Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

TADQIQ UCHUN TAVSIYALAR

Ma’naviy insonlar dono qarorlar chiqaradi

Ma’naviy insonlar dono qarorlar chiqaradi

Ibtido 25:29–34 ni o‘qing va Esov hamda Yoqub dono qarorlar chiqarganmi yoki yo‘qmi bilib oling.

Matn tarkibini yaxshiroq bilib oling. Bundan oldin nima yuz bergan? (Ibt. 25:20–28) Keyin nima bo‘lgan? (Ibt. 27:1–46)

Tafsilotlarini yaxshiroq bilib oling. O‘sha davrda to‘ng‘ich o‘g‘ilning qanday mas’uliyatlari va huquqlari bo‘lgan? (Ibt. 18:18, 19; w10-U 5/1 13)

  • Birorta kishi Masihning ajdodi bo‘lishi uchun to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lishi kerakmidi? (w17.12 14, 15)

Nimalarni bilib olganlaringizni aniqlang va bunga amal qiling. Nega to‘ng‘ichlik huquqi Esovga qaraganda Yoqub uchun qadrliroq bo‘lgan? (Ibron. 12:16, 17; w13 5/15 28-sah., 10-, 11-xb.; w03-U 10/15 28, 29) Yahova bu aka-uka borasida qanday fikrda va nima uchun? (Mal. 1:2, 3) Yaxshiroq qarorlar chiqarish uchun Esov nima qila olardi?

  • O‘zingizdan so‘rang: «Hafta davomida vaqtimni qanday o‘tkazishni rejalashtirayotganda, Yahovaga topinish men uchun muhim ekanini qay yo‘sin ko‘rsatyapman va oilaviy topinishga vaqt ajratyapmanmi?»