Barcha dalillarni bilasizmi?
Tinglamasdan javob berish, ahmoqlik va sharmandalikdir. HIK. 18:13
QO‘SHIQLAR: 43, 52
1, 2. a) Qaysi qobiliyatni rivojlantirishimiz muhim va nima uchun? b) Bu maqolada nima ko‘rib chiqiladi?
YAHOVANING SHOHIDLARI sifatida ma’lumotni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosaga kelish qobiliyatini rivojlantirishimiz lozim. (Hik. 3:21–23; 8:4, 5) Ushbu qobiliyatni rivojlantirmasak, Shayton va uning dunyosi fikrlash tarzimizni osonlikcha buzishi hech gap emas. (Efes. 5:6; Kolos. 2:8) Shubhasizki, dalillarga ega bo‘libgina to‘g‘ri xulosaga kela olamiz. Hikmatlar 18:13 da: «Tinglamasdan javob berish, ahmoqlik va sharmandalikdir»,— deyilgan.
2 Ushbu maqolada, dalillarga ega bo‘lish va to‘g‘ri xulosa yasash bilan bog‘liq bir nechta qiyinchilik ko‘rib chiqiladi. Qolaversa, ma’lumotni tahlil qilish qobiliyatimizni yaxshilashga ko‘maklashadigan Muqaddas Kitobdagi prinsiplar va misollar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
«HAR BIR SO‘ZGA» ISHONAVERMANG
3. Nega Hikmatlar 14:15 dagi prinsipni qo‘llashimiz lozim? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
3 Bugungi kunda odamlar ma’lumotga ko‘mib tashlangan. Internet, televideniye va ommaviy axborot vositalari oxiri yo‘qday tuyulgan g‘oyalarni taqdim etmoqda. Aksariyat kishilarga shuningdek, do‘stlari va tanishlari elektron pochta, SMS orqali xabar Hikmatlar 14:15 da: «Sodda har bir so‘zga ishonadi, zakovatli esa har bir qadamini o‘ylab bosadi»,— deb yozilgan.
yuborib, hikoyalar aytib berishadi. Noto‘g‘ri va buzib ko‘rsatilgan ma’lumotni yuborish keng tarqalgan ekan, ehtiyot bo‘lish hamda eshitayotganlarimizni puxta tahlil qilish maqsadga muvofiq. Qiziq, Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsip bunda qo‘l kelishi mumkin?4. a) Filippiliklarga 4:8, 9- oyatlar o‘qimoqchi bo‘lgan ma’lumotni tanlashga qay yo‘sin qo‘l keladi? b) Nima uchun aniq ma’lumotga ega bo‘lish muhim? («Aniq ma’lumot manbalari» nomli ramkaga ham qarang.)
4 To‘g‘ri qarorlar chiqarishimiz uchun aniq ma’lumotga ega bo‘lishimiz zarur. Shu bois, o‘qimoqchi bo‘lgan ma’lumotga nisbatan o‘ta sinchkov bo‘lib, yaxshilab tekshirishimiz kerak. (Filippiliklarga 4:8, 9 ni o‘qing.) Internetdagi shubhali yangiliklarni hamda elektron pochta yoxud ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan ishonchsiz xabarlarni o‘qishga vaqtimizni sarflamasligimiz darkor. Ayniqsa murtadlar yaratadigan saytlardan ehtiyot bo‘lishimiz zarur. Negaki, ularning maqsadi Xudoning xalqini to‘g‘ri yo‘ldan ozdirib, haqiqatni buzish, xolos. Sifati past ma’lumot oxiri voy bo‘ladigan qarorlarga yetaklaydi. Soxta ma’lumot qalb va ongimga ta’sir qilmaydi deb sira ham o‘ylamang! (1 Tim. 6:20, 21)
5. Isroil xalqi qaysi yolg‘on xabarga ishondi va nega bu yuz berdi?
5 Yolg‘on xabarlarga ishonish ayanchlidir. Misol uchun, Musoning davrida va’da qilingan yurtga yuborilgan 12 ta ayg‘oqchining 10 tasi yomon xabar olib kelgan edi. (Sah. 13:25–33) Ularning ko‘pirtirib yetkazgan va vahimali xabari tufayli Yahovaning xalqi qo‘rqib, sarosimaga tushgan edi. (Sah. 14:1–4) Nima uchun bunday yuz berdi? Ehtimol, ular bu xabarni aksariyat ayg‘oqchilar aytgani uchun unga ishonishgandir. Ular Yoshua bilan Xolib aytgan yaxshi xabarga quloq solishmagan edi. (Sah. 14:6–10) Ular dalillarga ega bo‘lib, Yahovaga ishonishning o‘rniga, yomon xabarga quloq solishni afzal ko‘rishdi. Naqadar nodonlik!
6. Nima uchun Yahovaning Shohidlari haqida bo‘lmag‘ur gap-so‘zlarni eshitganimizda ajablanmasligimiz kerak?
6 Ayniqsa, Yahovaning xalqi to‘g‘risida eshitadigan xabarlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish muhim. Allohning sadoqatli xizmatchilariga tuhmat qilayotgan Shayton borligini esdan chiqarmang. (Vah. 12:10) Shuningdek, Iso bizga qarshi «yolg‘on va har qanday yaramas so‘zlarni» aytadigan dushmanlardan ogohlantirgan. (Mat. 5:11) Ushbu ogohlantirishga jiddiy yondashsak, Yahovaning Shohidlari haqida bo‘lmag‘ur gap-so‘zlarni eshitganimizda ajablanmaymiz.
7. Biron xabar yoki SMS yuborishdan avval nimalar haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak?
7 Siz ham do‘stlaringizga biron xabar yoki SMS yuborishni yoqtirasizmi? Unday bo‘lsa, qandaydir qiziqarli xabarni o‘qib yoki eshitib qolsangiz, uni xuddi muxbir kabi birinchilardan bo‘lib boshqalarga yetkazishni xohlarsiz. Lekin uni yuborishdan avval o‘zingizdan quyidagicha so‘rab ko‘ring: «Bu xabar yolg‘on emasmi? Isbotlarini bilamanmi?» Bunda amin bo‘lmay turib, imondoshlaringizga yolg‘on ma’lumotni bilmagan holda jo‘natishingiz hech gap emas. Bordi-yu, shubhangiz bo‘lsa, yuborish emas, o‘chirish tugmachasini bosing!
8. Ayrim mamlakatlarda bizni ta’qib qilayotganlar nima qiladi va qay yo‘sin bilmagan holda ularga qo‘shilib qolishimiz mumkin?
8 Biron xabar yoki SMSni darrov yuborishning yana bir xavfli tomoni bor. Ma’lumki, ayrim mamlakatlarda faoliyatimiz taqiq ostida yoki hatto man etilgan. Ushbu mamlakatlarda bizni ta’qib qilayotganlar birodarlarimizni qo‘rqitish yoki oramizda shubha tug‘dirish niyatida *. Ko‘plar shu kabi uydirmalarga laqqa tushgan. Natijada esa ular Yahovaning tashkilotini tark etishgan. Achinarli, shunday emasmi?! Ming shukurki, ularning aksariyati qaytdi, ammo ba’zilari yo‘q. Ularning imoni kema singari halokatga uchradi. (1 Tim. 1:19) Qanday qilib biz bu kabi ayanchli oqibatdan qochishimiz mumkin? Salbiy yoki isbotlanmagan xabarlarni tarqatmang. Sodda yoki hamma narsaga ishonib ketadigan bo‘lmang. Barcha dalillarga ega ekaningizga ishonch hosil qiling.
noto‘g‘ri xabarlarni tarqatishadi. Sobiq Sovet Ittifoqida yuz bergan voqeaga nazar solaylik. KGB xodimlari tomonidan ba’zi mas’uliyatli birodarlarimiz Yahovaning xalqiga xiyonat qilgani haqida turli mish-mishlar tarqatilganNOANIQ MA’LUMOT
9. To‘g‘ri xulosaga kelishga yana nima to‘sqinlik qilishi mumkin?
9 To‘g‘ri xulosaga kelishga to‘sqinlik qiladigan yana bir narsa bu qisman rost bo‘lgan yoki noaniq ma’lumotdan iborat xabarlardir. Masalan, biron hikoyaning faqat 10 foizi rost bo‘lsa, demak u 100 foiz yolg‘on. Xo‘sh, ba’zi fikrlari rost, ammo umuman olganda yolg‘on bo‘lgan hikoyalarga laqqa tushmasligimizga nima yordam beradi? (Efes. 4:14)
10. Nega isroilliklar jang qilmoqchi bo‘lishgan va ularga bunday qilmaslikka nima ko‘maklashgan?
10 Keling, Yoshuaning davrida Iordan daryosining g‘arb tomonida yashagan isroilliklar bilan nima yuz berganini ko‘rib chiqaylik. (Yoshua 22:9–34) Ular Iordan daryosining sharqiy tomonidagi isroilliklar (Ruben bilan Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi) uning yaqinida juda katta qurbongoh qurishganidan xabar topishadi. Bu qisman rost edi. Ushbu xabar asosida g‘arbdagi isroilliklar sharqdagi birodarlari Yahovaga qarshi isyon ko‘tardi degan xulosaga kelib, ularga qarshi jang qilish uchun yig‘iladi. (Yoshua 22:9–12 ni o‘qing.) Yaxshiyamki, ular hujum qilishdan avval barcha tafsilotlarni bilib olish uchun u yerga ishonchli kishilarni yuborishadi. Xo‘sh, ular nimani bilib olishadi? Ular Ruben bilan Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmi qurbonlik keltirish uchun emas, balki yodgorlik sifatida qurbongoh qurishganini bilib olishadi. U kelajakda ham odamlar ular Yahovaning sodiq xizmatchilari ekanini bilishsin deya qurilgan edi. O‘sha isroilliklar noaniq ma’lumot asosida xunrezlik qilishning o‘rniga, barcha tafsilotlarni bilib olishni tanlaganidan juda xursand bo‘lgandir-a?!
11. a) Qay yo‘sin Mefibosit adolatsizlik qurboniga aylandi? b) Qanday qilib Dovud buning oldini olishi mumkin edi?
11 Shaxsan har birimiz biz haqimizda qisman rost yoki noaniq ma’lumot tarqalgani tufayli adolatsizlik qurboniga aylanishimiz mumkin. Keling, Dovud bilan Mefibositning misoliga diqqat qarataylik. Dovud saxiylik namoyon etib, mehribonlik ila bobosi Shoulning barcha yerlarini unga qaytarib bergan edi. (2 Shoh. 9:6, 7) Lekin keyinchalik u Mefibosit haqida salbiy xabar eshitib qolgan. Ma’lumotni tekshirmay, Dovud uni barcha mol-mulkidan mahrum qilgan. (2 Shoh. 16:1–4) Mefibosit bilan gaplashgach esa, Dovud xato qilganini tushunib, mol-mulkining muayyan qismini unga qaytarib bergan. (2 Shoh. 19:24–29) Dovud noaniq ma’lumot asosida shoshilib harakat qilmay, barcha tafsilotlarni bilish uchun vaqt ajratganida edi, bunday adolatsizlik yuz bermagan bo‘lardi.
12, 13. a) Iso u haqda yolg‘on gapirishganda nima qilgan? b) Agar biz haqimizda yolg‘on tarqatishsa qanday yo‘l tutishimiz mumkin?
12 Tuhmatga qolib ketsangiz-chi, qanday yo‘l tutasiz? Iso va suvga cho‘mdirib yurgan Yahyo ham shunday vaziyatga duch kelishgan. (Matto 11:18, 19 ni o‘qing.) Xo‘sh, Iso nima qilgan? U bor kuchiyu vaqtini o‘zini himoya qilish uchun sarflamagan. Aksincha, u odamlarni dalillarga, ya’ni uning ishi va ta’limotlariga e’tibor qaratishga undagan. Iso: «Odamning donoligi adolatli ishlaridan ko‘rinadi»,— degan.
13 Bu biz uchun muhim saboq. Gohida odamlar shaxsan biz haqimizda noto‘g‘ri yoki salbiy fikrlar bildirishi mumkin. Nomimizga dog‘ tushmasligi uchun adolat tiklansin deb biron nima qilishni xohlarmiz. Ha, qilishimiz mumkin bo‘lgan bir narsa bor. Mabodo biz haqimizda yolg‘on tarqatishsa, hayot tarzimiz orqali aslida bunday emasligini ko‘rsatishimiz mumkin. Darhaqiqat, Isoning o‘rnagidan ko‘rganimizday, tarqatilgan ma’lumot qisman rost yoki tuhmat ekanini yurish-turishimiz bilan isbotlay olamiz.
O‘ZINGIZGA HADDAN ORTIQ ISHONMANG!
14, 15. Qanday qilib o‘z aqlimizga ishonish tuzoqqa aylanishi mumkin?
14 To‘g‘ri xulosaga kelish uchun ishonchli dalillarga ega bo‘lish oson emasligini bildik. Shuningdek, yana bir muammo o‘z nomukammalligimizdir. Aytaylik, Yahovaga ancha yillar mobaynida sadoqat ila xizmat qilayotgandirmiz. Balki aql-idrok va fahm-farosatga egadirmiz. Ehtimol, donolik ila yo‘l tutayotganimiz uchun bizni hurmat qilishar. Xo‘sh, bu biz uchun tuzoq bo‘lishi mumkinmi?
15 Ha, o‘z aqlimizga haddan ortiq ishonsak, bu biz uchun tuzoq bo‘lishi mumkin. His-tuyg‘ularimiz va shaxsiy nuqtai nazarimiz fikrlash tarzimizni boshqarib ketishi hech gap emas. Hatto barcha tafsilotlarni bilmay turib vaziyatni to‘la-to‘kis tushunyapman deb o‘ylay boshlashimiz mumkin. Bu juda ham xavfli! Muqaddas Kitobda o‘z aqlimizga ishonmaslik borasida aniq ogohlantirish yozilgan. (Hik. 3:5, 6; 28:26)
16. O‘ylab topilgan misolda nima yuz beradi va Sarvar qanday xayolga boradi?
16 Bir vaziyatni tasavvur qilaylik. Deylik, Jasur ismli oqsoqol kafeda bir ayol bilan o‘tirganini
Sarvar ismli oqsoqol ko‘rib qoladi. Sarvar Jasur xotini bo‘lmagan bu ayol bilan kulib, maroq ila gaplashayotgani va quchoqlashib qo‘yishganini kuzatadi. Shunda u xavotirlanib: «Endi Jasurning oilasi barbod bo‘ladimi? Xotini-chi, unga bu qanday ta’sir qiladi? Farzandlari bilan nima bo‘ladi?» — degan xayolga boradi. Sarvar bunga o‘xshash og‘ir vaziyatlar yuz berganini oldin ko‘rgan edi. Siz-chi, uning o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?17. Mazkur misoldagi Sarvar keyinchalik nimani biladi va biz bundan qanday saboq olishimiz mumkin?
17 To‘xtang-chi. Garchi Sarvar darrov Jasur xotiniga bevafolik qildi degan xulosaga kelgan bo‘lsa-da, u barcha tafsilotlarni biladimi? O‘sha kuni Sarvar Jasurga qo‘ng‘iroq qiladi. Jasur boshqa shahardan kelgan tug‘ishgan singlisi bilan o‘tirganini bilgach, Sarvar o‘zini qanchalar yengil tortganini bir tasavvur qiling. Ular bir-birini ko‘p yillar davomida ko‘rmagan edi. Singlisi bir necha soatdan keyin ketishi kerak bo‘lgani uchun, akasi bilan o‘sha kafeda ko‘rishib ketish imkoni bor edi. Jasurning xotini esa ular bilan ko‘risha olmadi. Yaxshiyamki, Sarvar noto‘g‘ri xulosalarini boshqalarga tarqatmadi. Bu biz uchun qanday saboq? Ha, necha yildan beri Yahovaga xizmat qilmaylik, to‘g‘ri xulosaga kelishdan avval barcha tafsilotlarga ega bo‘lishimiz darkor.
18. Nima sababli imondoshimiz haqida noto‘g‘ri xulosaga kelishimiz mumkin?
18 Agar imondoshimiz bilan oramizda kelishmovchilik yuz bersa ham vaziyatga to‘g‘ri baho berish oson emas. O‘sha imondoshimiz bilan fe’limiz turli ekani to‘g‘risida o‘ylayversak, unga shubha bilan qaray boshlashimiz mumkin. U haqida salbiy xabar eshitib qolsak, bunga osonlikcha ishonib ketishimiz hech gap emas. Nimani o‘rgansak bo‘ladi? Imondoshlarimiz to‘g‘risida salbiy tuyg‘ularga berilsak, dalillarga asoslanmagan noto‘g‘ri xulosalarga kelishimiz turgan gap. (1 Tim. 6:4, 5) Qalbimizda rashku hasad ildiz otishiga yo‘l qo‘ymasak, noto‘g‘ri xulosaga kelishning oldini olishimiz mumkin. Shu kabi salbiy tuyg‘ularga berilishning o‘rniga, keling, imondoshlarimizni sevish mas’uliyatini unutmaylik va ularni chin dildan kechiraylik. (Kolosaliklarga 3:12–14 ni o‘qing.)
MUQADDAS KITOBDAGI PRINSIPLAR BIZNI HIMOYALAYDI
19, 20. a) Qaysi prinsiplar vaziyatga to‘g‘ri baho berishimizga ko‘maklashadi? b) Keyingi maqolada nimani ko‘rib chiqamiz?
19 Bilib olganimizday, bugungi kunda sifati past ma’lumot, qisman rost bo‘lgan xabarlarning to‘lib-toshgani va nomukammalligimiz dastidan ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish hamda ularga to‘g‘ri baho berish oson emas. Xo‘sh, bu qiyin vaziyatda bizga nima qo‘l keladi? Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni bilib, ularga amal qilishimiz darkor. Bunday prinsiplarning biridan tinglamasdan javob berish, ahmoqlik va sharmandalik ekanini bilib olyapmiz. (Hik. 18:13) Yana bir prinsipga ko‘ra, tafsilotlarni tekshirmay turib har bir so‘zga ishonmaslik kerak. (Hik. 14:15) Qolaversa, Yahovaga necha yildan beri xizmat qilmaylik, o‘z aqlimizga ishonib qolishdan ehtiyot bo‘lishimiz lozim. (Hik. 3:5, 6) To‘g‘ri xulosalarga kelish va dono qarorlar chiqarish uchun ishonchli manbalardan foydalansak, Muqaddas Kitobdagi prinsiplar bizni himoya qiladi.
20 Biroq yana bir qiyinchilik bor. Bu ham bo‘lsa, tashqi ko‘rinishga qarab baho berish moyilligi. Navbatdagi maqolada, bu borada xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan sohalarni ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, ehtiyot bo‘lishimizga nima yordam berishi mumkinligini ham bilib olamiz.
^ 8- x.b. 2004-yilgi «Yahova Shohidlarining yilnomasi»ning (rus) 111–112- sahifalariga va 2008-yilgi «Yilnoma»ning (rus) 133–135- sahifalariga qarang.