Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Shaxsiy tadqiqingiz muntazam bo‘lishiga nima yordam beradi?

Shaxsiy tadqiqingiz muntazam bo‘lishiga nima yordam beradi?

SHAXSIY tadqiqni muntazam va qiziqarli o‘tkazishga qiynalasizmi? Barchamiz bunday qiyinchilikka duch kelib tursak kerak. Ammo muntazam qiladigan boshqa ishlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring: masalan, yuvinish. Buning uchun vaqt va kuch kerak, lekin yuvinib chiqqach, o‘zimizni yana kuchga to‘lganday his qilamiz! Muqaddas Kitobni tadqiq qilishni ham «Xudo kalomining suvi bilan» yuvinib, yana kuchga to‘lishga o‘xshatish mumkin. (Efes. 5:26) Asqatishi mumkin bo‘lgan ayrim tavsiyalar to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.

  • Jadval tuzing. Shaxsiy tadqiq masihiy bajarishi kerak bo‘lgan «muhimroq» ishlar orasidadir. (Filip. 1:10) Jadvalga amal qilish osonroq bo‘lishi uchun uni ko‘rinarli joyga, masalan, qaydlar taxtachasiga yoki sovitkich eshigiga yopishtirib qo‘ysangiz bo‘ladi. Yo bo‘lmasa shaxsiy tadqiqingiz qachon bo‘lishini eslatishi uchun elektron qurilmangizga budilnik qo‘yishingiz mumkin.

  • Fikringizni jamlashga nima ko‘maklashishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Sizga bir o‘tirishda uzoq vaqt davomida tadqiq qilish qulaymi yoki buni kam-kamdan, lekin tez-tez qilish ko‘proq mos keladimi? Sizga nima ma’qul ekanini o‘zingiz yaxshiroq bilasiz. Tadqiqingizni shunga moslashtiring. Tadqiq payti kelganida, uni o‘tkazishga xushingiz bo‘lmasa, hech bo‘lmasa o‘n daqiqa tadqiq o‘tkazishga urinib ko‘ring. Hatto qisqa vaqt tadqiq o‘tib, umuman tadqiq o‘tmaganga qaraganda ko‘proq narsaga erishasiz. Ehtimol, tadqiq shunchalik qiziqarli bo‘lganidan, hatto o‘n daqiqa o‘tgach, uni yana davom ettirishni istaysiz. (Filip. 2:13)

  • Mavzuni oldindan tanlang. Avval o‘tirib, keyin nima qilish to‘g‘risida o‘ylasangiz, «fursatdan unumli» foydalanmagan bo‘lasiz. (Efes. 5:16) Siz uchun qiziqarli bo‘lgan maqolalar-u mavzular ro‘yxatini tuzsangiz bo‘ladi. Qandaydir savol tug‘ilib qolsa, uni o‘sha ro‘yxatga qo‘shib qo‘ying. Har bir tadqiqning oxirida nimaning ustida izlanish o‘tkazmoqchi ekaningizni ro‘yxatingizga kiritishingiz mumkin.

  • Moslashuvchan bo‘ling. Tadqiqqa qancha vaqt sarflash va qaysi mavzularni tadqiq qilish masalasida jadvalingizga o‘zgarishlar kiritib, biroz moslashuvchan bo‘lishga intiling. Muhimi qachon, qancha va nimani tadqiq qilishingiz emas, balki buni muntazam bajarishingizdir.

Tadqiqni muntazam o‘tkazish bizga foyda keltiradi. Yahovaga yaqinroq bo‘lamiz, donolik ila yo‘l tutishni o‘rganamiz va kuchga to‘lamiz. (Yoshua 1:8)