15-TADQIQ MAQOLASI
Hududingizdagi odamlar haqida qanday nuqtai nazardasiz?
Ko‘zlaringizni ekinzorlarga tikib qaranglar, hosil yetilgan. YUHAN. 4:35
64-QO‘SHIQ O‘rim-yig‘imda quvonch ila qatnashamiz
BU MAQOLADA *
1–2. Yuhanno 4:35, 36 dagi so‘zlarni aytganda, Iso nimani nazarda tutgan?
ISO sayohat qilayotib, ehtimol, endigina unishni boshlagan arpa dalalaridan o‘tadi. (Yuhan. 4:3–6) Deyarli to‘rt oydan so‘ng bu hosil o‘rim-yig‘imga tayyor bo‘ladi. Iso boshqalarga g‘alati eshitilishi mumkin bo‘lgan quyidagi so‘zlarni aytadi: «Ko‘zlaringizni ekinzorlarga tikib qaranglar, hosil yetilgan». (Yuhanno 4:35, 36 ni o‘qing.) U nimani nazarda tutgan?
2 Aftidan, Iso hosilni emas, balki odamlarni yig‘ish to‘g‘risida gapirgan. Bundan sal keyin nima bo‘lganiga diqqat qarating. Odatda yahudiylar samariyaliklar bilan muloqot qilishdan qochgan bo‘lsa-da, Iso samariyalik ayolga va’z qildi va u uni tingladi! Darvoqe, Iso «hosil yetilgani» to‘g‘risida gapirayotganda, haligi ayoldan u haqida eshitgan bir gala samariyaliklar Isodan ko‘proq narsani o‘rganish uchun oldiga kelayotgandi. (Yuhan. 4:9, 39–42) Bu voqea borasida bir ilohiyotshunos shunday dedi: «Odamlarning ishtiyoqi... ular o‘rim-yig‘imga tayyor hosil kabi bo‘lganini ko‘rsatdi».
3. Odamlarga Iso kabi nuqtai nazarda bo‘lsangiz, bu xizmatingizga qanday ta’sir qiladi?
3 Siz va’zgo‘ylikda uchratadigan odamlarga qanday nuqtai nazardasiz? Ularga o‘rim-yig‘imga tayyor hosil kabi qarayapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu quyidagi uchta narsada ko‘rinadi: birinchidan, zudlik bilan va’z qilasiz. O‘rim-yig‘im payti chegaralangan; bekorchi vaqtimiz yo‘q. Ikkinchidan, odamlar xushxabarni tinglayotganini ko‘rib quvonchni his etasiz. Muqaddas Kitobda odamlar o‘rim-yig‘im paytida shodlanishi haqida Ishayo 9:3) Uchinchidan, har bir odamga bo‘lajak shogirdday qaraysiz va shu bois, muqaddimangiz unga qiziqarli bo‘lishi uchun uni moslashtirasiz.
aytilgan. (4. Bu maqolada havoriy Pavlusdan nimalarni o‘rganamiz?
4 Isoning ba’zi izdoshlari samariyaliklar hech qachon Isoning shogirdi bo‘lmaydi, deb o‘ylashgandir. Lekin Iso bunday fikrda bo‘lmagan. Aksincha, u ularga bo‘lajak shogirdlariday qaragan. Biz ham hududimizdagi odamlarga Masihning bo‘lajak shogirdlariday nuqtai nazarda bo‘lishimiz lozim. Bu borada havoriy Pavlus taqlid qilishimizga arzigulik ajoyib o‘rnak qoldirgan. Xo‘sh, undan nimani o‘rganishimiz mumkin? Bu maqolada qay yo‘sin Pavlus 1) va’z qilganda uchratgan odamlarning e’tiqodi haqida bilishga harakat qilgani, 2) ular nimalar bilan qiziqqanini tushungani va 3) ularga Isoning bo‘lajak shogirdlari sifatida qaraganini muhokama qilamiz.
ULAR NIMAGA ISHONADI?
5. Nima uchun Pavlus ibodatxonadagi tinglovchilarini tushuna olgan?
5 Pavlus yahudiylarning ibodatxonalarida tez-tez va’z qilgan. Masalan, u Salonikadagi ibodatxonada «uch hafta davomida har Shabbat kuni ular [yahudiylar] bilan Muqaddas Yozuvlar asosida muzokara qilgan». (Havor. 17:1, 2) Ehtimol, Pavlus ibodatxonada o‘zini bemalol his etgandir. Axir u yahudiy edi. (Havor. 26:4, 5) Pavlus yahudiylarni yaxshi tushungan va shu bois, ularga aminlik bilan va’z qila olgan. (Filip. 3:4, 5)
6. Pavlus Afinaning bozor maydonida va’z qilganda uchratgan odamlar ibodatxonadagilardan nimasi bilan farq qilardi?
6 Ta’qib qiluvchilar dastidan Pavlus Salonikadan, keyin esa Veriyadan qochishga majbur bo‘lib, Afinaga keladi. U yerda ham «u ibodatxonada yahudiylar va boshqa xudojo‘y kishilar bilan muzokara qila boshladi». (Havor. 17:17) Bozor maydonida va’z qilganida esa, Pavlus boshqa toifadagi odamlarni uchratgan. Tinglovchilari orasida faylasuflar va o‘zga xalq vakillari bo‘lib, Pavlus va’z qilgan xabar ular uchun «yangi ta’limot» edi. Ular unga: «Siz hayotimizda eshitmagan so‘zlarni gapiryapsiz»,— deyishgan. (Havor. 17:18–20)
7. Havoriylar 17:22, 23 ga ko‘ra, qay yo‘sin Pavlus va’z qilish uslubini moslashtirgan?
7 Havoriylar 17:22, 23 ni o‘qing. Pavlus Afinadagi o‘zga xalq vakillariga va’z qilganda, ibodatxonada yahudiylarga qo‘llagan usulidan foydalanmagan. Balki u o‘ziga shunday savol bergandir: «Afina aholisi nimaga ishonadi?» U atrofini diqqat ila kuzatib, odamlarning diniy urf-odatlarini e’tiborga olgan. Keyin Pavlus ularning topinishi va Muqaddas Yozuvlardagi haqiqat o‘rtasida qanday umumiylik borligini izlagan. Bir ilohiyotshunos quyidagicha fikr bildirdi: «Yahudiy masihiy sifatida u butparast yunonlar yahudiylar va masihiylar “haq” deb hisoblaydigan Xudoga topinmasligini bilgan. Ammo Pavlus u xabarlab yurgan Xudo afinaliklar uchun aslida begona emasligini ko‘rsatishga harakat qilgan». Shu sababli, u va’z qilish uslubini moslashtirishga tayyor bo‘lgan. Pavlus u va’z qilayotgan xabar afinaliklar sig‘inayotgan «Noma’lum Tangridan» kelganini aytgan. O‘zga xalq vakillari Muqaddas Yozuvlar bilan tanish emasdi, lekin Pavlus ular hech qachon Masihning shogirdlari bo‘la olmaydi, deb o‘ylamagan. Aksincha, u ularga o‘rim-yig‘imga tayyor hosilday qaragan va xushxabarni aytish usulini moslashtirgan.
8. a) Hududingizdagi odamlar nimaga e’tiqod qilishini qanday aniqlay olasiz? b) Kimdir o‘z e’tiqodi borligini aytsa, qanday javob berishingiz mumkin?
8 Pavlus singari kuzatuvchan bo‘ling. Hududingizdagi odamlar nimaga e’tiqod qilishini ko‘rsatuvchi belgilarni izlang. Uy egasining uyi yoki transport vositasi qanday bezatilgan? Uning ismi, kiyimi, pardozi yoki hatto aytayotgan so‘zlari dini haqida nimani ochib bermoqda? Balki u o‘z e’tiqodi borligini sizga ochiqchasiga aytgandir. Bir maxsus kashshof shunday vaziyatga duch kelsa, quyidagicha javob berar ekan: «Sizga e’tiqodimni uqtirmoqchi emasman, shunchaki bir mavzu borasida suhbatlashmoqchi edim».
9. Xudojo‘y kishi bilan qanday umumiylikni topishingiz mumkin?
9 Xudojo‘y kishi bilan qaysi mavzular borasida suhbat qurishingiz mumkin? Umumiylikni topishga harakat qiling. Balki u yagona Xudoga topinar, Isoni payg‘ambar deb bilar yoki oxirzamonda yashayotganimizga ishonar. Umumiy e’tiqodlaringiz asosida Muqaddas Kitobdagi xabarni kishiga qiziq bo‘ladigan tarzda ayting.
10. Nima qilishga intilishimiz kerak va nega?
10 Shuni unutmangki, odamlar o‘z dinidagi hamma ta’limotga ham ishonmasligi mumkin. Hatto kishining dinini bilganingizdan keyin ham, uning o‘zi shaxsan nimaga ishonishini tushunishga intiling. Avstraliyadagi Deyvid ismli maxsus kashshof: «Hozir ko‘plar faylasuflikni o‘z diniy e’tiqodlari bilan aralashtirib yuborgan»,— deb aytdi. Albaniyadagi Donalta esa shunday dedi: «Biz uchratadigan ba’zilar muayyan dinga e’tiqod qilishini aytadi, lekin keyinroq aslida Xudoga ishonmasligini tan oladi». Argentinada to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y 1 Kor. 9:19–23)
bo‘lib xizmat qilayotgan birodar shuni kuzatdiki, ayrimlar uchlikka ishonishini aytsa-da, aslida Ota, O‘g‘il va muqaddas ruh bitta Xudo ekaniga ishonmasligi mumkin. U shunday dedi: «Buni bilish kishi bilan umumiylikni topishni ancha osonlashtiradi». Xullas, insonlar aslida nimaga ishonishini bilishga harakat qiling. Shunda Pavlus singari «har turli insonlar uchun hamma narsa bo‘la» olasiz. (ULAR NIMALAR BILAN QIZIQADI?
11. Havoriylar 14:14–17 da yozilganidek, aytgan xabari Listradagi odamlarga qiziqarli bo‘lishi uchun Pavlus nima qildi?
11 Havoriylar 14:14–17 ni o‘qing. Pavlus tinglovchilari nimalar bilan qiziqishini aniqlab, muqaddimasini shunga moslashtirgan. Masalan, u Listrada va’z qilganda u yerdagi olomon Muqaddas Yozuvlar borasida ozgina bilardi yoki ular bilan umuman tanish emasdi. Shu bois, Pavlus ularga tushunarli tarzda gapirdi. U serhosil mavsumlar va hayotdan rohatlanib yashash to‘g‘risida aytdi. U tinglovchilari osonlikcha tushunishi mumkin bo‘lgan so‘zlar-u misollardan foydalandi.
12. Qay yo‘sin kishi nimalar bilan qiziqishini aniqlab, muqaddimangizni moslashtira olasiz?
12 Hududingizdagi odamlarning qiziqishlarini aniqlash va muqaddimangizni moslashtirish uchun fahm-farosatni ishga soling. Odamga yoki uning uyiga yaqinlashar ekansiz, u nimalar bilan qiziqishini qanday aniqlay olasiz? Bu vaziyatda ham sizga kuzatuvchanlik yordam beradi. Ehtimol, u bog‘da ishlayotgandir, kitob o‘qiyotgandir, transport vositasini tuzatayotgandir yoki boshqa ish bilan mashg‘uldir. O‘rinli bo‘lsa, u mashg‘ul bo‘lgan ish asosida suhbat boshlasangiz bo‘ladi. (Yuhan. 4:7) Hatto kishining kiyimi ham u haqida nimanidir — balki millatini, kasbi yoki yoqtirgan sport jamoasini — ko‘rsatishi mumkin. «Futbolkasining ustiga sevimli qo‘shiqchisining surati tushirilgan 19 yoshli yigit bilan suhbat boshladim,— dedi Gustavu. — Men undan bu haqida so‘radim va u nega o‘sha qo‘shiqchini yoqtirishini aytib berdi. Bu suhbat asosida Muqaddas Kitob tadqiqi boshlandi va u hozir birodarimiz».
13. Qanday qilib Muqaddas Kitob tadqiqini qiziqarli tarzda taklif qila olasiz?
13 Kishiga Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qilganingizda, bu unga qiziqarli bo‘lishiga intiling; tadqiq unga qanday yordam berishini ko‘rsating. (Yuhan. 4:13–15) Misol uchun, qiziqish ko‘rsatgan bir ayol imondoshimizni uyiga taklif qildi. Imondoshimiz devorda o‘sha ayol ta’lim berish sohasi bo‘yicha mutaxassis ekanini ko‘rsatuvchi hujjat osilganini ko‘rganida, biz ham Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturi va yig‘ilishlarimiz orqali odamlarga ta’lim berishimizga alohida e’tibor qaratdi. O‘sha ayol tadqiq boshladi, ertasi kuni yig‘ilishga bordi va ko‘p o‘tmay tuman anjumaniga tashrif buyurdi. Bir yil o‘tgach, u suvga cho‘mdi. O‘zingizga shunday savollar bering: «Men takroriy tashrif qiladigan odamlar nimalar bilan qiziqadi? Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tishini ularga qiziqarli qilib tushuntirib bera olamanmi?»
14. Qay yo‘sin tadqiqni har bir kishiga moslashtira olasiz?
14 Kishi bilan tadqiq boshlagach, har bir tadqiqqa alohida tayyorgarlik ko‘ring. Uning oilasi, ma’lumoti, hayotiy tajribasi va nimalar bilan qiziqishi borasida mulohaza yuriting. Tayyorgarlik ko‘rar ekansiz, qaysi oyatlarni o‘qish, qaysi videolarni ko‘rsatish va Muqaddas Kitob haqiqatlarini tushuntirishda qanday misollardan foydalanishni aniqlab oling. O‘zingizdan: «Nima unga ayniqsa qiziq bo‘ladi va qalbini zabt etadi?» — deb so‘rang. (Hik. 16:23) Albaniyada Flora ismli kashshof bir ayol bilan tadqiq o‘tkazgan. O‘sha ayol qat’iylik ila shunday degan: «Tirilish haqidagi ta’limotni qabul qila olmayman». Flora bu borada uni majburlamagan. U shunday dedi: «Avval u tirilishni va’da qilayotgan Xudoni tanib-bilishi kerak, deb o‘yladim». O‘shandan boshlab Flora har bir tadqiqda Yahovaning sevgisi, donoligi va qudratiga alohida e’tibor qaratadigan bo‘ldi. Keyinchalik o‘sha ayol tirilishga ishondi. Hozir u Yahovaning g‘ayratli Shohidi.
ULARGA BO‘LAJAK SHOGIRDLARDAY QARANG
15. Havoriylar 17:16–18 ga ko‘ra qadimgi yunonlarning qaysi ishlari Pavlusni tashvishga solgan, lekin nega u afinaliklarga va’z qilishda davom etgan?
15 Havoriylar 17:16–18 ni o‘qing. Afina shahri butparastlik, jinsiy axloqsizlik va butparastlarga xos falsafaga to‘lib-toshgan bo‘lsa-da, Pavlus u yerdagi odamlardan umidini uzmagan. Ular uni haqorat qilishganiga qaramay, Pavlus va’z qilishni davom ettirgan. Uning o‘zi ham bir vaqtlar «shakkok, ta’qib qiluvchi va surbet» inson edi, lekin masihiy bo‘ldi. (1 Tim. 1:13) Iso Pavlusga bo‘lajak shogirdi kabi qaraganiday, u ham afinaliklarga shunday nuqtai nazarda edi va uning umidi puchga chiqmadi. (Havor. 9:13–15; 17:34)
16–17. Har turli insonlar Masihning shogirdlari bo‘lishi mumkinligi nimadan ko‘rinyapti? Misol keltiring.
16 Birinchi asrda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan insonlar Isoning shogirdlari bo‘lishgan. Pavlus yunonlarning Korinf shahrida yashovchi masihiylarga maktub yozganida, jamoatning ayrim a’zolari o‘tmishda jinoyatchi bo‘lishgani va dahshatga soladigan darajada axloqsiz hayot kechirishganini aytib o‘tgan. Keyin u shunday deb qo‘shib qo‘ygan: «Biroq Alloh sizlarni... yuvib tozaladi». (1 Kor. 6:9–11) Siz ham bu odamlar kelajakda o‘zgarib, Isoning shogirdi bo‘lishi mumkinligini ko‘ra olarmidingiz?
17 Bugungi kunda ham ko‘plab odamlar Isoning shogirdi bo‘lish uchun kerakli o‘zgarishlarni qilishga tayyor. Masalan, Avstraliyadagi Yukina ismli bir maxsus kashshof har turli odamlar Muqaddas Kitob xabariga qiziqish *.
ko‘rsatishi mumkinligiga amin bo‘ldi. Bir kuni u savdo markazida tatuirovkalari bor, keng va osilib yotgan kiyim kiygan bir ayolni ko‘rdi. Yukina shunday deydi: «Avvaliga biroz ikkilandim, ammo keyin u bilan suhbat boshladim. U Muqaddas Kitobga shunchalik qiziqar ekanki, tatuirovkalarining ba’zilari Zaburdan olingan oyatlar ekan!» Bu ayol tadqiq o‘tishni va yig‘ilishlarga qatnashni boshladi18. Nima uchun odamlarni hukm qilmasligimiz kerak?
18 Iso aksariyat odamlar uning izdoshi bo‘lishini kutgani sababli hosil o‘rim-yig‘im uchun yetilgan deb o‘ylaganmi? Yo‘q. Muqaddas Yozuvlarda nisbatan kam odam unga ishonishi haqida bashorat qilingan edi. (Yuhan. 12:37, 38) Qolaversa, Iso insonlarning ko‘nglidan o‘tgan fikrlarini bilish kabi mo‘jizaviy qobiliyatga ega edi. (Mat. 9:4) Shunday bo‘lsa-da, u bor diqqatini unga ishonadigan o‘sha kam odamga qaratgan va g‘ayrat ila barchaga va’z qilgan. Biz esa ko‘ngildan o‘tgan fikrlarni o‘qiy olmas ekanmiz, hududimizni yoki kishini hukm qilish moyilligiga qarshi turishimiz kerak emasmi?! Ha, insonlarga bo‘lajak shogirdlar sifatida qarang. Burkina-Fasoda to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lib xizmat qiladigan Mark bu borada quyidagicha dedi: «Ko‘pincha tezda o‘sadi, deb o‘ylagan odamlarim tadqiqni to‘xtatadi. Bu uzoqqa bormasa kerak, deb o‘ylaganlarim esa ma’nan o‘sadi. Bundan shuni tushundimki, Yahovaning ruhi bizni yo‘naltirishiga yo‘l qo‘yish yaxshiroq ekan».
19. Hududimizdagi odamlarga qanday nuqtai nazarda bo‘lishimiz lozim?
19 Bir qarashda hududimizda o‘rim-yig‘imga tayyor hosil kabi bo‘lganlar ko‘p emasday ko‘rinishi mumkin. Ammo Iso shogirdlariga nima deganini unutmang. Hosil yetilgan, ya’ni o‘rim-yig‘imga tayyor. Odamlar o‘zgarishi va Masihning shogirdlari bo‘lishi mumkin. Yahova bu bo‘lajak shogirdlarni «xazinalar» deb biladi. (Xag. 2:7) Odamlarga Yahova hamda Iso kabi nuqtai nazarda bo‘lsak, ularning kelib chiqishi va qiziqishlarini bilib olamiz. Shunda ularga begonalarga emas, balki bo‘lajak birodar-u opa-singillarimizga qaraganday qaraymiz.
57-QO‘SHIQ Har turli odamlarga va’z qilamiz
^ 5- x.b. Hududimizdagi odamlar haqidagi nuqtai nazarimiz va’z qilish va ta’lim berish uslubimizga qanday ta’sir qiladi? Ushbu maqolada Iso va havoriy Pavlus tinglovchilariga qanday nuqtai nazarda bo‘lganini bilib olamiz. Shuningdek, xizmatimizda uchraydigan odamlarning e’tiqodi-yu qiziqishlarini inobatga olib va ular ham Isoning shogirdi bo‘lishi mumkinligini tushunib, Iso hamda Pavlusga qanday taqlid qilishimiz mumkinligi haqida gap boradi.
^ 17- x.b. «Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartira oladi» nomli maqolalar turkumida odamlar qanchalik o‘zgarishi mumkinligining ko‘plab misollari keltirilgan. 2017-yilgacha ushbu maqolalar turkumi «Qo‘riqchi minorasi» jurnalida chiqardi. Endi uni jw.org® saytidan topishingiz mumkin. BIZ HAQIMIZDA > HIKOYALAR sarlavhasi ostiga qarang.
^ 57- x.b. RASMGA SHARH. Juftlik uyma-uy xizmat qilar ekan, 1) yaxshi holatdagi va gullar bilan bezatilgan uyni; 2) yosh bolali oila yashaydigan uyni; 3) ham tashidan, ham ichidan yomon holatdagi uyni va 4) dindor oila yashaydigan uyni ko‘radi. Nima deb o‘ylaysiz, haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lganlarni qayerdan topa olamiz?