QOʻRIQCHI MINORASI (TADQIQ SONI) May 2020

Ushbu sonda 2020-yil 6-iyuldan 2-avgustgacha bo‘lgan tadqiq maqolalari joylashgan.

Oxirzamonda kimlar «shimol shohi» bo‘lgan?

19-tadqiq maqolasi. 2020-yil 6–12 iyul: Doniyor payg‘ambarning «shimol shohi» va «janub shohi» to‘g‘risidagi bashorati amalga oshishda davom etayotganining dalillarini ko‘ryapmiz. Nima uchun bunga shunchalik aminmiz? Nega ushbu bashoratning tafsilotlarini tushunishimiz lozim?

Oxirzamon paytidagi ikkita raqib shoh

«Janub shohi» va «shimol shohi» to‘g‘risidagi bashorat boshqa bashoratlar bilan bir vaqtda amalga oshmoqda. Qanday qilib ushbu bashoratlar yaqinda bu zamona yakuniga yetishini ko‘rsatmoqda?

Bugungi kunda «shimol shohi» kim?

20-tadqiq maqolasi. 2020-yil 13–19 iyul: bugungi kunda «shimol shohi» kim? Qanday qilib uning kuni bitadi? Bu savollarning javobini bilish imonimizni mustahkamlab, yaqin kelajakda duch keladigan sinovlarga tayyor bo‘lishimizga ko‘maklashadi.

Xudoning hadyalari uchun minnatdormisiz?

21-tadqiq maqolasi. 2020-yil 20–26 iyul: ushbu maqola Yahovaga hamda U bizga taqdim etgan ba’zi hadyalar uchun minnatdorchiligimizni oshiradi. Qolaversa, Xudo mavjud ekanidan shubhalanadiganlar bilan muzokara qilishimizga ko‘maklashadi.

Ko‘zga ko‘rinmaydigan xazinalar uchun minnatdorchilik ko‘rsating

22-tadqiq maqolasi. 2020-yil 27 iyul–2 avgust: birinchi maqolada Xudo taqdim etgan ko‘zga ko‘rinadigan xazinalardan bir nechtasini muhokama qildik. Mazkur maqola esa biz ko‘ra olmaydigan xazinalarga hamda ular uchun minnatdorchilikni qanday namoyon etishimiz mumkinligiga diqqat qaratadi. Shuningdek, bunday xazinalarning Manbai bo‘lmish Xudovand Yahovaga minnatdorchiligimizni oshiradi.