7-TADQIQ MAQOLASI
Otamiz Yahovani qattiq sevamiz
Xudo bizni birinchi sevgani uchun, biz Uni sevamiz. 1 YUHAN. 4:19
3-QO‘SHIQ Qudratim, Umidim, Tayanchim O‘zing
BU MAQOLADA *
1–2. Yahova Uning oilasiga qo‘shilishimiz uchun qanday yo‘l ochdi va nega?
YAHOVA bizni topinuvchilaridan iborat bo‘lgan oilasiga qo‘shilishga taklif qildi. Naqadar ajoyib taklif! Bu oilaning a’zolari o‘zlarini Xudoga bag‘ishlagan va Isoning to‘lov qurbonligiga ishonadi. Biz baxtiyor oilamiz. Hozirning o‘zida mazmunli hayot kechiryapmiz. Shuningdek, kelajakda — xoh osmonda, xoh yer yuzida jannatda bo‘lsin — so‘ngi yo‘q hayotdan zavq olamiz.
2 Yahova sevgi tufayli, hatto bu Unga qimmatga tushsa ham, oilasiga qo‘shilishimiz uchun yo‘l ochib berdi. (Yuhan. 3:16) Ha, «qimmat bahoga sotib olinganmiz». (1 Kor. 6:20) To‘lov orqali Yahova U bilan yaqin munosabatlarga ega bo‘lishimizga imkon yaratdi. Qolaversa, koinotdagi eng buyuk Shaxsga «Ota» deb murojaat qilish sharafiga egamiz. Oldingi maqoladan bilib olganimizday, Yahova eng yaxshi Ota.
3. Bizda qanday savollar paydo bo‘lishi mumkin? (« Yahova menga e’tibor beryaptimi?» nomli ramkaga ham qarang.)
3 Muqaddas Kitobning bir yozuvchisi singari, bizda ham quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: «Yahovaning menga qilgan yaxshiliklarini qanday qaytaraman?» (Zab. 116:12) Mazkur savolning javobi shuki, samoviy Otamizga barcha yaxshiliklari uchun aslo qaytara olmaymiz. Ammo Xudoning sevgisi bizni ham Uni sevishga undaydi. Havoriy Yuhanno: «Xudo bizni birinchi sevgani uchun, biz Uni sevamiz»,— deb yozgandi. (1 Yuhan. 4:19) Xo‘sh, samoviy Otamizni sevishimizni qanday yo‘llar orqali ko‘rsata olamiz?
YAHOVAGA YAQIN BO‘LING
4. Yoqub 4:8 ga ko‘ra, nega Yahovaga yaqin bo‘lishga intilishimiz kerak?
4 Yahova biz Unga yaqin bo‘lishimizni va U bilan muloqot qilishimizni istaydi. (Yoqub 4:8 ni o‘qing.) U bizni «doimo ibodat qilinglar», deya undab, hamisha bizni tinglashga hozir. (Rim. 12:12) Bizni eshitish uchun U hech qachon juda band yoki nihoyatda charchagan bo‘lmaydi. Shu o‘rinda biz Kalomi bo‘lmish Muqaddas Kitobni va uni tushunishimizga ko‘maklashadigan adabiyotlarni o‘qib Uni tinglaymiz. Yig‘ilishlarda juda diqqatli bo‘lib ham Uni tinglagan bo‘lamiz. Muntazam muloqot farzandlarga o‘z ota-onasiga yaqin bo‘lishga yordam berganiday, Yahova bilan muntazam muloqot qilish ham Unga yaqin bo‘lishga ko‘maklashadi.
5. Ibodatlarimiz sifatini qanday yaxshilay olamiz?
5 Xudo bilan muloqot qilishingizning sifati haqida o‘ylab ko‘ring. Yahova ibodatda Unga yuragimizni to‘kib solishimizni istaydi. (Zab. 62:8) O‘zimizga quyidagi savolni bersak yaxshi bo‘lardi: «Ibodatlarim biror yerdan ko‘chirib olingan yuzaki xatga o‘xshaydimi yoki yurakdan chiqqan, qo‘lda yozilgan maktubga o‘xshaydimi?» Yahovani qattiq sevishingizga shubha yo‘q va U bilan munosabatingizni mustahkam saqlamoqchisiz. Bunga erishish uchun U bilan muntazam muloqot qilishingiz darkor. Unga pinhona tuyg‘ularingizni ishonib topshiring. Quvonch-u tashvishlaringizni Unga aytib bering. Ishonch bilan Undan yordam so‘rang.
6. Samoviy Otamizga yaqin bo‘lish uchun nima qilish kerak?
6 Samoviy Otamizga yaqin bo‘lish uchun minnatdorlik ruhini saqlash kerak. Sano bastakorining mana bu so‘zlariga qo‘shilamiz: «Qilgan ishlaring behisobdir, ey, Allohim Yahova, ajoyib ishlaring-u bizga qaratilgan niyatlaring ko‘pdan-ko‘pdir. Hech kimsa Senga teng kela olmaydi, bular haqida gapirib, bayon etadigan bo‘lsam, ularning sanog‘iga yeta olmayman». (Zab. 40:5) Biz minnatdorlik his qilish bilan cheklanmay, so‘zlarimiz-u ishlarimiz bilan minnatdorligimizni Yahovaga izhor etamiz. Bu bizni bugungi kunda yashayotgan ko‘plardan ajratib turadi. Biz yashayotgan dunyoda aksariyat odamlar Xudo ular uchun qilgan yaxshiliklarning qadriga yetishmaydi. «Oxirzamonda» yashayotganimizni ko‘rsatuvchi belgilardan biri odamlar noshukur bo‘lib ketganidir. (2 Tim. 3:1, 2) Bunday ruhni o‘zlashtirishni aslo istamaymiz!
7. Yahova biz uchun nimani xohlaydi va nega?
7 Ota-onalar farzandlari gap talashmay, do‘st bo‘lishini istashadi. Shu kabi Yahova ham farzandlari o‘zaro do‘st bo‘lishlarini xohlaydi. Darhaqiqat, bir-birimizga bo‘lgan sevgi Masihning chinakam izdoshlari ekanimizni isbotlab turadi. (Yuhan. 13:35) Sano bastakorining: «Naqadar yaxshi va yoqimlidir birodarlarning birlikda ahil yashashi!» — degan so‘zlariga qo‘shilamiz. (Zab. 133:1) Birodar-u opa-singillarimizni sevsak, Yahovaga Uni sevishimizni isbotlagan bo‘lamiz. (1 Yuhan. 4:20) Bir-biriga «mehribon, rahm-shafqatli» bo‘lgan birodar-u opa-singillardan iborat oilaning a’zosi bo‘lish naqadar yoqimli! (Efes. 4:32)
ITOATKOR BO‘LIB SEVGINGIZNI KO‘RSATING
8. Yuhannoning birinchi maktubi 5:3 ga ko‘ra, itoat qilishimizning asosiy sababi nima?
8 Yahova farzandlardan ota-onasiga quloq solishni kutadi va biz ham Unga itoatkor bo‘lishimizni xohlaydi. (Efes. 6:1) U Yaratuvchimiz, hayotimizni ta’minlovchi Zot va barcha insoniy ota-onalardan ko‘ra donoroq bo‘lgani uchun Unga itoatli bo‘lishimizga loyiqdir. Biroq Yahovaga itoatli bo‘lishning asosiy sababi biz uni sevishimizdir. (1 Yuhanno 5:3 ni o‘qing.) Yahovaga itoatli bo‘lishimizning sabablari bisyor bo‘lsa-da, U bizni bunday qilishga majburlamaydi. Yahova bizga iroda erkinligini bergan, shu bois, Uni sevganimiz uchun Unga itoat qilganimizda U bundan juda mamnun bo‘ladi.
9–10. Nega Xudo o‘rnatgan me’yorlardan xabardor bo‘lish va ularga hayotda amal qilish muhim?
9 Ota-onalar farzandlari xavfsizlikda bo‘lishini istashadi. Shu sababli, ularning manfaatini ko‘zlab yurish-turishiga tegishli qoidalar o‘rnatishadi. Farzandlar bunday yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishganida ota-onalariga ishonishayotganini va ularni hurmat qilishayotganini ko‘rsatishadi. U holda samoviy Otamiz o‘rnatgan me’yorlardan xabardor bo‘lish va ularga hayotda amal qilish naqadar muhim! Ularga rioya qilganimizda Yahovani sevishimizni, Uni hurmat qilishimizni ko‘rsatamiz va bu o‘zimizga ham foyda keltiradi. (Ishayo 48:17, 18) Va aksincha, Yahovani va Uning me’yorlarini tan olmaganlar oqibatda o‘zlariga zarar yetkazishadi. (Galat. 6:7, 8)
10 Yahovani mamnun etadigan hayot tarzini kechirsak o‘zimizni jismoniy, hissiy va ma’naviy zarardan asragan bo‘lamiz. Yahova bizga nima foydali ekanini juda yaxshi biladi. Qo‘shma Shtatlarda yashovchi Avrora shunday dedi: «Yahovaga itoat qilganimizda hayotimiz hamisha tasavvur qilganimizdan ham a’loroq bo‘ladi». Barchamiz buni tasdiqlay olamiz. Yahovaning sevgi ila taqdim etgan yo‘l-yo‘rig‘idan siz qanday foyda ko‘rdingiz?
11. Ibodat bizga nima qilishga yordam beradi?
Zab. 51:12) Doimiy kashshof bo‘lib xizmat qilayotgan Deniz ismli opamiz quyidagilarni aytdi: «Yahovaning biror amriga bo‘ysunish menga qiyin bo‘lsa, to‘g‘ri yo‘l tutish uchun kuch berishini so‘rab ibodat qilaman». Yahova bu kabi ibodatlarga hamisha javob berishidan shubhalanmasak bo‘ladi. (Luqo 11:9–13)
11 Ibodat bizga itoatli bo‘lishga yordam beradi, hatto itoat qilish qiyin kechganda ham. Gunohkor bo‘lganimiz uchun ba’zan Yahovaga itoatli bo‘lish qiyin, lekin biz itoatsizlik qilish moyilligi bilan doim kurashishimiz kerak. Sano bastakori Xudoga iltijo qilib shunday degan: «Senga itoat etish istagini menda uyg‘ot». (BOSHQALARGA OTAMIZNI SEVISHGA YORDAMLASHING
12. Efesliklarga 5:1 ga ko‘ra, nima qilishimiz kerak?
12 Efesliklarga 5:1 ni o‘qing. Yahovaning «sevikli bolalar»i ekanmiz, Unga taqlid qilish uchun jon kuydiramiz. Boshqalar bilan muomala qilganda sevgi va mehrni namoyon etib, kechirimli bo‘lib Uning fazilatlariga taqlid qilamiz. Xudoni bilmaydiganlar yaxshi xulqimizni ko‘rsa, ehtimol, bu ularni U to‘g‘risida bilim olishga undar. (1 Butr. 2:12) Yahova bizga qanday munosabat qilsa, ota-onalar ham farzandlariga shunday munosabatda bo‘lishlari lozim. Shunda, bolalar sevuvchi Otamiz bilan do‘st tutinishni istashi mumkin.
13. Diqqatimizni nimaga qaratishimiz kerak?
Zab. 34:2) Ammo uyalayotgan bo‘lsak-chi? Qay yo‘sin jasoratli bo‘la olamiz? Yahovani qanchalar quvontirishimizga va boshqalar U haqida bilim olib, foyda ko‘rishiga diqqat qaratsak, jasoratli bo‘lamiz. Yahova biz muhtoj bo‘lgan jasoratni beradi. U birinchi asrdagi imondoshlarimizga jasoratli bo‘lishga yordam bergan, bizga ham ko‘maklashadi. (1 Salon. 2:2)
13 Bola otasi bilan faxrlanadi va u haqida aytib berishdan xursand bo‘ladi. Shunga o‘xshab, biz ham samoviy Otamiz Yahova bilan faxrlanamiz va boshqalar U haqida bilib olishini istaymiz. Quyidagilarni yozgan shoh Dovudning so‘zlari qalbimizga yaqin: «Men Yahova bilan maqtanaman». (14. Shogird tayyorlash ishida qatnashish muhim ekanining ba’zi sabablari nima?
14 Yahova yuzxotirchilik qilmaydi va odamlarning kelib chiqishi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, ularga sevgi ko‘rsatsak, U xursand bo‘ladi. (Havor. 10:34, 35) Boshqalarni sevishimizni ko‘rsatishning eng a’lo yo‘llaridan biri — ularga xushxabarni aytish. (Mat. 28:19, 20) Xo‘sh, bu ish orqali nimaga erishsa bo‘ladi? Bizni tinglaganlar hozirning o‘zida hayotini yaxshilashi va kelajakda abadiy hayotdan zavq olib yashash umidiga ega bo‘lishi mumkin. (1 Tim. 4:16)
OTAMIZNI SEVIB BAXTIYOR BO‘LING
15–16. Baxtiyor bo‘lishimiz uchun qanday sabablar bor?
15 Yahova sevuvchi Ota ekan, oilasi baxtli bo‘lishini istaydi. (Ishayo 65:14) Hozirning o‘zida, hatto qiyinchiliklarga duch kelsak ham, shodlanishimiz uchun sabablarimiz bisyordir. Masalan, samoviy Otamiz bizni qattiq sevishiga aminmiz. Xudoning Kalomi, ya’ni Muqaddas Kitob borasida aniq bilimga egamiz. (Yerm. 15:16) Yahovani, Uning yuksak axloqiy me’yorlarini va bir-birini sevadigan o‘zgacha oilaning a’zosimiz. (Zab. 106:4, 5)
16 Kelajakda hayot yanada yaxshiroq bo‘lishiga ishonchimiz komil ekan, doim baxtiyorlikni his etamiz. Tez orada Yahova yovuzlikni yo‘q qilishini va Uning Shohligi boshqaruvi ostida butun yer yuzi jannat bo‘lishini bilamiz. Qolaversa, vafot etganlar hayotga qaytishi va yaqinlari bilan yana birga bo‘lishi kabi ajoyib umidimiz bor! (Yuhan. 5:28, 29) Bu o‘zgacha quvonch payti bo‘ladi! Eng asosiysi yaqinda samodagi va yer yuzidagilarning bari sevuvchi Otamizni ulug‘lab, Uni madh etib, faqat Unga topinadi. Zero, Yahova bunga loyiqdir.
12-QO‘SHIQ Buyuk Alloh Yahova
^ 5- x.b. Bilamizki, Otamiz Yahova bizni qattiq sevadi. Shuningdek, U bizni topinuvchilaridan iborat bo‘lgan oilasiga qo‘shdi. Bu esa bizni Uni ham sevishga undaydi. Xo‘sh, g‘amxo‘r Otamizga bo‘lgan sevgimizni qay yo‘sin ko‘rsata olamiz? Bu maqolada qila olishimiz mumkin bo‘lgan muayyan ishlar haqida gap boradi.