Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tavsiya

Tavsiya

Muqaddas Kitobdagi oyatlar qanday tushuntirilishini bilish uchun «Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma»dan foydalanyapsizmi?

Uning yordamida Xudoning Kalomini yaxshiroq tushuna olamiz. Shuningdek, biron oyatda tilga olingan voqeaning tafsilotlarini, nega u yozilganini, kim haqida ekanini yoki muayyan so‘z yo iboraning ma’nosini bilib olsak bo‘ladi.

«Onlayn kutubxona» va JW Library® ilovasida biron oyatning o‘zida «Izlanish olib borish uchun qo‘llanma»dagi manbalarni topa olasiz. Tilingizda mavjud bo‘lgan manbalar alohida bir oynachada chiqadi.

Ulardan foydalanganda, sanasiga e’tibor bering. Yangi chiqqan maqolalar eng tepasida bo‘ladi. Keyin o‘sha ro‘yxatda eski maqolalar bo‘lishi mumkin. Ularni birma-bir o‘tkazayotganda, ehtimol, muayyan oyatning tushunchasi oydinlashgani haqidagi ma’lumotni ham ko‘rasiz.

  • «Onlayn kutubxona»da «Izlanish olib borish uchun qo‘llanma»dagi manbalar avtomatik tarzda paydo bo‘ladi.

  • JW Library ilovasida esa bu qo‘llanmani yuklash kerak va yangilab turish darkor. Buni Muqaddas Kitobning har bir bobiga tegishli alohida bir oynachaning yuqorisidagi tugmachaga bosib qila olasiz.