26-TADQIQ MAQOLASI
«Menga qaytinglar»
Menga qaytinglar va Men ham sizlarga qaytaman. MAL. 3:7
102-QO‘SHIQ «Muhtojlarga yordam bering»
BU MAQOLADA *
1. Adashgan qo‘ylaridan hatto bittasi qaytsa, Yahova nimalarni his qiladi?
OLDINGI maqolada muhokama qilganimizday, Yahova O‘zini har bir qo‘yiga mehr ila g‘amxo‘rlik qiladigan yaxshi cho‘ponga o‘xshatgan. Qolaversa, U adashgan har bir qo‘yini izlaydi. Yahova Uni tark etgan isroilliklarga shunday degan: «Menga qaytinglar va Men ham sizlarga qaytaman». U hozir ham xuddi shunday fikrda, deb ayta olamiz. Axir Xudo O‘zi haqida: «Men o‘zgarmayman»,— degan. (Mal. 3:6, 7) Iso aytgandiki, adashgan xizmatchilaridan hatto bittasi Yahovaga qaytganida, U va farishtalar rosa xursand bo‘ladi. (Luqo 15:10, 32)
2. Ushbu maqolada nimalarni ko‘rib chiqamiz?
2 Keling, Isoning uchta masaliga diqqat qarataylik. Bu masallardan Yahovadan uzoqlashganlarga qay yo‘sin yordam berish borasida muhim saboqlar olishimiz mumkin. Shuningdek, adashgan qo‘ylarga Yahovaga qaytishga yordam berish uchun aynan qaysi fazilatlarga ega bo‘lishimiz kerakligini ko‘rib chiqamiz. Faoliyatsizlarga yordam berishda jon kuydirib qanchalar ko‘p quvonch his qilishimiz mumkinligini ham bilib olamiz.
YO‘QOLGAN TANGANI IZLASH
3, 4. Luqo 15:8–10 da tilga olingan ayol yo‘qolgan kumush tangasini nima uchun sinchkovlik ila izlaydi?
3 Yahovaga qaytishni istayotganlarni topish uchun jon kuydirib mehnat qilishimiz kerak. Iso qimmatbaho narsasini — kumush tangasini yo‘qotgan ayol haqida masal keltirgan. Ushbu masalning e’tiborga loyiq tarafi ayol qay yo‘sin tangasini izlaganidadir. (Luqo 15:8–10 ni o‘qing.)
4 Iso yo‘qolgan kumush tangasini topgan ayol nimalarni his qilganini tasvirlagan. Isoning davrida ayrim yahudiy onalar qizining to‘y kunida unga o‘nta kumush tanga sovg‘a qilgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, o‘sha tanga ulardan bittasi bo‘lgandir. Ayol tangasi yerga tushib ketgan, deb o‘ylaydi. Shu bois, u chiroq
yoqib, atrofga qaraydi, lekin hech narsani ko‘rmaydi. Kichkina kumush tangasini topa olishi uchun moychirog‘i yetarlicha yoritmaydi. Oxiri u butun uyni supuradi. Chang yerda yotgan, u uchun qadrli bo‘lgan kumush tanga chiroq yorug‘ligida yaltiraydi. Uni topganida, ayolning yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘ladi! Xushxabarni baham ko‘rish uchun u do‘stlari-yu qo‘shnilarini chaqiradi.5. Nima uchun jamoatdan uzoqlashganlarni topish qiyin bo‘lishi mumkin?
5 Isoning masalidan ko‘rganimizday, yo‘qolgan narsani topish uchun jon kuydirib mehnat qilishimiz kerak. Shu singari, jamoatdan uzoqlashganlarni topish uchun astoydil mehnat qilishimiz zarur. Balki ular biz bilan muloqot qilmay qo‘yishganiga bir necha yillar bo‘lgandir. Ehtimol, ular boshqa hududga ko‘chishgandir va u yerdagi mahalliy birodar-u opa-singillar ular haqida bilmas. Ammo faoliyatsiz bo‘lib qolganlarning ba’zilari ayni damda Yahovaga qaytishni istayotgani shubhasiz. Ular Yahovaning oilasidagi haq topinuvchilar bilan birgalikda Unga xizmat qilishni istaydi va ular ko‘magimizga muhtoj.
6. Qanday qilib jamoatdagi barcha faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni topishga hissa qo‘sha oladi?
6 Xo‘sh, faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni topishda kim yordam bera oladi? Barchamiz — oqsoqollar, kashshoflar, oila a’zolari va jamoatdagi va’zgo‘ylar — ularni topishga hissa qo‘sha olamiz. Faoliyatsiz bo‘lib qolgan do‘stingiz yoki qarindoshingiz bormi? Uyma-uy xizmatda yoki jamoat joylarida va’z qilayotganingizda faoliyatsiz va’zgo‘yni uchratganmisiz? Agar u manzili yoki telefon raqamini mahaliy oqsoqollaringizga berishga tayyor bo‘lsa, uni oqsoqollarga taqdim etishingiz mumkin.
7. Tomas ismli oqsoqolning gaplaridan nimani o‘rgandingiz?
7 Yahovaga qaytishni istayotganlarni topish uchun ayniqsa oqsoqollar qanday amaliy qadamlar qo‘yishi mumkin? Ispaniyada yashovchi Tomas * ismli oqsoqol nima deganiga e’tibor bering. U Yahovaning 40 dan ziyod xizmatchisiga jamoatga qaytishga yordam bergan. U quyidagicha bo‘lishdi: «Avvaliga faoliyatsiz bo‘lib qolganlar hozir qayerda yashashini birodar-u opa-singillardan so‘rab-surishtiraman. Yoki va’zgo‘ylardan jamoatga kelmay qo‘yganlarni bilish-bilmasligini so‘rayman. Jamoatdagi aksariyat odam bajonidil yordam beradi, chunki ular ham bu ishda o‘z hissasini qo‘shayotganini his qiladi. Keyin esa faoliyatsiz bo‘lib qolgan imondoshlarnikiga borganda, ulardan farzandlari va qarindoshlari to‘g‘risida so‘rayman. Ularning ayrimlari farzandlarini ham yig‘ilishga olib kelgan va o‘sha bolalar qachonlardir va’zgo‘y bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ularga ham Yahovaga qaytishga yordam bersa bo‘ladi».
YAHOVANING YO‘QOLGAN O‘G‘ILLARI-YU QIZLARINI JAMOATGA QAYTARING
8. Luqo 15:17–24 dagi darbadar o‘g‘il to‘g‘risidagi masalda ota tavba qilgan o‘g‘liga qanday muomala qiladi?
8 Yahovaga qaytishni istayotganlarga yordam berish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lishimiz lozim? Uyini tashlab ketgan darbadar o‘g‘il haqidagi Isoning masalidan qanday saboqlar olishimiz mumkinligiga diqqat qarating. (Luqo 15:17–24 ni o‘qing.) Iso qay yo‘sin o‘sha o‘g‘il aqlini yig‘ib olganini va uyga qaytishga qaror qilganini tushuntiradi. Ota o‘g‘lini kutib olish uchun yugurib chiqadi va uni mehr ila quchoqlab, o‘z sevgisiga ishontiradi. O‘g‘il qilgan ishlari dastidan o‘zini juda aybdor his qiladi va hatto o‘zini o‘g‘il deb atalishga noloyiq, deb biladi. Ota qalbini to‘kib solgan o‘g‘liga achinadi. U o‘g‘lini yollanma ishchi emas, balki suyukli oila a’zosi sifatida yana uyiga qabul qilayotganiga ishontirish maqsadida amaliy qadamlar qo‘yadi. Misol uchun, ota ziyofat uyushtiradi va tavba qilgan o‘g‘liga eng zo‘r kiyimni taqdim etadi.
9. Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarga Yahovaga qaytishga yordam berish uchun qaysi fazilatlarga ega bo‘lishimiz kerak? (« Qaytishni istayotganlarga qay yo‘sin yordamlasha olamiz?» nomli ramkaga qarang.)
9 Yahova mazkur masaldagi otaga o‘xshaydi. U faoliyatsiz bo‘lib qolgan birodar-u opa-singillarimizni sevadi va ular Unga qaytishini istaydi. Yahovaga taqlid qilib, biz ham ularga qaytishga yordam bera olamiz. Buning uchun sabr-toqat, hamdardlik, rahm-shafqat va sevgi talab qilinadi. Nima uchun yuqorida aytib o‘tilgan fazilatlarni namoyon etishimiz kerak va buni qay yo‘sin qila olamiz?
10. Kishiga ma’nan tiklanishga yordamlashishda sabr-toqat qanday ahamiyatga ega?
10 Sabr-toqatli bo‘lishimiz darkor, boisi, kishi ma’nan tiklanishi uchun vaqt kerak. Oldin faoliyatsiz bo‘lganlarning ko‘pi shuni tan oldiki, oqsoqollar va jamoatdagi boshqalar ularnikiga bir necha bor tashrif buyurganidan keyingina ular qaytgan. Janubi-Sharqiy Osiyolik Nensi ismli imondoshimiz shunday dedi: «Jamoatdagi yaqin do‘stim menga rosa yordam berdi. U xuddi opamday meni yaxshi ko‘rardi. U oldinlari birga o‘tkazgan ajoyib damlarni eslatdi. His-tuyg‘ularimni bo‘lishganimda, meni sabr ila tinglardi va maslahat berishdan tortinmasdi. U har qachon yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor haqiqiy do‘st ekanini ko‘rsatdi».
11. Xasta ko‘ngilga shifo berish uchun nega hamdard bo‘lishimiz kerak?
11 Hamdardlik shifobaxsh malhamdaydir, ha, u xasta ko‘nglimizga shifo bera oladi. Ba’zilar ko‘p yillar ilgari jamoatdan kimdir ularni xafa qilgani tufayli faoliyatsiz bo‘lib qolgan va haligacha jahlidan tushmagan. Bu tuyg‘ular ularning Yoqb. 1:19) Bir paytlar faoliyatsiz bo‘lgan Mariya shunday dedi: «Meni tinglaydigan, tasalli va yaxshi maslahat berib, ko‘mak bo‘la oladigan insonga muhtoj edim».
Yahovaga qaytish istagini so‘ndirgan. Ehtimol, ayrimlar adolatsizlikka duch keldim, deb o‘ylar. Balki kimdir ularni tinglashiga va tuyg‘ularini tushunishiga muhtojdir. (12. Yahova faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni qay yo‘sin ortga qaytarishi borasida misol keltiring.
12 Muqaddas Kitobda Yahovaning sevgisi tasma yoki arqon bilan solishtirilgan. Xo‘sh, Xudoning sevgisi qaysi ma’noda arqonga o‘xshaydi? Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling: to‘lqinli dengizda cho‘kyapsiz va kimdir sizga qutqaruv nimchasini tashlaydi. Albatta, yordam uchun minnatdor bo‘lasiz, axir bu tufayli suv yuzasida qolish osonroq bo‘lishi mumkin. Lekin omon qolish uchun qutqaruv nimchasining o‘zi yetarli emas. Suv sovuq va qutqaruv qayig‘iga chiqmasangiz, tirik qolishingiz amrimahol. Kimdir sizga arqon tashlashi va qutqaruv qayig‘i tomon tortib olishi kerak. Yahova Undan uzoqlashgan Isroil xalqi to‘g‘risida shunday degan: «Uni... sevgi rishtalari [yoki «arqonlari»] ila yetaklagan edim». (Ho‘sh. 11:4, izoh) Bugungi kunda ham Xudo Unga xizmat qilmay qo‘ygan va muammolari-yu tashvishlari girdobida qolganlarga nisbatan shunday tuyg‘ularni his etadi. Yahova U ularni sevishini va ularga qaytishga yordam bermoqchi ekanini bilishini xohlaydi. Bundan tashqari, bu sevgini ularga izhor etish uchun Yahova sizdan foydalanishi mumkin.
13. Birodarlik sevgisi qanday kuchga ega ekanini ko‘rsatuvchi misol keltiring.
13 Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni Yahova hamda biz ularni sevishimizga ishontirish muhimdir.
Oldingi maqolada tilga olingan Pablo 30-yildan oshiq vaqt davomida faoliyatsiz bo‘lgan. U quyidagicha dedi: «Bir kuni ertalab uydan chiqib ketayotgandim. Mehribon, keksa imondoshimizni ko‘rib qoldim va u menga muloyimlik ila gapirdi. Men xuddi kichkina boladay yig‘lay boshladim. Men bilan gaplashish uchun uni go‘yoki Yahova yuborganini unga aytdim. Aynan o‘shanda Yahovaga qaytishga qaror qildim».ZAIFLARNI SEVGI ILA QO‘LLAB-QUVVATLASH
14. Luqo 15:4, 5 da keltirilgan masalga ko‘ra, cho‘pon yo‘qolgan qo‘yini topgach, nima qilgan?
14 Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarni muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash darkor. Isoning masalidagi darbadar o‘g‘il singari ular ham hissan yaralangan bo‘lishi mumkin. Ustiga-ustak, Shaytonning dunyosida bo‘lishgani uchun ular ma’nan zaiflashgani hech gap emas. Yahovaga bo‘lgan imonini mustahkamlash uchun ularga ko‘maklashishimiz lozim. Yo‘qolgan qo‘y haqidagi masalda Iso cho‘pon qo‘yini yelkasiga ko‘targanini va suruvga qaytarganini tasvirlagan. Cho‘pon yo‘qolgan qo‘yini topish uchun shundoq ham vaqt va kuchini sarflagan. Lekin u ortga qaytish uchun qo‘yning kuchi yo‘qligini va uni qo‘raga ko‘tarib borish kerakligini tushungan. (Luqo 15:4, 5 ni o‘qing.)
15. Yahovaga qaytishni istagan ma’nan zaif kishilarni qay yo‘sin qo‘llab-quvvatlay olamiz? (« Bebaho asbob» nomli ramkaga qarang.)
15 Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarning ayrimlariga zaifliklarini yengishga yordam berganimizda, ko‘p vaqt va kuch sarflashimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq Yahovaning ruhi, Kalomi va tashkiloti taqdim etayotgan adabiyotlar orqali ular ma’nan tiklanishlariga yordamlasha olamiz. (Rim. 15:1) Buni qay yo‘sin qilishimiz mumkin? Tajribali bir oqsoqol: «Faoliyatsiz bo‘lib qolganlar Yahovaga chindan ham qaytishga qaror qilishganida, ularning aksariyati bilan Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tkazish kerak bo‘ladi»,— deb bo‘lishdi *. Bordi-yu, oqsoqol sizdan faoliyatsiz va’zgo‘y bilan tadqiq o‘tkazishni so‘rasa, buni sharaf deb biling. Shuningdek, yuqorida tilga olingan oqsoqol quyidagicha dedi: «Tadqiq o‘tkazayotgan va’zgo‘y yaxshi do‘st bo‘lishi va faoliyatsiz bo‘lib qolgan kishi unga ishona olishi kerak».
YER-U OSMONDAGI XURSANDCHILIK
16. Farishtalar bizga ko‘maklashishini qayerdan bilamiz?
16 Ko‘p voqealar shuni ko‘rsatyaptiki, Yahovaga qaytishni juda ham istayotganlarni topishda farishtalar biz bilan hamkorlik qiladi. (Vah. 14:6) Masalan, ekvadorlik Silvio sidqidildan ibodat qilib, jamoatga qaytish uchun yordam so‘ragan. U hali ibodat qilayotganida, eshigining qo‘ng‘irog‘i chalingan. Ostonada ikkita oqsoqol turgan ekan. Ular o‘sha tashrifdan boshlab Silvioga kerakli yordamni bajonidil taqdim eta boshlashgan.
17. Ma’nan zaif kishilarga yordam berib, qanday mukofot olamiz?
17 Ma’nan zaiflar Yahovaga qaytishiga yordamlashib ulkan quvonch his etamiz. Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarga alohida e’tibor qaratadigan Salvador ismli kashshof nima deganiga diqqat qarating: «Gohida quvonch ko‘z yoshlarini tiyish oson bo‘lmaydi. Yahova aziz qo‘yini Shayton dunyosidan qutqargani va men bu ishda U bilan hamkorlik qilish sharafiga ega bo‘lganim to‘g‘risida o‘ylash mamnuniyat baxsh etadi». (Havor. 20:35)
18. Faoliyatsiz bo‘lsangiz ham nimaga amin bo‘lishingiz mumkin?
18 Yahovaning xalqi bilan muloqot qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz, amin bo‘lingki, U hali ham sizni sevadi. Xudo Unga qaytishingizni istaydi. Unga qaytish uchun muayyan qadamlarni qo‘yishingiz kerak. Isoning masalidagi ota singari Yahova qaytishingizni intiqib kutadi va sizni uyida qarshi olishdan xursand bo‘ladi.
103-QO‘SHIQ Cho‘ponlar — Alloh bergan hadyalar
^ 5- x.b. Yahova jamoat bilan muloqot qilmayotganlar Unga qaytishlarini istaydi. Yahovaning: «Menga qaytinglar»,— degan taklifini qabul qilishni istayotganlarga dalda berish uchun ko‘p narsa qila olamiz. Ushbu maqolada qay yo‘sin ularga mazkur taklifni qabul qilishlariga yordam bera olishimiz haqida gap boradi.
^ 7- x.b. Ba’zi ismlar o‘zgartirilgan.
^ 15- x.b. Faoliyatsiz bo‘lib qolganlarning ba’zilariga «Keling, Xudoning mehr-muhabbatida qolaylik» kitobining ayrim qismlarini, boshqalar uchun esa ko‘p tillarda chop etilgan «Yahova Taologa yaqinlashing» kitobini tadqiq qilish foydali bo‘lishi mumkin. Jamoatning xizmat qo‘mitasi bunday tadqiqni o‘tkazishga aynan kim mos kelishini hal qiladi.
^ 68- x.b. RASMGA SHARH. Uchta birodar jamoatga qaytishni istayotgan imondoshga yordam beryapti. Ular u bilan aloqada qolib, o‘z sevgisiga ishontirib va hamdardlik ila tinglab unga ko‘maklashmoqda.