O‘quvchilar diqqatiga
Aziz o‘quvchi
«Qo‘riqchi minorasi»ning ushbu sonida quyida keltirilgan savollar bilan chambarchas bog‘liq beshta tadqiq maqolasini ko‘rib chiqamiz:
Birinchi maqola: Yahova odamlarni qanchalik sevadi va gunohga qarshi kurashishimiz hamda Uni mamnun qilishimiz uchun bizga qanday yordam bergan?
Ikkinchi maqola: odam tavba qilish uchun nima qilishi kerak va Yahova odamlarga tavba qilishga qay yo‘sin ko‘maklashgan?
Uchinchi maqola: Yahova Korinfdagi jamoatga jiddiy gunohga qo‘l urib, tavba qilmagan kishiga qanday munosabatda bo‘lishni istagan?
To‘rtinchi maqola: bugungi kunda oqsoqollar jiddiy gunohga qo‘l urgan kishiga qanday yordam beradi?
Beshinchi maqola: tavba qilmagan kishi jamoatdan chiqarilgach, jamoatdagilar qay yo‘sin unga sevgi va rahm-shafqat ila munosabatda bo‘la oladi?