni tadqiq qilish Muqaddas Kitobni o‘rganish demakdir. Shunday ekan, maqoladagi oyatlarga, ayniqsa, «o‘qing» deb belgilanganlariga jiddiy e’tibor qarating. Oyatlardagi kalit so‘zlar yoki iboralar xatboshidagi fikr bilan qanday bog‘liq ekanini sinchkovlik bilan o‘rganing. Shuningdek, vaqt ajratib o‘qilgan oyatlar ustida mulohaza qiling va ularni hayotingizda qay yo‘sin tatbiq qilishingiz haqida fikr yuriting. (10. Ibroniylarga 5:14 ga binoan, nima sababdan ota-ona oilaviy topinish paytida farzandlariga tadqiq qilishni va izlanish olib borishni o‘rgatishi kerak?
10 Ota-onalar har haftadagi oilaviy topinish dasturi farzandlari uchun qiziqarli bo‘lishini istashi shubhasiz. Garchi ota-ona oilaviy topinishda aynan nimani ko‘rib chiqishni rejalashtirishi kerak bo‘lsa-da, ular har hafta o‘zgacha o‘yinlar o‘ynash yoki qiziqarli loyihalar ustida ishlash kerak degan fikrga borishlariga hojat yo‘q. Oilaviy topinishda har oy JW Internet-televideniyesida chiqadigan ko‘rsatuvni tomosha qilish, gohida Nuh kemasining modelini yasash kabi o‘zgacha loyihalar ustida ishlash mumkin. Ammo shu bilan birga bolalarga qay yo‘sin tadqiq qilish kerakligini o‘rgatish muhimdir. Masalan, ular qay yo‘sin yig‘ilishlarga tayyorgarlik ko‘rish yoki maktabdagi muammolarni yechish borasida izlanish olib borishni o‘rganishi kerak. (Ibroniylarga 5:14 ni o‘qing.) Agar bolalar Muqaddas Kitobni uyda tadqiq qilishni o‘rgansa, jamoat uchrashuvlari-yu anjumanlarda taqdim etilayotgan ma’lumotga diqqatli bo‘la oladi. Chunki videolar doim ham bo‘lmasligi mumkin. Albatta, tadqiq qancha davom etishi bolaning yoshi va shaxsiyatiga bog‘liq.
11. Nima uchun Muqaddas Kitobni o‘rganayotganlarga o‘zlari samarali tadqiq o‘tkazishni o‘rgatish muhim?
11 Biz Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazayotgan kishilar ham qay yo‘sin tadqiq qilish kerakligini o‘rganishi lozim. Ular endi tadqiq qilishni boshlaganida, Muqaddas Kitob tadqiqiga yoki yig‘ilishlarga tayyorlanayotib, javoblarni belgilaganini ko‘rib xursand bo‘lamiz. Ammo, shuningdek, ularga qay yo‘sin o‘zlari izlanish olib borishi va samarali tadqiq o‘tkazishi mumkinligini o‘rgatishimiz zarur. Shunda ular biron muammoga duch kelganda yordam so‘rab shu zahoti jamoat a’zolariga murojaat qilmaydi, balki adabiyotlarimiz yordamida izlanish olib borib, o‘zlari uchun amaliy maslahatlar topa oladi.
MAQSAD BILAN TADQIQ QILING
12. Tadqiq paytida qanday maqsadlar bo‘lishi mumkin?
12 Tadqiq qilishni xush ko‘rmasangiz, undan quvonch topish qiyin deb o‘ylarsiz. Ammo buning iloji bor. Misol uchun, boshida qisqa vaqt davomida tadqiq o‘tkazing, keyin esa, bora-bora bunga ko‘proq vaqt ajrating. Tadqiq qilganda aniq maqsadingiz bo‘lsin. Albatta eng asosiy maqsadimiz Yahovaga yaqinlashish bo‘lish kerak. Bundan tashqari, biror kim bergan savolga javob topish yoki duch kelayotgan muammolarimiz asosida izlanish o‘tkazish ham maqsadlar qatoriga kirishi mumkin.
13. a) Maktabda o‘qiydiganlar e’tiqodini himoya qilish uchun qanday qadamlar qo‘ya oladi? Tushuntiring. b) Kolosaliklarga 4:6 dagi maslahatga qay yo‘sin amal qila olasiz?
13 Aytaylik, maktabda o‘qiysiz. Madhiyani kuylamaganingiz sabab sinfdoshlaringiz bosim o‘tkazayotgandir. Ehtimol, bu borada Muqaddas Kitobda nima deyilganini tushuntirib bermoqchisiz-u, ammo o‘zingizni bunga tayyor emasday his etishingiz mumkin. Bu borada tadqiq o‘tkazing! Quyidagi ikkita maqsadni ko‘zlasangiz bo‘ladi: 1) bu dunyodan emasligingizni tushuntirish uchun imoningizni mustahkamlang va 2) haqiqatni himoya qilish qobiliyatingizni yaxshilang. (Rim. 1:20; 1 Butr. 3:15) O‘zingizdan shunday deb so‘rashingiz mumkin: «Nima sababli sinfdoshlarim madhiyani kuylashyapti?» So‘ng adabiyotlarimiz yordamida puxta tadqiq o‘tkazing. E’tiqodingizni himoya qilish siz o‘ylaganchalik qiyin bo‘lmasligi mumkin. Aksariyat odamlar ular hurmat qilgan kishi madhiyani kuylash kerak degani uchungina uni kuylashadi. Atigi bitta yoki ikkita dalil topsangiz, chindan ham haqiqatni izlayotgan insonga yordam bera olishingiz mumkin. (Kolosaliklarga 4:6 ni o‘qing.)
QIZIQISHINGIZNI KUCHAYTIRING
14–16. a) Muqaddas Yozuvlardagi siz uncha yaxshi bilmaydigan kitobni aniqroq tushunish uchun nima qila olasiz? b) Havola qilingan oyatlar yordamida qanday qilib Amos kitobi haqida yorqin tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin? Tushuntiring (Shuningdek, « Muqaddas Kitob qahramonlarini yaxshiroq bilib oling» nomli ramkaga qarang.)
14 Tasavvur qiling, keyingi yig‘ilish dasturi bo‘yicha «Kichik payg‘ambarlar» * kitoblarining birini tadqiq qilish kerak. Balki tadqiq qilinadigan kitobni uncha yaxshi bilmassiz. Bu kitobga nisbatan qiziqishingizni kuchaytirishning yo‘llaridan biri u yerda nima haqida yozilganini bilish istagidir. Xo‘sh, bunga qay yo‘sin erishsa bo‘ladi?
15 Avval o‘zingizga shunday savollar bering: «Bu kitobning muallifi to‘g‘risida nimani bilaman? U kim bo‘lgan, qayerda yashagan va nima bilan shug‘ullangan?» Kitobni kim yozgani haqida ko‘proq bilib olsangiz, u nima uchun muayyan so‘zlarni yoki misollarni tanlaganini yaxshiroq tushuna olasiz. Muqaddas Kitobni o‘qir ekansiz, uni yozgan insonning shaxsiyatini ochib beruvchi iboralarga e’tibor bering.
16 Keyin mazkur kitob qachon yozilgani borasida tadqiq qilishni foydali deb topishingiz mumkin. Buni «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»da keltirilgan «Muqaddas Kitobdagi kitoblar jadvali»dan osonlikcha topa olasiz. Shuningdek, A6-ilovasida keltirilgan shohlar va payg‘ambarlar haqidagi diagrammadan foydalanishingiz mumkin. Bordi-yu, bashoratlar yozilgan kitobni tadqiq qilayotgan bo‘lsangiz, mazkur kitob qanday sharoitlarda yozilganini o‘rgansangiz, oqilona bo‘ladi. Payg‘ambar qanday noto‘g‘ri nuqtai nazar-u ishlarni to‘g‘rilashga umid qilgan? Muqaddas Kitobning qaysi yozuvchilari uning Amos 1:1 ga keltirilgan Shohlar to‘rtinchi va Solnomalar ikkinchi kitobdagi o‘xshash oyatlarni o‘qish foydali bo‘lishi mumkin. Qolaversa, balki, Amosning zamondoshi bo‘lgan Ho‘sheyaning kitobini ko‘rib chiqarsiz. Ushbu barcha oyatlar yordamida Amos qanday paytda yashagani borasida yorqin tasavvurga ega bo‘la olamiz. (4 Shoh. 14:25–28; 2 Sol. 26:1–15; Ho‘sh. 1:1–11; Amos 1:1)
zamondoshlari bo‘lgan? To‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun, ehtimol, Muqaddas Kitobning boshqa oyatlariga murojaat qilishingizga to‘g‘ri kelar. Misol uchun, Amos payg‘ambar qanday paytda yashaganini yaxshiroq tushunish uchunMAYDA-CHUYDA TAFSILOTLARGA HAM DIQQATLI BO‘LING
17–18. Yuqoridagi yoki shaxsiy misollaringiz yordamida ahamiyatsizday tuyulgan tafsilotlarga diqqatli bo‘lish tadqiqni qay yo‘sin qiziqarli qilishini aytib bering.
17 Muqaddas Kitobni kuchli ishtiyoq bilan o‘qish yaxshidir. Masalan, Zakariyo kitobining 12-bobini o‘qiyotganingizni tasavvur qiling. U yerda Masihning o‘limi bashorat qilingan. (Zakr. 12:10) Masalan, 12-oyatga yetib kelganingizda, «Natan xonadonining oilalari» Masihning o‘limidan qattiq qayg‘uga botib yig‘lashi bashorat qilinganini o‘qiysiz. Mazkur oyatdagi tafsilotni shunchaki o‘qimay, bir oz to‘xtab o‘zingizga shunday savol bering: «Natan xonadoni va Masih o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Qaerdan ko‘proq ma’lumot olsam bo‘ladi?» «Izquvar» kabi izlanish olib borsangiz bo‘ladi. O‘xshash oyatga qarasangiz, 2 Shohlar 5:13, 14 keltirilgan. U yerda yozilishicha, Natan shoh Dovudning o‘g‘illaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi o‘xshash oyatga, ya’ni Luqo 3:23, 31 ga qarasangiz, Iso Maryamning ajdodi bo‘lmish Natanning avlodidan kelib chiqqanini bilib olsa bo‘ladi. («Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi»ning 2018-yil, iyun sonidagi «Yusufning otasi kim edi?» nomli tadqiq uchun ma’lumotga qarang.) Shunda qiziqishingiz yanada kuchayadi! Axir Iso Dovudning avlodidan kelib chiqishi bashorat qilinganini bilgansiz. (Mat. 22:42) Lekin Dovudning 20 dan oshiq o‘g‘li bo‘lgan. Natan xonadoni Isoning o‘limidan qayg‘urish uchun sababi bo‘lganini Zakariyo aytgani juda qiziqarli, shunday emasmi?!
18 Yana bir misolni ko‘rib chiqaylik. Luqo kitobining birinchi bobida farishta Jabroil Maryamning yoniga kelib, uning tug‘ilajak o‘g‘li haqida shunday deb aytgan: «U ulug‘ bo‘ladi, Xudoyi Taoloning O‘g‘li deb ataladi va Tangri Yahova unga bobokaloni Dovudning taxtini beradi. U Yoqubning xonadoni ustidan shohlik qiladi va Shohligining cheki bo‘lmaydi». (Luqo 1:32, 33) Jabroil aytgan gaplarning faqatgina birinchi qismiga, ya’ni Iso «Xudoyi Taoloning O‘g‘li» deb ataladi degan so‘zlarga diqqat qaratishimiz tabiiy. Ammo, shuningdek, Jabroil Iso «shohlik qilishini» ham bashorat qilgan. Shu bois, uning bu so‘zlari Maryam uchun nimani anglatgan deb qiziqishimiz mumkin. U Jabroilning aytganlari Iso Hirodning yoki uning avlodlaridan biri o‘rniga Isroilda boshqarishini anglatadi deb o‘ylaganmi? Bordi-yu, shunday bo‘lsa, Maryam shohning onasi bo‘lardi va o‘z oilasi bilan saroyda yashardi. Biroq Muqaddas Kitobning hech qayerida Maryam bu haqda Jabroilga biron nima degani yoki Isoning ikkita shogirdi kabi Shohlikda qandaydir mavqega ega bo‘lishni so‘raganini o‘qimaymiz. (Mat. 20:20–23) Bunday tafsilot tufayli Maryam chindan ham kamtarin ayol bo‘lganiga yanada amin bo‘lamiz!
19–20. Yoqub 1:22–25 va 4:8 da keltirilganidek, tadqiq qilayotganda qanday maqsadlarni ko‘zlaymiz?
19 Shuni unutmaylikki, Muqaddas Kitob va unga asoslangan adabiyotlarimizni tadqiq qilishdan asosiy maqsad Yahovaga yaqinroq bo‘lishdir. Qolaversa, «qanday inson» ekanimizni aniqroq ko‘rishni va Xudoga ma’qul kelish uchun nimalar qilishimiz kerakligini bilishni istaymiz. (Yoqub 1:22–25; 4:8 ni o‘qing.) Har safar tadqiq boshida Yahovaga ibodat qilib muqaddas ruh hamda tadqiqdan to‘laqonli foyda olish va qanday o‘zgarishlar qilishni aniq ko‘rish uchun yordam so‘rashimiz zarur.
20 Hammamiz sano bastakori tasvirlagan Xudoning sadoqatli xizmatchisi kabi bo‘lishni istaymiz: «U Yahovaning qonunidan zavq olib, qonuni ustida tun-u kun fikr yuritadi [past ovozda o‘qiydi, izoh]. [...] U barcha ishlarida muvaffaqiyatga erishadi». (Zab. 1:2, 3)
88-QO‘SHIQ Ochib ber menga yo‘llaringni
^ 5- x.b. Tangri Yahova tomosha qilishimiz, o‘qishimiz va tadqiq qilishimiz uchun juda ko‘p ma’lumot taqdim etmoqda. Ushbu maqola nimani tadqiq qilishni tanlashingizga ko‘maklashadi va undan iloji boricha ko‘proq foyda olish uchun amaliy takliflarni taqdim etadi.
^ 14- x.b. IBORA MA’NOSI. «Kichik payg‘ambarlar» deyilganda odatda Muqaddas Kitobdagi Ho‘sheyadan Malakigacha bo‘lgan kitoblar nazarda tutiladi.
^ 62- x.b. RASMLARGA SHARHLAR. Ota-ona farzandlariga «Qo‘riqchi minorasi» tadqiqiga tayyorgarlik ko‘rishni o‘rgatyapti.
^ 64- x.b. RASMLARGA SHARHLAR. Birodar Amos payg‘ambar haqida izlanish olib boryapti. Orqada esa, birodar Muqaddas Kitobdagi voqealarni o‘qib, ustida mulohaza yuritganida, unda qanday tasavvur paydo bo‘lganini ko‘rsatuvchi suratlar keltirilgan.